Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ FARZANDINING TAʼLIM OLISHIGA BEFARQ BOʻLGAN OTA-ONALARGA | Maktab | Rasmiy kanal

​​​​ FARZANDINING TAʼLIM OLISHIGA BEFARQ BOʻLGAN OTA-ONALARGA NISBATAN QANDAY CHORA KOʻRISH MUMKIN?

Ota-onalar dars vaqtida farzandining boshqa ishlar bilan mashgʻul boʻlishiga yoʻl qoʻymasligi, aniqrogʻi farzandining taʼlim olishida oʻz masʼuliyatini oshirishi lozim. Shu sababli ota-onalar farzandining muntazam ravishda maktabga kelishini taʼminlashi shart.

Aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 3-moddasiga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim majburiyligi hamda 30-moddasiga koʻra voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari zarur hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishlari uchun javobgarligi belgilangan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi va bundan holatlarning sodir etilishi ota-onaga nisbatan qonunchilikda belgilangan miqdorda jarima solinishi belgilangan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa