Get Mystery Box with random crypto!

Masofatalim™

Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™ M
Telegram kanalining logotibi masofatalim — Masofatalim™
Kanal manzili: @masofatalim
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 34.60K
Kanalning ta’rifi

Masofatalim™ — ta’lim va yoshlar masalalari. Shuningdek, turli mavzularda kuzatuvlar va subyektiv fikrlar.
Reklama uchun: @masofatalimbot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-09-08 12:58:56
Rasman: imtihonda yuqori ball olgan abituriyentlarga 11 mlngacha stipendiya beriladi

Hujjatlar shu yilning 25-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti, qabul imtihonlarida yuqori ball olgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya berilishini eʼlon qildi.

Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.

Qulayliklar:
3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi

Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747

Manba
12.7K views09:58
Ochish/sharhlash
2023-09-07 17:08:51 Qozogʼistonda stipendiyalar oshirildi

1-sentabrdan boshlab Qozogʼistonda magistratura talabalarining stipendiyasi 15 foizga, bakalavriaturaning stipendiyasi esa 20 foizga oshirildi.

Endi magistratura talabalari 97 024 tenge (2 530 000 so‘m atrofida), bakalavriat bosqichidagi talabalarning stipendiyasi 67 200 tengegacha (1 753 000 so‘m) miqdorni tashkil etadi.

Qaror doirasida o‘rta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bizning kollej va texnikumlarga to‘g‘ri keladi) talabalarining stipendiyalari 50 foizga oshirilib, 32 681 tengega yetkaziladi (852 000 so‘m).

@masofatalim
13.0K views14:08
Ochish/sharhlash
2023-09-06 10:45:12 Xotin-qizlarga taʼlim krediti foizsiz beriladi

Prezident qarori bilan 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki taʼlim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda taʼlim kreditlari ajratiladi.

Bunda, tijorat banklari taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (2023-yil 6-sentabr holatida 14 foiz) ajratadi. Xotin-qizlarning taʼlim kreditlari foiz stavkalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga qoplab beriladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi. Kreditning asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugaganidan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Ushbu tartib tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan taʼlim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ta’lim kreditlari mazkur banklar tomonidan ajratiladi: “Mikrokreditbank”, “Asakabank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Ipoteka-bank”, “Qishloq qurilish bank”, “Turonbank”, “Orient Finans bank”, “O‘zmilliybank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Hamkorbank”, “Aloqabank”.

@masofatalim
15.1K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-09-05 09:41:44 To‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi.

Shuningdek, 2023/2024-o‘quv yili super-kontrkt miqdorlari ham o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

@masofatalim
13.1K views06:41
Ochish/sharhlash
2023-09-03 12:46:39
Stipendiyaning “sinishi”

Ochiq ma’lumotlar portalida 2015-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan davr orasida OTMlar talabalariga to‘langan stipendiyalar miqdori haqida ma’lumot keltirilgan. 2020-yili sessiyani 5 bahoga yopgan talaba 800 ming stipendiya olgan. 4 bahoga o‘qigan esa 600 ming so‘m olgan.

Hozir esa sessiyani 5 bahoga yopgan, faqat davlat granti asosida o‘qiydigan talaba 621 ming so‘m stipendiya oladi. 4 bahoga yopsa, 517 ming so‘m oladi. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar esa 5 bahoga yopadimi, 4 bahoga yopadimi yoki 3 bahoga yopadimi, farqi yo‘q — hech balo olmaydi.

O‘sha paytdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov (hozir u O‘zMu rektori) buni uyalmasdan “islohot” deb atagandi. Majidov talabalarning e’tirozlariga qaramay, baribir stipendiya to‘lash masalasida o‘zining absurd “islohot”larini amalga oshirib keta olgan odam sifatida tarixda qoldi va yakunda “aravani torta olmagani uchun” ishdan olindi.

@masofatalim
12.8K views09:46
Ochish/sharhlash
2023-09-01 20:28:13
Bugungi valyuta kursi

3 ta ovoz = 1 ta oyoq kiyim. Kun sayin kursning koʻtarilishi kutilmoqda.

@masofatalim
17.2K viewsedited  17:28
Ochish/sharhlash
2023-08-29 20:47:03
Bugungi valyuta kurslari:

1 AQSh dollari = 12 084,84 soʻm
1 Yevro = 13 068,55 soʻm
1 ta ovoz = 1 ta ichimlik (hozircha stabil)

P.S. Ovoz berishga majburlash javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin :)

@masofatalim
13.0K viewsedited  17:47
Ochish/sharhlash
2023-08-27 21:31:07
Maktab o‘quvchilarining ma’lumotlari qaysi qo‘llarda?

O‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota-onalar, ta’lim muassasalari ma’muriyatlari hamda ta’limni boshqarish organlari vakillari uchun faoliyat yuritib kelgan kundalikcom — yagona elektron ta’lim platformasi endilikda emaktabuz bo‘lar ekan.

Mazkur platformaning egasi “Kundalik” MChJdir. Ammo o‘zbek o‘quvchilarining ma’lumotlarini o‘zida jamlagan ushbu platforma egalarining ro‘yxatida birorta O‘zbekistonga aloqador tashkilot yo‘q. Biri Rossiya, ikkinchisi Shvetsariya va uchinchisi esa Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalardir. Platforma esa pulli.

Darvoqe, o‘sha paytdagi Xalq ta’limi vazirligi buni “davlat xususiy sherikchiligi asosida” degandi. Ammo ta’sischilar ro‘yxatida xususiylardan tashqari bo‘lishi shart bo‘lgan ta’sischilar qayerda? Platformaning pulli ekani esa alohida bahsli mavzu.

@masofatalim
13.8K viewsedited  18:31
Ochish/sharhlash
2023-08-27 09:00:04
DXX kubogida Jizzax viloyatining “Turon” jamoasi gʻolib boʻldi

26-avgust kuni poytaxtning “Jar” stadionida futbol va mini-futbol boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. DXX kubogi joriy yilda 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan va ilk marta ayol-qizlar o‘rtasida ham musobaqalar tashkil etilgan. Qizgʻin davom etgan final oʻyinida Jizzax viloyatining “Turon” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

@masofatalim
13.8K views06:00
Ochish/sharhlash
2023-08-26 08:30:01
Osiyo Xalqaro Universitetida qabul davom etmoqda

Universitet talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlardan birida sifatli ta'lim oling!

Bakalavrda:
•Pedagogika va psixologiya
•Boshlang'ich ta'lim
•Maktabgacha ta'lim
•Ingliz tili va adabiyoti
•Rus tili va adabiyoti
•Tarix
•Jismoniy madaniyat
•Iqtisodiyot
•Moliya
•Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
•Konchilik ish
•Davolash ishi
•Stomatologiya
•Farmatsevtika

Sirtqi ta’lim yo’nalishlari kontrakti 12 million so’mdan boshlanadi.

DTM natijalariga ega abituriyentlar uchun ham qabul davom etmoqda

Onlayn ariza topshirish

Batafsil ma'lumot va savollar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009

www.oxu.uz
Telegram | Instagram | Facebook
15.8K views05:30
Ochish/sharhlash