Get Mystery Box with random crypto!

Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿 N
Telegram kanalining logotibi namdu309 — Namangan davlat universiteti 🇺🇿
Kanal manzili: @namdu309
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 13.76K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: www.namdu.uz
Facebook: www.fb.com/namdu309uz
Instagram: www.instagram.com/namdu309uz
Youtube: www.youtube.com/namdu309uz
Email: info@namdu.uz
Murojaatlar uchun: t.me/Namdu309bot
© Namangan davlat universiteti matbuot xizmati

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-04-18 18:43:13
"Namangan haqiqati" gazetasining 15-apreldagi 30-sonining 1-sahifasida NamDUda o‘tkazilgan “Senator talabalar huzurida” tadbiri haqida maqola, Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Gavharxon Xasanovaning “Ezgu g'oya asosida” nomli, 2-sahifasida universitet professori Tursunboy Fayzullayevning “Xalq bilan maslahatlashuv - demokratiya yo‘li, taraqqiyotimiz omili” nomli maqolalari chop etildi.

O'qish tavsiya etiladi

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309
6.1K views15:43
Ochish/sharhlash
2023-04-18 14:30:09
НАМАНГАН ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИДА
«РЕФЕРЕНДУМ ВА ЁШЛАР» ФОРУМИ БЎЛИБ ЎТДИ


Наманган давлат университети
«Пресс клуб»


Каналга обуна бўлинг
https://t.me/namdupressklub
6.6K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-04-18 07:58:02
#Konstitutsiya_ozimizniki
#Referendum_2023

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Xalqaro press-klub NNT axborot hamkorligida mamlakatimizdagi OTM muassasalarida «Referendum va yoshlar» forumining o‘tkazilayotgani yoshlarning yangilanayotgan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini to‘laqonli anglab yetishlariga zamin yaratmoqda.

Forumning navbatdagisi 17-aprel kuni Namangan davlat universitetida bo‘lib, tom ma’noda yoshlik, san’at, iqtidor va jo‘shqinlik tantanasiga aylandi. Shuningdek, Forum doirasida sport musobaqalari, ko‘rgazma va tanlovlar ham o‘tkazildi.

@IPCUzbekistan
@IPC_live
7.2K views04:58
Ochish/sharhlash
2023-04-17 19:53:13
Namangan davlat universitetida “Konstitutsiya bizning kelajagimiz va taqdirimiz, biz bunga befarq emasmiz” shiori ostida “REFERENDUM VA YOSHLAR” targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Katta bayram tarzida oʻtkazilgan targʻibot tadbirida xalqimizning sevimli sanʼatkorlari ishtirok etib, oʻzlarining ijod mahsullarini namoyish etishdi. Tadbir davomida universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida ko’rgazmalar, badiiy chiqishlar, shuningdek, sanʼatkorlar ishtirokida gala-konsert tashkil qilindi.

Shuningdek, forum doirasida sportning arqon tortish, milliy kurash, tosh ko'tarish, armwresling, stol tennisi, shaxmat-shashka, kubik rubik yig'ish musobaqalari tashkil etildi. G'oliblar ro'yxatini ko'rish

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan #meningkonstitutsiyam, #konstitutsiyaoʻzimizniki, #befarqemasman mavzularida chellenjlar tashkil etildi.

@namdu309
7.8K views16:53
Ochish/sharhlash
2023-04-16 08:01:10
#YANGILIK

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Telegram messenjerida yangi sahifasi ishga tushirildi

Telegram: OTFIVǀRASMIY

Yangi sahifa orqali oliy va professional taʼlim, fan va innovatsiyalar sohalari hamda akademik litseylarda amalga oshirilayotgan islohotlarga doir yangiliklar, uchrashuv va turli tadbirlar haqidagi xabarlar berib boriladi.

Amaldagi @eduuz kanali esa, asosan vazirlik faoliyatiga oid eng muhim va dolzarb yangiliklarni e'lon qiladi.

Bizni, shuningdek, Facebook, Instagram, YouTube ijtimoiy tarmoq va messenjerlarida ham kuzatib borishiningiz mumkin.

