Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 99

2022-08-25 19:00:54
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan va muhokamalarga sabab boʻlayotgan davlat oliy taʼlim muassasalarida bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlarining oshirilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi.

Shu bilan bir qatorda, bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlari 2022/2023-oʻquv yili uchun tasdiqlanishi kutilayotganligini inobatga olib, ushbu masala rasmiy eʼlon qilinmagunga qadar barcha davlat oliy taʼlim muassasalari, shu jumladan moliyaviy mustaqillik berilgan taʼlim tashkilotlari ham rasmiy bayonot berishini asossiz deb hisoblaydi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
9.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:51:49 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi.

Kecha 24-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar natijalari eʼlon qilindi.

Natijani bilish uchun quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuboring:

@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot

http://t.me/NAMDU309
10.0K viewsedited  15:51
Ochish/sharhlash
2022-08-25 18:28:48
#Mustaqillikka_31_yil

Mustaqillik farzandlari iqboli baland, istiqboli yorugʻ dilbandlardir!

Ana shunday yoshlardan biri — Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti, viloyat “Kelajak liderlari” klubi prezidenti Saidakbar Mutalov haqida.

NamDU

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
8.2K views15:28
Ochish/sharhlash
2022-08-25 13:35:37
Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanoma o‘qishga kirganlikni anglatmaydi — ballar qanday hisoblanadi?

Xotin qizlar uchun umumiy kvotadan tashqari qo‘shimcha 2000ta davlat granti, 5 yil staji bor xotin qizlar uchun 500ta kontrakt o‘rni ajratilgan. Tavsiyanoma xotin-qizlarga o‘qishga kirishga ko‘proq imkon berishi mumkin, lekin bu o‘qishga qabul qilindi, degani emas.

Batafsil: https://kun.uz/uz/12649680

http://t.me/NAMDU309
8.8K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-08-25 06:27:08
НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ ВАКИЛЛАРИ «ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН» УНИВЕРСИТЕТИДА

Пойтахтимиздаги «Янги Ўзбекистон» университетида Наманган давлат университети вакиллари билан учрашув ташкил этилди.  Унда Наманган давлат университети ректори  Собитхон Турғунов ҳамда ўқув-услубий бошқарма бошлиғи Ҳамиджон Мирзоаҳмедовлар қатнашди.
Учрашувда "Янги Ўзбекистон" университети ҳақида батафсил маълумот берилди.
Хусусан, профессор Ислам Эл Ҳадарй таълим жараёнидаги янгиликлар,  Европа кредит-модул тизими, ўқитишнинг замонавий методикалари ҳамда «Янги Ўзбекистон» университетининг ривожланиш босқичлари ҳақида маълумот бериб ўтди.
Бу борада меҳмонлар билан ўзаро фикр алмашилди, ҳамкорликдаги фаолият истиқболлари ҳақида сўз юритилди.
Ташриф давомида университет бўйлаб саёҳат ҳам ташкил этилди. Олий таълим муассасасида яратилган шароитлар, ўқув-лаборатория хоналари барчада катта таассурот қолдирди.

Наманган давлат университети
«Пресс клуб»

Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
8.7K views03:27
Ochish/sharhlash
2021-02-13 20:44:27 #Tanlov #Gazal_Challenge
#37_ishtirokchi
Namangan davlat universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish o'zbek tili yo'nalishi 204-guruh talabasi Surayyo Jo'raboyeva.

Kanalga ulanish @NAMDU309
4.0K viewsVidlabuz_bot, edited  17:44
Ochish/sharhlash
2021-02-13 13:43:35
Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti Informatika kafedrasi o'qituvchisi Mahmudov Abror tomonidan Informatika fanidan Norin tumanida tashkil etilgan to'garak markazida "Microsoft Word dasturi yordamida diagramma yaratish" mavzusida seminar tashkil etildi. Qiziqarli o'tgan seminar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Seminar o'quvchilar bilan o'tkazilgan savol-javob orqali yakuniga yetdi

Barchaga ulashing
@namdu_matematika_fakulteti
4.3K viewsНаримон Дехканов, 10:43
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:28:49
#Online vebinar

Ayni daqiqalarda universitet yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektori N.Dexkanov va yoshlar bo'yicha dekan o'rinbosarlari Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorlikda tashkil etilgan "Davlat va jamiyat taraqqiyotida "Bir ziyoli bir mahallaga ma'naviy homiy" tamoyilining o'rni " mavzusidagi online vebinarida ishtirok etmoqda.
Batafsil @NAMDU309
4.3K viewsNodirbek, 05:28
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:00:14
#Maktab va Universitet hamkorligi

Ayni vaqtda Ijtimoiy fanlar fakulteti Arxivshunoslik kafedrasi katta o'qituvchisi B.Abbasov tomonidan Chortoq tumani Peshqo'rg'on qishlog'idagi 31-maktabda Universitet-maktab hamkorligi doirasida to'garak ish faoliyati davom etmoqda.
Batafsil @NAMDU309
4.1K viewsNodirbek, 05:00
Ochish/sharhlash
2021-02-12 22:41:16
Иқтисодиёт факультетида
Туризм ва Иқтисодиёт йўналиши иқтидорли талабалари ўртасида “Заковат” интеллектуал танлов тадбири бўлиб ўтди

Факультетнинг Туризм ва Иқтисодиёт йўналиши талабалари икки гуруҳга бўлиниб, иштирок этдилар. Тадбирни факультет декани Р.Имомов ва ёшлар билан ишлаш бўйича декан ўринбосари З.Абдуллаев очиб берди ва уларга ўқишларида муваффақият тилади. Интеллектуал танловни Ф.Муродҳўжаева олиб борди. Танлов жуда қизиқарли, бахс-мунозараларга бой тарзда ўтди.

Танловда берилган саволлар маънавият, таълим ва иқтисодиётга оид бўлди. Танлов давомида талабалар ёд олган шеърлари билан иштирок этдилар. Танловда 6-5 ҳисобида “Иқтисодчи” жамоаси ғолиб бўлди. Тадбирда Менежмент кафедраси мудири Қ.Умарқулов сўзга чиқиб иштирокчиларга миннатдорчилик билдириб, ўқишларига омад тилади. Танлов ғолибларига эсдалик совғалари топширилди.

Ўтказилган тадбирда ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган тадбирларни мунтазам ўтказишга келишиб олинди.

Каналга уланиш @NAMDU309
4.1K viewsNamDU Tanlov, 19:41
Ochish/sharhlash