Get Mystery Box with random crypto!

#Qonunchilikdagi_yangiliklar Tadbirkorlarni tekshirishlar “Ya | my.gov.uz

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi (ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi);
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

@MyGovUz | @eGovUz