Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 169.84K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 99

2022-09-06 08:56:19
Внимание! Важное сообщение

В связи с переходом информационных систем «Учет автомототранспорта» и «Водительское удостоверение» Службы безопасности дорожного движения Департамента общественной безопасности МВД на новую «Единую автоматизированную информационную систему» при использовании через my.gov.uz услуг, связанных с автомототранспортом (Замена водительских прав на образец новой формы, Получение разрешения на установку тонировки на стекла легковых автотранспортных средств, Электронное оформление доверенности на право управления автомобилем), возникают сбои.

Специалистами Министерства внутренних дел принимаются необходимые меры по устранению возникающих проблем.

По завершении технических работ будет предоставлена дополнительная информация.

@MyGovUz | @eGovUz
4.5K views05:56
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:37:06
Diqqat!!! Muhim xabar

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining “Avtomototransport hisobi” va "Haydovchilik guvohnomasi" axborot tizimlari yangi “Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi”ga o‘tayotganligi munosabati bilan my.gov.uz orqali avtomototransport vositalari bilan bog‘liq (Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish, Avtotransport oynalarining tusini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish, Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma berish) xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelmoqda.

Yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi mutaxassislari tomonidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Muammo bartaraf etilishi bilan qo‘shimcha axborot beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
5.7K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:52:28 «Snos»ga tushgan uy-joylarni my.gov.uz orqali aniqlang (video)

Ko‘chmas mulkingiz buzilishga tushmaganligiga my.gov.uz orqali ishonch hosil qiling.

Buning uchun “Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmatidan foydalaning.

Ushbu xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirmaga ega bo‘lasiz.

Xizmat ko‘rsatish muddati – 3 kun.

Mazkur qulaylik hovli-joy sotib olayotganda, uyni kapital ta’mirlayotganda juda qo‘l keladi.

Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘ladi.

@MyGovUz | @eGovUz
2.5K viewsedited  04:52
Ochish/sharhlash
2022-09-02 15:06:00
Diqqat, e’lon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida elektron хizmatlar sifatini oshirish maqsadida navbatdagi profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 1-sentyabr soat 23:00dan 3-sentyabr soat 22:00ga qadar my.gov.uz da mazkur tashkilotning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʼraymiz!
4.0K views12:06
Ochish/sharhlash
2022-09-02 07:24:01 My.gov.uz: barchasi oilamiz uchun!

Yoshi kattalar uchun

Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish va boshqalar.

Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5

Tadbirkorlar uchun

Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.

Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19

Ta’lim uchun

My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.

Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8

Qo‘shimcha tarzda

Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

@MyGovUz | @eGovUz
5.4K views04:24
Ochish/sharhlash
2022-09-01 05:01:57
Bugun O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 31 yil to‘ldi

Tinch, osoyishta, farovon yurtimizga bayramlar yarashadi.

Vatan ravnaqi va taraqqiyoti, mustaqilligimizni mustahkamlash yo‘lida xizmat qilish esa har birimizning fuqarolik burchimiz va majburiyatimizdir.

Aziz yurtdoshlar, my.gov.uz foydalanuvchilari, ulug‘ va qutlug‘ kun munosabati bilan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barchangizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yillik to‘yi bilan muborakbod etadi.

Har biringizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi!

Mustaqilligimiz abadiy, yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!

@MyGovUz | @eGovUz
6.7K views02:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 17:14:31
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Demak:

1-sentyabr — Mustaqillik bayrami;
2-sentyabr — juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
3-sentyabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun Farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;
4-sentyabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni.

Bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari munosabati bilan aksariyat davlat muassasalari ishlamaydi.

Aynan shu 4 kunlikda elektron davlat xizmatlarini olishga yoki to‘lov amaliyotlarini bajarishga to‘g‘ri kelib qolsa, my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Unutmang!
My.gov.uz – dam olishsiz, haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.
3.0K views14:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:02:34
Diqqat, e’lon

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l xarakati xavfsizligi xizmatining server qurilmalarida texnik-profilaktik ishlar olib borilayotganligi tufayli, 2022-yilning 31-avgustidan 5-sentyabriga qadar my.gov.uz (YIDXP)dagi "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish", "Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish uchun ariza yuborish", "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya" hamda avtomobil boshqarishga elektron ishonchnoma berish kabi tizim bilan bog‘liq xizmatlar vaqtincha ishlamaydi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Ma’lumot uchun: "Avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirish) ruxsatnoma olish" xizmati uchun to‘lovni amalga oshirganlar ruxsatnomasi texnik ishlar yakunidan so‘ng taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

@MyGovUz | @eGovUz
7.0K viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash
2022-08-29 16:09:54
Bayramga zo‘r yangilik!

My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalar qulay tartibda rasmiylashtiriladi!

1-sentyabrdan boshlab avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirsangiz bo‘ladi.

Ya’ni haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshiriladi.

Hujjat unutib qoldirilganida ham muammo yuzaga kelmaydi. Chunki ishonchnomalar YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.

Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji – BHM ning 3 baravari – 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
1 oygacha bo‘lgan muddatga – 10 % (90 ming so‘m);
6 oygacha bo‘lgan muddatga – 50 % (450 ming so‘m);
3 yilgacha bo‘lgan muddatga – 100 % (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
5.4K views13:09
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:52:50 Agar uyingizga noma’lum shaxslar ro‘yxatga turib olgan bo‘lsa, nima qilishni bilasizmi?

Uyingizda kimlar ro‘yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga borish shart emas.

Buning uchun:

My.gov.uz saytiga kirish

"Shaxsiy kabinet"ga o‘tish

"Fuqarolik" bo‘limini tanlash

“Doimiy yashash joyida yashovchilar ro‘yxatini to‘g‘rilatish uchun so‘rov yuborish”
tugmasini bosish kerak.

Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro‘yxatga olinganini aniqlasangiz, shu manzilning o‘zidayoq o‘chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Xizmat haqida batafsil videoyo‘riqnomada tanishing:

@MyGovUz
6.2K views04:52
Ochish/sharhlash