Get Mystery Box with random crypto!

#Rahbariyat_qabuli         Qurilish va uy- joy kommunal xo'j | QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI VAZIRLIGI

#Rahbariyat_qabuli     

   Qurilish va uy- joy kommunal xo'jaligi vaziri o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva bugun Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning kommunal sohaga oid murojaatlarini qabul qildi.
      Xususan, aholining  ko‘p qavatli uylarni boshqarish usulini o‘zgartirish, boshqaruv tashkilotlari faoliyatidan norozilik, noqonuniy qurilmalar, suv ta'minoti va unga qonunga zid ravishda ulanishlar, lift, oqova suv tizimi (kanalizatsiya), billing tizimi bilan bog‘liq  murojaatlari qabul qilindi. Vazir o‘rinbosari boshchiligidagi mutasaddilar aholini qiynayotgan mazkur masalalarni bartaraf etish usullari bo‘yicha huquqiy tushunchalar berdilar. O‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan aniq muddat belgilanib, chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.
      Ozoda Jo'rayeva ko'p qavatli uylarga xizmat ko'rsatuvchi ayrim boshqaruv tashkilotlari faoliyatini tanqid qilar ekan, moliyaviy qonunbuzlishga yo'l qo'yish og'ir oqibatlarga olib kelishini ta'kidladi.    
      - Kommunal sohada ko'p yillik tajribaga ega odam sifatida aytamanki, xalq puliga xiyonat qilganning kosasi hech qachon oqarmaydi,- dedi Ozoda Jo'rayeva.
  
Bugungi qabulga yozilgan 20 nafar fuqarodan 16 tasining murojaati ijobiy hal etildi va huquqiy tushunchalar berildi. Qolgan 4 ta murojaat  shaxsan vazir o'rinbosari nazoratida bo'lishi ta'kidlandi.
      - Aholimizni o'zi istiqomat qiladigan uyning taqdiriga befarq bo'lmaslikka undashimiz kerak. Yillar davomidagi e'tiborsizlik,  tomonlarda  daxldorlik tuyg'usining mavjud bo'lmaganligi tizimda yetarlicha muammolar yig'ilib qolishiga sabab bo'lgan, - dedi vazir o‘rinbosari.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|