Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 39

2023-01-17 18:10:40 Va nihoyat!

Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qo‘shimcha ta'til kunlari 2023-yilning 23-yanvar kuniga qadar uzaytirildi.

Bu borada Farg‘ona viloyat hokimligining tegishli yig‘ilish bayonida qaror qilingan.

Viloyatdagi MTTlarida o‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Maktablar bo‘yicha hozircha jimlik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.7K viewsedited  15:10
Ochish/sharhlash
2023-01-17 16:56:00 Navoiy viloyati maktablarida qishki ta’til 23-yanvarga qadar uzaytirildi

Manba: Navoiy viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.1K views13:56
Ochish/sharhlash
2023-01-17 15:49:49 Фарғона вилоятидаги таълим муассасаларида қишки таътил муддати узайтирилганлиги ҳақида расмий хабар берилмади.

Қолган барча вилоятларда мактаблар қачондан бошланиши аниқ бўлди. Агар вилоят ҳокимлиги таътил ҳақида ҳеч қандай баёнот бермаса, демак Фарғонадаги мактабларда эртага, 18 январдан дарслар бошланади.

Xalq ta'limi Info

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.2K views12:49
Ochish/sharhlash
2023-01-17 12:53:06 Farg‘ona va Samarqand viloyatlaridan boshqa barcha hududlarda o‘qish 23-yanvardan boshlanishi ma’lum qilindi.

Navoiy viloyatida esa 18-yanvardan boshlanishi mumkin.

Hozircha Farg‘ona va Samarqand hududlari o‘qish qachondan boshlanishi yuzasidan rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q. Agar bugun shu ikki viloyat o‘qish qachondan boshlanishi bo‘yicha ma’lumot bermasa, avval berilgan ma’lumotlariga asosan o‘qish 18-yanvardan boshlanadi.

Kuzatamiz, yangilik bo‘lib qolsa aytamiz.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.6K views09:53
Ochish/sharhlash
2023-01-17 07:01:33 Mana o‘sha bola, maktabni rossa sog‘inibdi.

Manba: @uqituvchiga_hujjat

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.7K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-01-17 05:55:20 MAKTABLAR ONLINE TA’LIM SHAKLIGA O‘TISHI KUTILMOQDA

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.3K views02:55
Ochish/sharhlash
2023-01-16 18:10:48 FINLANDIYA TA’LIM TIZIMI HAQIDA ENG QIZIQARLI FAKTLAR

1. TA'LIM - BEPUL.

O‘quvchilar tushlik, ekskursiyalar, o‘quv qurollari bilan ham bepul ta'minlanadilar. Maktabga 2 kilometrdan ortiq masofadan qatnovchi o‘quvchilar uchun bepul avtobus ajratiladi. Barcha harajatlar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.

2. HAR BIR O‘QUVCHIGAH INDIVIDUAL YONDAShUV.

O‘quvchilarga topshiriqlar o‘zlashtirish darajasiga qarab beriladi. Bir sinfdagi o‘quvchilar dars paytida qiyinchilik darajasi turli xil boshqa-boshqa topshiriqlarni bajarishlari mumkin. Jismoniy va aqliy qobiliyati har xil bo‘lgan bolalar birga ta'lim olishadi. Agar bola o‘zlashtirishga qiynalsa, o‘qituvchi u bilan alohida shug‘ullanadi.

3. BAHOLAR FAQAT O‘QUVChINING O‘ZIGA KO‘RSATILADI.

Baholash tizimi 10 ballik. Lekin 3-sinfgacha o‘quvchilar baholanmaydilar. 3-sinfdan keyin o‘quvchilar 10 ballik tizimda baholanadilar. Past baho uchun tanbeh berilmaydi. Baho - faqat motivasiya vositasi sifatida qaraladi.

4. MAKTAB FORMASI YO‘Q.

Maktabga o‘quvchilar o‘zlariga qulay bo‘lgan har qanday kiyimda kelishlari mumkin. Maxsus talablar qo‘yilmagan. Odatda fin maktablarida o‘quvchilar sinf xonasiga hatto poyabzalsiz ham kiraveradilar.

5. PARTADA O‘TIRISh MAJBURIYATI YO‘Q.

Dars paytida o‘quvchilar ixtiyoriy ravishda - partaga, divanga, gilamga yoki polga joylashishlari mumkin. Iliq havoda darslar tabiat qo‘ynida tashkil qilinadi.

6. UY VAZIFALARI KAM.

Fin o‘qituvchilari bolalar maktabdan tashqari vaqtda dam olishlari va vaqtlarini ota-onalari bilan o‘tkazishlari kerak, deb hisoblashadi. Uy vazifalari juda kam vaqtga mo‘ljallanadi. Masalan, tarix darsida buvisi bilan 50-yillar hayoti haqida suhbatlashib, uni bugungi davr bilan solishtirish vazifasi berilishi mumkin.

7. HECH QANDAY IMTIHONLAR YO‘Q.

Fin o‘qituvchilarining fikricha, o‘quvchilarni yo hayotga, yo imtihonga tayyorlash lozim. Ular birinchisini tanlashadi. Shu sababli Finlandiya maktablarida imtihonlar yo‘q. O‘qituvchi o‘z xohishiga ko‘ra nazorat ishlari o‘tkazishi mumkin. Lekin o‘quvchilar 16 yoshda - o‘rta maktabni tamomlash oldidan standartlashtirilgan test topshirishadi.

