Get Mystery Box with random crypto!

Ayni daqiqalarda Namangan davlat universitetida umumta'lim mak | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

Ayni daqiqalarda Namangan davlat universitetida umumta'lim maktablari bitiruvchi sinflari o‘rtasida kimyo va biologiya fanlaridan NamDU fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4805-son qarorining 11.2-bandi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 8-sentabrdagi “Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida kimyo va biologiya fan olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 383-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan davlat universitetida NamDU fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu olimpiadada tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 60 dan ortiq o‘quvchilar ishtirok etmoqda.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309