Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 37

2023-01-30 07:01:57 https://t.me/sertifikatmaktab
Kanalga qo’wiling siz uchun foydali!
50% USTAMA
Bu GURUHDA MAKTAB O'QITUVCHILARI UCHUN XALQARO SERTIFIKAT OLISHGA YORDAMLASHILADI
MUROJAT @mathematicste
6.6K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-01-30 06:49:27 MAKTAB HUDUDIDA TELEFONDAN FOYDALANISh TARTIBI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra:


Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (Ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).

O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Holat bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

Shuningdek:

--qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

-- dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali suratga olishi;

-- ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan taqiqlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.2K views03:49
Ochish/sharhlash
2023-01-29 17:23:38 UY TA’LIMI UCHUN TUTILGAN JURNAL HAQIDA


Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va qayd etib boriladi.

O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.

O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi

Sana Mavzu nomi O‘quvchiga qo‘yilgan baho Uy vazifasi Ota-onasining imzosi

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.4K viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2023-01-29 13:49:39 O‘QITUVCHILAR UCHUN MAXSUS!

O‘qituvchilar ishini osonlashtirish maqsadida maxsus kanal ochildi. Ushbu kanalda siz faoliyatingizga oid har qanday hujjatlar:
Qarorlar;
Nizomlar,
Kundalikka tayyor ish rejalar;
Bayonnomalar
;
Sinf rahbarlik hujjatlari;
To‘garak hujjatlari
.Xullas barcha hujjatlarni topishingiz mumkin. Marhamat
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
11.3K views10:49
Ochish/sharhlash
2023-01-29 05:57:14 Maktab direktorlari va o‘qituvchilarini qish mavsumida navbatchilikka jalb etmaslik bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.5K views02:57
Ochish/sharhlash
2023-01-28 18:03:10 SOATBAY ISHLOVCHI PEDAGOGLARGA YANVAR OYINING NECHINCHI SANASIDAN ISH HAQI TO‘LANADI?

Kanalimizga shu kabi savollar ayni kunlarda ko‘plab pedagoglardan kelmoqda.

Amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yilining 3-choragi 11-yanvar sanasidan boshlanishi kerak edi. Lekin, anomal sovuq sabab 3-chorakning boshlanishi avval 18-yanvar so‘ng esa, 23-yanvar etib belgilandi.

Deyarli barcha hududlarda o‘qish 23-yanvar sanasidan boshlanganligi sababli ayrim maktab rahbarlari soatbay ishlovchi pedagoglarga 23-yanvardan ish haqi yozilishini aytishmoqda ekan.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining qo‘shimcha ta’til berish to‘g‘risidagi 2023-yil 10-yanvardagi 2-sonli buyrug‘iga ko‘ra beriladigan qo‘shimcha ta’til kunlari davomida ta’lim tashkilotlarida faoliyat
yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar va boshqa xodimlar,
jumladan, mehnatiga soatbay haq to‘lanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi
to‘lovlari (shtatlar jadvali va tarifikatsiya ro ‘yxatida belgilangan barcha to‘lovlar,
jumladan, qo‘shimcha to‘lov va ustama haqlar)
saqlangan holda to‘lab borilishini
ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Ushbu buyruqqa asoslanib soatbay ishlovchi pedagoglarga 11-yanvardan ish haqi yozilishini ma’lum qilamiz.

Soatbay ishlovchi pedagoglarga ish haqini hisoblash bo‘yicha avvaligi postlarimizda ma’lumot bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
16.6K views15:03
Ochish/sharhlash
2023-01-28 17:00:53
O'qituvchilar uchun 3 kunlik BEPUL onlayn marafon.

Aynan o'zining ustida tinmay ishlaydigan va yangi metodlar o'rganishni xohlagan o'qituvchilar uchun 3 kunlik "Sevimli ustoz" deb nomlangan bepul onlayn marafon tashkillashtirayapman.

Bu marafon orqali siz 3 kun davomida:

Yangi metodlar o'rganasiz va o'z metodik kapilkangizni yaratasiz;

Eng sevimli va o'quvchilarning eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisiga aylanasiz;

Shovqinli sinf bilan xayrlashasiz;

Va eng asosiysi Siz Oliy toifa olish uchun qadam tashlaysiz;

Bu marafon hamma ustozlarga yetib borishini xohlayman, chunki bu marafonda beradigan bilimlarimni hamma o'qituvchilar bilishi kerak,
Shuning uchun shu postni ko'proq ustozlarga tarqatsangiz xursand bo'laman.

3 kunlik marafonimga qatnashish uchun quyidagi havolani bosing https://t.me/+y2AUOlEiXRplNDUy
11.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-28 15:42:56 ТОИФАГА ХУЖЖАТ ТОПШИРИШ НОМАЛУМ МУДДАТГА ТЎХТАТИЛДИ.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 21 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-269-сон фармонининг 3-иловасига мувофиқ 2023 йил 1 январдан бошлаб Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Таълим сифатини назорат қилиш инспекциясининг вазифа ва функциялари тегишлилиги бўйича Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланган ҳолда тугатилаётганлиги муносабати билан 2023 йил январь-июнь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун январь-февраль ойларида белгиланган мурожаат қабул қилиш жараёнлари номаълум муддатларга қолдирилганлигини маълум қиламиз.

Янги ташкил қилинган вазирликлар томонидан педагог кадрларни аттестациядан ўтказишга оид вазифа ва функциялар ижросига киришилганидан сўнг ҳужжатлар қабул қилиш муддатлари ҳақида Pedkadr.tdi.uz (@pka_tdi_uz) ва Таълим назорати (@uztdi)  каналлари орқали хабар берилишини маълум қиламиз.

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
39.0K viewsedited  12:42
Ochish/sharhlash
2023-01-28 08:40:07 MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.


- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
34.0K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-01-27 16:01:00 BOLASINI MAKTABGA JOʻNATMAYDIGAN OTA-ONAGA JAVOBGARLIK BORMI?

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 9-moddasiga binoan umumiy oʻrta taʼlim umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida uzlyuksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 51-moddasiga koʻra voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.

Yuqoridagi ikki modda oʻquvchingizni 11-yillik majburiy taʼlim olishi kerakligini va buni ota-ona taʼminlashi kerakligidan dalolat beradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi;

bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Ushbu qoidalarning mazmuniga koʻra oʻquvchingizning onasi uni maktabga taʼlim olish yuborishi va oʻquvchingizning sifatli taʼlim olishini taʼminlashga majbur.

Agar ona bu majburiyatlarni bajarmasa, unda onaning harakatlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
38.1K views13:01
Ochish/sharhlash