Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 35

2023-02-03 12:22:25 HURMATLI USTOZLAR!

O‘qituvchilar uchun “Respublika Metodika Markazi” bilan hamkorlikda yangi kanal ochildi. Ushbu kanal orqali tizimdagi yangiliklar, milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan metodikalar, xalqaro baxolash dasturiga tayorlash metodikalari va ta’lim sohasiga oid yangliklar berib boriladi.

Ushbu kanalga obuna bo‘lishlaringni, yangi metodikalarni o‘rganib borishlaringni so‘raymiz.
Marhamat:
https://t.me/metodik_yordam1
4.8K views09:22
Ochish/sharhlash
2023-02-03 09:16:30 OYLIK HISOBLASH UCHUN JADVAL

Jadval tarifikatsiya jadvali asosida tuzilgan bo‘lib yuqori aniqlikda ishlaydi.

Eslatma: sariqqa bo‘yalgan kataklarga yozing, yashilga bo‘yalgan kataklarni o‘qib chiqing va unga amal qiling.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.3K views06:16
Ochish/sharhlash
2023-02-03 08:19:32 SOATBAY ISHLOVCHI PEDAGOGLARGA OYLIK QANDAY HISOBLANISHINI BILASIZMI?

O'rindoshlik asosida boshqa maktabdan kelib ishlovchi pedagoglar, yoki maktabning rahbar xodimlariga o‘tilgan dars uchun soatbay usulida ish haqi to'lanadi.

2022-yil 1-iyun holatiga (soatbaylar uchun) bir soat dars uchun belgilangan oylik quyidagicha:

Oliy toifa= 42 604  so'm;

1-toifa= 38 554 so'm;

2-toifa= 34 599 so'm;

Mutaxassis= 30 904 so'm;

O'rta maxsus= 28 888 so'm
.

Oylikni hisoblashda quyidagilarga e'tibor beriladi. Pedagog bir oy davomida necha soat dars o'tganligi O‘IBDO‘ tomonidan hisoblab chiqiladi va ish vaqtini hisoblash tabeliga yoziladi. XTB dagi buxgalter shu yozilgan soat bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. Misol uchun 11-yanvardan o'qish boshlandi va yanvar oyini oxirgi kuniga qadar aytaylik 28 soat dars o'tildi. Bunda pedagogning toifasiga qarab oylik to'lanadi. Agar oliy toifali o'qituvchi 28 soat dars o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblaymiz. 28*42604=1192912

Chiqqan summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi uchun ushlab qolinadi va qolgani plastik kartaga tushadi.

1192912-13%(155078)=1037834 Demak, qo‘lga tegish summasi 1 037 834 ming so‘m.

Bundan tashqari, daftar tekshirish summalari va qo‘shimcha belgilangan ustamalari bo‘lsa ular ham qo‘shiladi.

Eslatma: soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat o‘tilgan dars uchun ish haqi to‘lanadi. Ta’til davri uchun, bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari uchun oylik yozilmaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.1K views05:19
Ochish/sharhlash
2023-02-03 05:57:01 SINF RAHBARLARI METODBIRLAShMASI TUGATILDIMI?

Bizga ma’lumki, Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘i bilan metodbirlashmalar faoliyati tasdiqlangan edi. Ushbu buyruqda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilib, uning maqsad va vazifalari belgilangan edi.

Lekin, 2022-yilning 5-dekabr kuni Xalq ta’limi vazirining 372-sonli “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi. Ushbu buyrug‘ bilan 2020-yildagi 183-sonli buyruq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblandi.

Yangi 372-sonli buyruqda umumta’lim muassasalarida fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashmalar tuzish, uning maqsad vazifalarini belgilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilgan. Biroq, ushbu nizomda sinf rahbarlari metodbirlashmasi haqida yozilmagan.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, sinf rahbarlari metodbirlashmasi endi mavjud emas.

Metodbirlashma rahbarlariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarorining 26-bandi bo‘yicha to‘lanishi mumkin bo‘lgan 10% lik ustama ham faqat fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbarlariga to‘lanishi mumkinligi yozilgan. Shu boisdan sinf rahbarlari metodbirlashmasi tuzish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berilmagan bo‘lishi mumkin.

Sinf rahbarlarining vazifalari Xalq ta’limi vazirining 2021-yil 22-fevraldagi 41-sonli buyrug’i bilan belgilangan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.0K views02:57
Ochish/sharhlash
2023-02-02 19:03:28 #Мулоҳаза

Таълим тизимини яхшилашда энг катта тўсиқ русурсларнинг етишмаслиги эмас, балки таълим сифати стандартлари пастлигига қарамай ўқувчилар яхши баҳо олаётганидир...
(Улуғбек Пўлатов)

Сарлавҳада айтилган фикр менга тегишли эмас. Бу фикрлар ўқувчилар билимини баҳолаш бўйича халқаро PISA тадқиқоти асосчиси Андреас Шлаяйхернинг "Жаҳон миқиёсидаги таълим" китобида айтилган гаплар. Бу ҳуддики Ўзбеистон таълим тизимига нисбатан айтилгандек.

Негаки бизнинг таълим тизимимизда ҳам ўқувчилар таълим сифати стандартлари пастлигига қарамай яхши баҳо олиб келмоқдалар. Бу ўқитувчиларнинг онгига ҳам сингиб кетган. Дарс ўтилади, оддий-оддий топшириқлар берилади, баҳолар эса 4-5. Ўқувчиларнинг ҳақиқий билимларини аниқлайдиган стандартлар эса йўқ.

Бунга халқ таълими тизимидаги масъуллар ҳам айбдор. Мисол учун умуман талабга жавоб беролмайдиган ўқувчига ҳеч ким 2 баҳо қўёлмайди. Бунга сунъий тўсиқ қўйилган. Энг қизиғи ўқитувчининг таълим бериш сифати самарадорлиги унинг ўзи қўйган баҳоларига қараб белгиланади. Яъни, бу билан ўқитувчи ўзига-ўзи баҳо беради.

Мисол учун, педагог ходимга устама тўлаш учун белгилаб берилган мезонга кўра ўқитувчи дарс ўтаётган синфлардаги ўқувчиларнинг чораклик ўртача баҳолари ўзлаштиришнинг сифат («4» ва «5» баҳо) кўрсаткичи асосида аниқланади. Бу ҳақда ВМнинг 823-сонли қарори билан тасдиқланган низомда қайд этилган.

Ундан ташқари педагог кадрларини аттестациядан ўтказиш тартиби тўғрисида низом билан тасдиқланган педагог кадрларининг педагогик маҳоратини баҳолаш мезонларида ҳам ўқувчиларнинг ўқув фанидан рейтинг кўрсаткичлари учун (синф журналлари асосида) баҳоланиши айтилган.

Шу ерда савол туғилади: устама ёки малака тоифа олиш учун давогарлик қилаётган қайси фан ўқитувчиси ўқувчиларга ҳақиқий баҳо қўя олади? Нима учун фанларни умуман ўзлаштирмаган ўқувчига ҳақиқий баҳо қўйилмайди?

Нима сабабдан фанлардан қониқарсиз баҳо олаётган ўқувчиларни синфдан-синфга қолдириб юбориш имконияти бўла туриб, буни амалга ошириб бўлмайди? Нега ҳалигача ўқувчилар олаётган билимларни таҳлил қиладиган тизим яратилмаган?

Очиғи анча йиллар аввал ўтказилган тадқиқот натижаларини ўқиб, биз ҳали анча йиллар орқада эканимизни, энг ёмони ҳали ҳам буни тушуниб етмаётганимизни англаб етяпман.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.4K views16:03
Ochish/sharhlash
2023-02-02 18:00:03
O'qituvchilar uchun 3 kunlik BEPUL onlayn marafon.

Aynan o'zining ustida tinmay ishlaydigan va yangi metodlar o'rganishni xohlagan o'qituvchilar uchun 3 kunlik "Sevimli ustoz" deb nomlangan bepul onlayn marafon tashkillashtirayapman.

Bu marafon orqali siz 3 kun davomida:

Yangi metodlar o'rganasiz va o'z metodik kapilkangizni yaratasiz;

Eng sevimli va o'quvchilarning eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisiga aylanasiz;

Shovqinli sinf bilan xayrlashasiz;

Va eng asosiysi Siz Oliy toifa olish uchun qadam tashlaysiz;

Bu marafon hamma ustozlarga yetib borishini xohlayman, chunki bu marafonda beradigan bilimlarimni hamma o'qituvchilar bilishi kerak,
Shuning uchun shu postni ko'proq ustozlarga tarqatsangiz xursand bo'laman.

3 kunlik marafonimga qatnashish uchun quyidagi havolani bosing https://t.me/+DpGQc3fjw481YTQy
6.6K views15:00
Ochish/sharhlash
2023-02-02 17:19:55 MILLIY SERTIFIKATLAR HAQIDA

Kecha ustama to’lanadigan milliy va xalqaro sertifikatlar ro’yxati va sertifikatlardan namunalar tashlagan edim, ustozlardan ko’plab savollar keldi. Kommentariya ko’plab izohlarga to‘lib ketdi. Quyida shu savollarga soddaroq qilib javob berishga harakat qilaman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son farmonida umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustamalar berilishi haqida yozilgan. Qolaversa, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2022-yil 29-iyulda qo’shma qarori chiqqan. Ushu qarorga ko’ra ayrim fanlardan milliy baholash tizimida beriladigan milliy sertifikatlar va xalqaro sertifikatlar ro’yxati keltirib o’tilgan.

Xo‘sh, qaysi fanlarga milliy sertifikat va xalqaro sertifikatlar beriladi?

Milliy sertifikat berish mumkin bo’lgan fanlar: Ona tili ( o’zbek tili, qoroqolpoq tili, rus tili va boshqa)

Xalqaro sertifikatlar berilishi mumkin bo’lgan fanlar: Informatika va rus tili.

Ham xalqaro ham milliy sertifikatlar berilishi mumkin bo’lgan fanlar: Matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlari va ingili, fransuz, nemis, arab, xitoy, yapon, koreys tillari.

Milliy sertifikatlarni berish uchun pedagoglarning umumta’lim fanlari bo’yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash DTM yoki A.Avloniy instituti tomonidan amalga oshiriladi.

Xalqaro sertifikatlarni berish esa, vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Agar pedagog xodim umumta’lim fanlari bo’yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholashda yetarli ball to’plangan va milliy sertifikatni olgan taqdirda 20% ustama beriladi.

Agar pedagog xodim xalqaro sertifikatni olganda, yoki xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lganda (bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim) 50% ustama beriladi.

Sertifikatlarni olish uchun imtihon shakllari qanday o’tkazilishi, qachon o’tkazilishi, qayerga murojaat qilish kerakligi bo’yicha kelgusi postlarimda ma’lumot beraman. Kanalimizni kuzatib boring.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.9K views14:19
Ochish/sharhlash
2023-02-02 16:38:02 HURMATLI USTOZLAR!

O‘qituvchilar uchun “Respublika Metodika Markazi” bilan hamkorlikda yangi kanal ochildi. Ushbu kanal orqali tizimdagi yangiliklar, milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan metodikalar, xalqaro baxolash dasturiga tayorlash metodikalari va ta’lim sohasiga oid yangliklar berib boriladi.

Ushbu kanalga obuna bo‘lishlaringni, yangi metodikalarni o‘rganib borishlaringni so‘raymiz.
Marhamat:
https://t.me/metodik_yordam1
6.9K views13:38
Ochish/sharhlash
2023-02-02 14:05:23 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.9K views11:05
Ochish/sharhlash
2023-02-01 18:42:33
«Maktab direktorlariga erkinlik berish kerak» — Shavkat Mirziyoyev

«Biz direktorni qoʻlsiz, oyoqsiz, koʻzsiz qilib qoʻyganmiz», dedi maktab direktorining XTB boshligʻiga qaramligiga barham berish kerakligi haqida gapirgan prezident. «Talab kuchli boʻlishi, shu bilan birga vakolatlari ham yuqori boʻlishi kerak», deya qoʻshimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.2K views15:42
Ochish/sharhlash