Get Mystery Box with random crypto!

#Respekt Namangan davlat universiteti magistranti “Turkiston” | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

#Respekt
Namangan davlat universiteti magistranti “Turkiston” sanʼat saroyida yakkaxon konsert beradi

Namangan davlat universiteti tarixida ilk bor magistrant Orifjon Ergashev Toshkent shahridagi muhtasham “Turkiston” sanʼat saroyida jonli ijroda “Shaydo denglar” deb nomlangan oʻzining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.

Konsert dasturi 2023-yil 4-may kuni soat 19:00 da boshlanadi. Barcha universitet professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talaba yoshlarini konsert dasturiga taklif etamiz.

Maʼlumot o'rnida Orifjon Ergashev joriy yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Navroʻz bayrami tantanalarida ishtirok etib, barchaning olqishiga sazovor boʻlgan edi.

Konsertda ishtirok etish uchun yoshlar bilan ishlash boʻlimi +998942752726 yoki +998979004411, +998941757181 raqamlariga murojaat etish mumkin.

Kanalga obuna bo'ling
https://t.me/namdu309