Get Mystery Box with random crypto!

#kun_tarixi Bugun 15-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kund | Manaviyat.edu.uz

#kun_tarixi
Bugun 15-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


Butunjahon san’at kuni.
Butunjahon madaniyat kuni.
Ekologik bilimlar kuni.
Xalqaro biotibbiyot laboratoriyasi kuni.
Xalqaro mikroko‘ngillilar kuni.


Terek daryosi bo‘yida Amir Temur va To‘xtamishxon o‘rtasidagi hal qiluvchi jang (1395).
Buyuk Britaniyada havo sharida birinchi boshqariladigan parvoz amalga oshirildi (1784).
Amerikalik ixtirochi Tomas Edison harakatlanuvchi mashinalar tasvirini  jamoatchilikka namoyish qildi (1891).
AQShda avtomobil yo‘llarining birinchi xaritasi paydo bo‘ldi (1924).
Peshku tumani tashkil etildi (1950).
 Illinoys shtatining Des Pleyns shahrida tadbirkor Rey Krok o‘zining ilk McDonald's restoranini ochdi (1955).
Shahrisabz shahrida Sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag‘ishlangan milliy kurash bo‘yicha uchinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi (2000).

Buyuk italyan musavviri va olimi Leonardo da Vinchi tavallud topgan kun (1452).
Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy tavallud topgan kun (1878).
Teatr rassomi, O‘zbekiston xalq rassomi Alibekov Islom tavallud topgan kun (1945).
Atoqli diniy ulamo, islom dini rivojiga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimi, Islom ulamolari millatlararo ittifoqining aʼzosi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ibn Muhammad Ali  tavallud topgan kun (1952).

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube