Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB HUDUDIDA TELEFONDAN FOYDALANISh TARTIBI QANDAY EKANLIGI | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTAB HUDUDIDA TELEFONDAN FOYDALANISh TARTIBI QANDAY EKANLIGINI BILASIZMI?

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
ichki tartib va odob-axloq qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra:


Ta’lim muassasasi hududida har bir o‘quvchi o‘z uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yishi, pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar o‘z uyali aloqa vositalari qurilmalarini chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (Ovozsiz holatga o‘tkazishi) shart.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari) boshlanishidan oldin ta’lim oluvchilar telefonini o‘chirib qo‘yishi hamda telefonini sumkasiga solib qo‘yishi shart (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom”).

O‘quvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramasdan dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari davom etgan holatda sinf rahbari va muassasa rahbariyati o‘quvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) o‘rnatilgan tarzda olib qo‘yiladi, holat yuzasidan o‘quvchining ota-onasi ogohlantiriladi. Holat bo‘yicha inspektor-psixolog tomonidan o‘quvchining
ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ni Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv kengashlari doirasida muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borgandan so‘ng telefon (mobil aloqa vositalari) o‘quvchining ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ga qaytarib beriladi.

Shunday holat o‘quv yili davomida takrorlanganda o‘quvchi ichki ishlar organlarining profilaktik ro‘yxatiga olinadi.

Shuningdek:

--qonun bilan taqiqlangan, milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki ta’lim muassasasining ichki munosabatlariga tegishli, shuningdek, ta’lim muassasasi va o‘qituvchi obro‘sini tushirishga qaratilgan munosabatlar aks etgan audio hamda videomateriallarni turli ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishi yoki undan turli g‘arazli maqsadlar yo‘lida foydalanishi;

-- dars jarayonida quloqchinlar (naushnik) orqali uyali aloqa vositalari va turli xil audio qurilmalardan foydalanishi, dars jarayonini uyali aloqa vositasining kamerasi orqali suratga olishi;

-- ta’lim muassasasi kompyuterlarida ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan bolalarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lmagan turli videomateriallar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni, zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi, pornografik xarakterdagi har qanday video, audio va fotomateriallarni tayyorlash, saqlash, foydalanish va targ‘ib etish qat’iyan taqiqlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa