Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazir | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva Toshkent shahridagi hokim oʻrinbosarlari zimmasiga  yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. Unda Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari Habibulla Mirsoatov ham ishtirok etdi. Maʼlumki, oʻtgan qish mavsumi juda sovuq keldi. Shu bois joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik ishlarida koʻzga tashlanayotgan kamchiliklar qattiq tanqid qilindi. Shuningdek, sohaga javobgar hokim oʻrinbosarlari tomonidan BSKlarni qoʻllab-quvvatlash, aholi bilan ishlashda ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, majburiy badal yigʻimlarini yigʻishda koʻzga tashlanayotgan muammoli holatlar oʻrtaga tashlandi. Vazir oʻrinbosari, oʻz ishiga panja ortidan qarayotgan mutasaddilar faoliyatiga “baho” berilishini alohida qayd etdi. Koʻp qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, yertoʻlalarni tozalash, chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqib ketish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|