Get Mystery Box with random crypto!

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar osongina dublikatini olis | my.gov.uz

Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar osongina dublikatini olishi mumkin

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratilgan.

Yangi xizmat doirasida:

shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);

shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);

ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi (avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo‘qolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o‘zgargani haqida FHDYO bo‘limlaridan ma’lumotnoma).

Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqarolar shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurdi.

Quyidagi videoni koʼring va xizmatdan oson foydalaning