Unutmang, sohaga doir tasdiqlangan rasmiy maʼlumotlar faqat bizning sahifalarda beriladi!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.8K views05:01
Ochish/sharhlash
2023-04-16 07:57:36
"Yangi Konstitutsiyada inson manfaatlari ustuvor" mavzusida targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

Namangan davlat universiteti hamda Namangan xalqaro aeroporti hamkorligida yangi tahrirdagi Konstitutsiya qonuni loyihasiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda universitetimizning Jahon tillari va Tabiiy fanlar fakulteti dekan o'rinbosarlari Abdulbosit Sobirxonov, Nodirbek Qodirov va tarix kafedrasi katta o'qituvchisi Lyudmila Sokolovalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar aeroportda faoliyat olib boruvchi barcha hodimlar uchun yangi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi inson manfaatlarining ustuvorligi jihatlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

O'tkazilgan targ'ibot tadbirida ishtirok etgan hodimlar Yangilanayotgan Konstitutsiya bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bu kabi hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.9K views04:57
Ochish/sharhlash
2023-04-16 02:04:54
Aziz talaba yoshlar!

Sizlarni 16-aprel kuni soat 19:00da "Afsonalar vodiysi"da bo‘lib o‘tadigan "YULDUZLI MADANIYAT KARVONI" nomli gala konsert dasturiga taklif etamiz.

Konsert dasturida elimiz suygan san‘tkorlar Xurshid Rasulov, Sayyora Qoziyeva, G‘ayrat Usmonov, Sharof Muqimov, Jaloliddin Ahmadaliyev, Elyor Meliboyev hamda viloyatimizning bir guruh xushovoz xonandalari ishtirok etishadi.

Konsertga kirish bepul.

Talabalarga ulashing @namdu309
7.5K views23:04
Ochish/sharhlash
2023-04-15 16:33:52
Hurmatli izlanuvchilar! Namangan davlat universiteti Ilmiy axborotnomasi quyidagi fan yo'nalishlari uchun maqola qabul qilish jarayonlarini boshlanganini ma'lum qilamiz.

01.00.00-Fizika-matematika fanlari
02.00.00- Kimyo fanlari
02.00.00-Biologiya fanlari
09.00.00- Falsafa fanlari
10.00.00 Filologiya fanlari
13.00.00-Pedagogika fanlar
i

Ma'lumot uchun. Maqola yuborish journal.namdu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Sayt orqali maqola yuborish uchun (oneID ) yagona identifikatsiya tizimi orqali ro'yxatdan o'tishlari hamda a'zo bo'lib shaxsiy kabinet orqali maqola yuborishlari so'raladi journal.namdu.uz saytiga kirib to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

journal.namdu.uz

@namdu309
5.3K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash
2023-04-15 15:06:44
Namangan davlat universiteti "Referendum va yoshlar" forumi doirasida sport musobaqalari tashkil etiladi.

17-aprel kuni Namangan davlat universiteti asosiy bino hovlisida sportning arqon tortish, milliy kurash, tosh ko'tarish, armwresling, stol tennisi, shaxmat-shashka, kubik rubik yig'ish musobaqlari tashkil etiladi.

Shaxmat
Shashka
Arqon tortish
(4 kishilik jamoa)
Stol tennisi (og'il va qizlar o‘rtasida)
Milliy kurash (68 kg, 81 kg, +81 kg)
Tosh ko'tarish
Armwresling
Kubik rubik yig'ish

Yuqoridagi sport turlaridan bir nafar nomzodlar fakultet sharafini himoya qiladi va musobaqa g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar o‘zlari tahsil olayotgan fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma'lumot o'rnida ushbu musobaqalar so'ngida gala konsert ham bo'lib o'tadi.

Talabalarga ulashing @namdu309
7.7K views12:06
Ochish/sharhlash
2023-04-15 14:56:26
Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish boshlandi

Bugun, 15-apreldan 2023 yil 3-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri bo‘lgan mustaqil izlanuvchilikka onlayn hujjat topshirishga start berildi.

Hujjatlar 15-mayga qadar yagona elektron tizim – phd.mininnovation.uz orqali qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik – falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, hujjatlar ilmiy yoki ta’lim tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki rad etiladi. Shuningdek, yuqorida belgilangan muddatlarda talabgorlarning hujjatlari qabul qilinishi lozim.



Начался прием документов на самостоятельное соискательство

С 15 апреля начался процесс онлайн подачи заявок на самостоятельное соискательство на 3-квартал 2023 года.

Документы будут приниматься с 15 апреля по 15 мая текущего года через Единую электронную систему - phd.mininnovation.uz.

Самостоятельное соискательство — форма послевузовского образования по специальности научных и научно-педагогических кадров высшей квалификации, организуемого в ВОУ или НИУ для соискателей ученых степеней доктора философии (PhD) или доктора наук (DSc)по углубленному изучению специальности и ведению ими научных изысканий в целях подготовки и защиты докторской диссертации без отрыва от производства.

Документы заявителей рассматриваются и принимаются или отклоняются научной или образовательной организацией. Также документы заявителей должны быть приняты в указанные выше сроки.

Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
4.0K views11:56
Ochish/sharhlash