Get Mystery Box with random crypto!

#JARAYON Aholining hech qaysi murojaati e’tibordan chetda q | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#JARAYON

Aholining hech qaysi murojaati e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Bu hozirda yurtboshimiz olgʻa surayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.
       Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva oʻrganish ishlarini Chilonzor tumani 7-dahasida davom ettirdi. Natijada tumanda faoliyat yurituvchi “Bogʻiston” boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatidan noroziligini bildirgan murojaatchining keltirgan bir necha sabablari notoʻgʻri boʻlib chiqdi. Mavzening 1-son koʻp qavatli uyida istiqomat qiluvchi aholining aksariyat qismini kompaniya faoliyati qoniqtirib kelmoqda. Hali ushbu uyga xizmat koʻrsatishni boshlaganiga 1 oy boʻlib ulgurmagan boʻlsa-da, kirish yoʻlaklari ta’mirlanmoqda. Deraza-romlar yangi energotejamkorlariga almashtirilmoqda. Uy atrof-hududini obodonlashtirish boʻyicha ham qator ishlar amalga oshirilgan.
- Qoʻshnilarimizning 80 foizi kompaniya ishidan rozi. Kompaniya vakillari har doim bizni eshitishadi, muammolarimizni hal qilib berishadi,-dedi aholi vakillaridan biri.
      Vazir oʻrinbosari boshqaruv tashkilotining samarali faoliyatida aholining daxldorlik tuygʻusi ustunligi muhim rol oʻynashini ta’kidladi:
- Bir oy muddat bu qaysidir tashkilotning samaradorlik darajasini bilish uchu juda qisqalik qiladi. Unga imkon, ba’zida yordam berishimiz kerak. Oddiygina, majburiy badal toʻlovlarini vaqtida toʻlash, ya’ni oʻz majburiyatimizni bajarish bilan biz boshqaruv tashkilotlariga katta koʻmak bergan boʻlamiz. U xodimlariga vaqtida pul toʻlaydi, moddiy-texnika bazasini yaxshilaydi. Natijada sifat oshadi. Zero, biz yashayotgan uyning sozligi eng avvalo oʻzimizga kerak,- dedi Ozoda Joʻrayeva.
     
Muhokamalar soʻngida kompaniya mas’ullariga xizmat sifatini yaxshilash, aholi muammolariga yanada e’tiborliroq boʻlish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|