Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga 50% chegirmalar Respublika Oliy ta‘lim muassasa | Manaviyat.edu.uz

Talabalarga 50% chegirmalar

Respublika Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga “O’zbekiston temir yo‘llari" AJ qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun chegirmalarni e'lon qildi!

Chegirmalar 25-dekabrdan 7-yanvarga qadar o‘natilgan tartibda barcha mahalliy yo’nalishdagi yo‘lovchi poyezdlarning temir yo‘l hujjatining to‘liq qiymatidan 50% chegirma amal qiladi! SV /VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdi uchun chegirma berilmaydi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: 1005
Ishonch telefoni: +99871-2999450

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube