Get Mystery Box with random crypto!

#MUNOSABAT 2023-yil 2-may kuni telegram messenjerida tarqal | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#MUNOSABAT

2023-yil 2-may kuni telegram messenjerida tarqalgan koʻp qavatli uy-joy holati aks etgan xabar joyida o‘rganildi.

Pudratchi tomonidan obyektga masʼul boʻlgan xodimlar va geodezik mutaxassislar tomonidan bino butun qavatlari boʻyicha yuk koʻtaruvchi konstruksiyalarining vertikal va gorizontal joylashuvi bo‘yicha maxsus asbob-uskunalar yordamida oʻrganib chiqilgan hamda amaldagi shaharsozlik norma va qoidalariga ko‘ra “Binolar, inshootlarni qurishda geodeziya ishlari natijalarini qabul qilish va topshirish dalolatnomasi” taqdim etilgan. Taqdim etilgan ijro hujjatlari asosida inspeksiya tomonidan nazorat olib borilganda binoda hech qanday vertikallikdan ogʻish holatlari aniqlanmagan.

Ma'lumot uchun, koʻp qavatli bino Andijon shahar 22-uy Mashrab koʻchasida joylashgan boʻlib, “Biznes House ” MCHJ tomonidan 2021-2023-yillarda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|