8. BIR QANChA MAKTABLARDA FANLAR O‘QITILMAYDI.

Finlandiya ta'lim tizimining yangi yo‘nalishlaridan biri - mohiyatni o‘rganish (phenomenon based learning). Fanlar alohida o‘qitilmasdan, ma'lum mavzu tanlanib, o‘sha mavzu turli fan yoki soha nuqtayi nazaridan o‘rganib chiqiladi.

9. ENG UZOQ TANAFFUSLAR.

Har bir 45 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng 15 daqiqa tanaffus beriladi.

10. O‘QITUVCHILIK - ENG NUFUZLI KASB.

O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik maoshi - 3500 €. Hech qanday qat'iy o‘qitish dasturi yo‘q, qanday uslubda va qanday darslik asosida o‘qitishni o‘qituvchining o‘zi hal qiladi.


Bundan tashqari, maktab oshxonasidagi "shvedkiy stol", kutubxonadagi mutolaaga o‘rgatilgan kuchuklar, o‘quvchilar uchun maktabda uyushtiriladigan maxsus kechalar va kechadan so‘ng bolalar o‘qituvchilari bilan maktabda tunab qolishlari, maktablarning "statusi" mutlaqo bir xil ekanligi xususida batafsil yozmadik.

Xo‘sh, fin tajribasi sizga ma'qulmi?

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.1K views15:10
Ochish/sharhlash
2023-01-16 17:00:04 Hamkasbingiz "Kreativ Pedagog" kursida 70 ta metod o'rganib, sizdan o'zib ketmoqda!

Zamonaviy ta'limda faqat kreativ metodni bilgan o'qituvchilargina "yashab qolishi" mumkin. Kreativ metodlar darsingizni ommalashtirish va sevimli ustoz bo'lishingizga yordam beradi

Tayyor faningizga moslangan 70 ta kreativ metod;
Ochiq dars o'tib ommalashtirish imkoniyati:
O'quvchilarni darsga qiziqtirishga oid samarali metodlar

"Sayohat", "Avtofokus", "3D", "Sinf qutisi", "Shovqinni cheklash" va boshqa jami 70 xil metodlar sizni kutmoqda

Ming marta eshitgandan bir marta ko'rgan yaxshi desangiz, marhamat Kurs mundarijasi: https://telegra.ph/Kreativ-Pedagog-kursidan-nimani-organaman-11-14

Kurs sizga videodars shaklida yopiq kanalda taqdim etiladi. Muhimi, istalgan vaqtingiz kursni o'rganib natijaga erisha olasiz

"Kreativ Pedagog 70 ta metod" kursi shu darajada arzonki, 1 ta metod sizga 1400 so'mdan tushadi

Kreativ Pedagog bo'lish va o'z faningizga moslangan 70 ta metodga ega bo'lish uchun
@Krepeduz_admin'ga quyidagilarni yozib yuboring:

1. Ism-familiyangizni;
2. Viloyatingiz;
3. Dars o'tadigan faningiz

@Krepeduz_admin

Hozirdan kreativ o'qituvchi bo'lishni boshlang!
3.6K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-16 09:31:15 1-SINFLAR UCHUN FEVRAL OYIDAGI BIR HAFTALIK TA'TIL BU YIL BERILADIMI?

MAKTAB kanalimizga shu kabi savollar ayni kunlarda ko'plab pedagoglardan kelmoqda. Buning sababi shundaki, 18-yanvardan o'quv yilini 3-choragi boshlanishi va dars jadvalini kundalik.comga joylash, mavzularni tig'izlatish kabi masalalar 1-sinfga dars beruvchi o'qituvchilar va maktab O'IBDO' larining qiziqtirayotgan masala bo'lib turibti.

Biz ushbu savollarga javob olish maqsadida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan bog'landik.

Vazirlikdagi mas'ul xodimlarni bizga bergan ma'lumotlariga ko'ra hozirda 1-sinflar uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik beriladigan ta'til bu yil berilishi yoki berilmasligi bo'yicha hozirda qaror qabul qilinmaganligini ma'lum qildi.

Umid qilamizki, tez orada rasmiy ko'rsatma e'lon qilinadi va pedagog va rahbar xodimlarning o'ylantirgan masala hal bo'ladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.1K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-01-16 08:00:15
OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA QISHKI QABUL BOSHLANDI!
Iqtisodiyot
Moliya
Tarix
Jismoniy Madaniyat
Boshlangʻich taʼlim
Maktabgacha taʼlim
Pedagogika va Psixologiya
Ingliz tili va Adabiyoti
Kompyuter ilmlari va dasturlash
Konchilik ishi
Davolash ishi
Farmatsevtika
Stomatologiya
2-kursga ham qabul bor!

Ta’lim jarayonlari kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.
Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.
(litsenziya №047757)

Batafsil ma'lumot:
+998 55 305 00 09
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74. (Mo’ljal Avtovokzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida)
7.0K views05:00
Ochish/sharhlash