Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-10 13:35:19
Namangan davlat universitetida yoshlar yetakchilari uchun yigʻilish oʻtkazildi

Namangan davlat universitetida yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, fakultet yoshlar yetakchilari va talaba-dekanlar uchun yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda prorektor N.Dexkanov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2023-yil 29-martdagi qoʻshma qarori mazmun-mohiyati, oliy taʼlim muassasasi va fakultetlardagi yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari, ularni faolligini oshirish va ragʻbatlantirish mexanizmlari toʻgʻrisida fikr bildirdi.

Shuningdek, fakultetlarda yoshlar yetakchilari va talaba-dekanlarni tashabbuskorligini koʻrsatish uchun yetarli sharoitlar yaratish boʻyicha dekan oʻrinbosarlariga alohida topshiriqlar berildi.

Talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taʼsirchanligini oshirish, iqtidorli talabalarni ichki turizm boʻyicha sayohatlarga olib borish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.1K views10:35
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:14:22 ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ АХБОРОТ АГЕНТЛИГИ РАСМИЙ САЙТИДА ТАНИШИНГ!

https://uza.uz/uz/posts/mezbonlar-golib-boldi_471612
2.9K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:03:22
РЕФЕРЕНДУМ – ХАЛҚ ИРОДАСИНИНГ ҲАЁТИЙ ИФОДАСИ

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»

Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
3.1K views09:03
Ochish/sharhlash
2023-04-09 16:25:19
NamDU talabasi Shermuhammad Sharibjonov Osiyo chempionatining final bosqichida

Ayni kunlarda Qozog'istonda kattalar o'rtasida sportning yunon-rum kurash turi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqada Namangan davlat universiteti Yuridik fakulteti Yurisprudensiya taʼlim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sharibjonov Shermuhhamad 63 kg vazn toifasida ishtirok etib, raqiblarini yengdi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Endilikda u finalda Eronlik raqibi bilan oltin medal uchun baxs olib boradi.

Shermuhammadga universitetimiz jamoasi nomidan final bahsida omad tilab qolamiz!

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.9K viewsedited  13:25
Ochish/sharhlash
2023-04-09 15:03:00
Talabalar uchun muhim eslatma!

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan "Bir haftada bir kitob" loyihasi doirasidagi Roben Sharmaning "O'lsang kim yig'laydi" (13-hafta) kitobi bo‘yicha test savollari bugun soat 19:30 da @NamDU_iqtidor telegram kanalida bo‘lib o‘tadi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
1-o‘rin 1-darajali diplom va 300 ming so‘m
2-o‘rin 2-darajali diplom va 200 ming so‘m
3-o‘rin 3-darajali diplom va 100 ming so‘m

4-o‘rindan 10-o‘ringacha yuqori natijalarni ko‘rsatgan talabalar ham maxsus sertifikat bilan taqdirlanishadi.

Kitobxon do‘stlaringizga ulashing.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.5K views12:03
Ochish/sharhlash
2023-04-09 11:00:33
#tabriklaymiz
Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi dotsenti Karimova Faridaxon Isaqovna yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasidagi mehnatlari uchun “Amir Temur” xalqaro koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Faridaxon Isaqovnani ushbu mukofot bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.5K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2023-04-09 06:18:39
#SHONLI_SANA

Бугун, 9 апрель - Соҳибқирон Амир Темур (1336-1405) таваллуд топган кун

Амир Темур ибн амир Тарағай 1336 йил 9 апрелда Кешнинг (ҳозирги Қашқадарё вилоятининг Шаҳрисабз тумани) Хўжа Илғор қишлоғида дунёга келган.

Соҳибқироннинг отаси амир Муҳаммад Тарағай барлос улусига мансуб беклардан, баҳодир жангчи, уламою фузалога ихлосманд, илм аҳлига ҳомий ва иштиёқманд киши бўлган.

namangan24.uz
Facebook You tube
@namanganim24
1.7K views03:18
Ochish/sharhlash
2023-04-08 18:30:46
#Hamkorlik
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir.

Namangan davlat universiteti nodavlat oliygoh Namangan xalqaro universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi.

Unga ko'ra, Namangan xalqaro universitetining malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan ta'lim va ilm-fan sohasida hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yiladi.

Bundan tashqari, litsenziyaga ega ushbu muassasaning kadrlar bilan ishlash tizimi sohasida universitetning katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va pedagog xodimlari va magistrantlarning stajirovkalari tashkil qilinadi.

Bugungi hamkorlik uchrashuvida universitet prorektori N.Dexkanov oliygoh faoliyati bilan tanishib, dars jarayoni, axborot-resurs markazida talabalar uchun badiiy-ilmiy darslik va adabiyotlar bilan ta'minlanganlik darajasini ko'zdan kechirib, zarur tavsiyalarini berdi.

Uchrashuv so'ngida hamkorlik bo'yicha kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.4K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2023-04-08 16:41:15
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda universitetlar reytingini aniqlashda muassasada futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi

Bu haqda Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.

Unga koʻra har yili sentyabr-may oylarida OTMda “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

Shuningdek:

davlat OTMda ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

davlat OTMdagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat koʻrsatishi taʼminlanadi;

har bir davlat OTMning futbol va futzal boʻyicha jamoalari shakllantirilib, ular “Talabalar ligasi” dasturi doirasida oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻliq ishtirok etadi.

Bundan tashqari, joriy oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yoʻnalishi boʻyicha talabalari bitiruv oldi amaliyotini hududiy futbol akademiyalari va professional futbol klublarida oʻtkazishadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
344 views13:41
Ochish/sharhlash
2023-04-08 12:14:51
“Milliy qonunchilik: tarix va zamonaviylik uygʻunligi”

Namangan davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan “Milliy qonunchilik: tarix va zamonaviylik uygʻunligi” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda prorektor N.Dexkanov va tarix kafedrasi mudiri A.Erqoʻziyevlar talaba yoshlar uchun milliy qonunchilik tarixi, xususan Amir Temur davridagi qonun-qoidalar, “Temur tuzuklari” va mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi oʻzaro uygʻun jihatlar, adolat tamoyillari va qonun ustuvorligi toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirishdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan sahna koʻrinishlari ham mahorat bilan ijro etildi.

Tadbir yakunida bir guruh faol va iqtidorli talabalarga fakultet dekanining tashakkurnomasi topshirildi va talabalar tomonidan chellenj oʻtkazildi.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
2.3K views09:14
Ochish/sharhlash