Get Mystery Box with random crypto!

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika fi | Namangan davlat universiteti 🇺🇿

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika final bosqichi ishtirokchilari aniqlandi!

Xabar berganimizdek, joriy yilning 8-18-aprel kunlari “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining yarim final bellashuvlari respublikamizning Xorazm, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida tashkil etildi. Bu esa o‘z navbatida teatr bellashuvidan tashqari talaba-yoshlarning ichki turizm sayohatlariga ham imkon yaratdi.

Yarim final bellashuvlarida Hakamlar hay’atining yakuniy qaroriga ko‘ra talaba-yoshlarning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini, ishtiyoqlarini inobatga olib, ularga o‘z iqtidorlarini ko‘rsatishga yanada ko‘proq imkoniyat yaratish maqsadida quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari teatr jamoalari final yo‘llanmasiga ega deb topildi:

Toshkent davlat agrar universiteti;
Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali;
Namangan davlat universiteti;
Samarqand davlat tibbiyot universiteti;
Toshkent davlat texnika universiteti;
Shahrisabz davlat pedagogika instituti;
Xalqaro islom akademiyasi;
Farg‘ona politexnika instituti;
Toshkent tibbiyot akademiyasi;
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.

Barcha jamoalarga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube