Get Mystery Box with random crypto!

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichiga yo‘l | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan talabalar uchun seminar trening o‘tkazildi.

Seminarda, iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i M.Habibullayev va Fizika fakulteti o‘qituvchisi, "Innovatsion g‘oyalar yetakchisi ko‘krak nishoni" sohibi U.Turdaliyevlar ishtirok etishdi.

Unda mazkur tanlovning keyingi bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, taklif etilayotgan loyihalarni ilmiylashtirish va yanada takomillashtirish uchun sharoitlar yaratish, iqtidorli talaba-yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish borasidagi muxim fikr va mulohazalar ilgari surildi va saralash bosqichi g‘oliblariga tanlovning keyingi bosqichida omad tilandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman-shahar saralash bosqichlarida universitetimizning 25 nafar talabalari keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan. Ularga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube