Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 38

2023-01-27 10:41:07 OYLIK HISOBLASH UCHUN JADVAL

Jadval tarifikatsiya jadvali asosida tuzilgan bo‘lib yuqori aniqlikda ishlaydi.

Eslatma: sariqqa bo‘yalgan kataklarga yozing, yashilga bo‘yalgan kataklarni o‘qib chiqing va unga amal qiling.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
16.5K views07:41
Ochish/sharhlash
2023-01-26 15:32:58 UY TA’LIMIGA DARS O‘TUVCHI PEDAGOGLARNING MAJBURIYATLARI QUYIDAGICHA

(Buni barcha pedagoglar bilishi kerak)

o‘quvchining imkoniyatlari va tibbiy xulosani inobatga olgan holda o‘quv dasturlarining o‘zlashtirilishini ta’minlash;

o‘quvchilarning jismoniy va psixik rivojlanishini ta’minlash, atrof muhit va ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish;

o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlarini yuksaltirish hamda estetik did va his-tuyg‘ularini tarbiyalash;

o‘quvchida darsliklar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalar bilan mustaqil ishlash malakasini rivojlantirish;

dars mashg‘ulotlari rejasini tuzish;

dars mashg‘ulotlariga oid bo‘lgan hujjatlarni o‘z vaqtida yuritish hamda o‘quvchining o‘zlashtirishi bo‘yicha baholash daftariga qo‘yilgan baholarni sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga kiritib borish.

O‘qituvchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
19.4K views12:32
Ochish/sharhlash
2023-01-26 11:13:58 MAKTAB KANALIDAN MA’LUMOT OLUVCHI KANALLAR UCHUN

MAKTAB kanalining asosiy maqsadi o‘qituvchiga metodik yordam berish va ularning haq- huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Shu sababli kanalimizda iloji boricha dolzarb mavzular boʼyicha post joylashga harakat qilamiz.

Lekin, shu kunlarda kanaldan maʼlumot olib, manbasini koʼrsatmay oʼz kanaliga joylab oluvchi kanallar soni keskin ortib ketdi.

Ma’lumotlarni tayyorlash uchun ancha mehnat qilinadi. Buning uchun kerak boʼlsa soatlab vaqt sarf qilamiz. Baʼzida obunachilarimizdan kelgan savollarga javob topish uchun mutasaddilar, vazirliklar bilan ham bog‘lanib javob topishga harakat qilamiz. Kerak boʼlsa bitta postni tayyorlash uchun haftalab vaqt ketgan kunlar bo‘ladi.

Kanalimizdan ma’lumot o‘g‘irlayotgan kanallar ro‘yxatini e’lon qilishimiz mumkin, albatta. Biz buni qilmadik, bu hol davom etaversa biz bilan hamkorlik qilayotgan kanallar bilan kelishgan holda ushbu kanallar ro‘yxatini ommaga qo‘yamiz.

To‘g‘ri, o‘zimiz ham boshqa kanallardan ma’lumot olamiz, lekin manbasini albatta ko‘rsatib o‘tamiz.

Shunday ekan, kanaldagi postlarni tayyor koʼchirib, oʼz kanaliga joylayotganlar mana shu narsalarni inobatga olishlarini iltimos qilamiz. Manba koʼrsatib oʼtilsa, sizni kanalingizni hamma obunachilari bizni kanalga oʼtib ketmaydi. Hamma kanalning sodiq obunachilari bo‘ladi.

Har kim birovning mehnatini qadrlashi kerak. Shunda oʼzi ham qadr topadi. Umid qilamizki, endi bunday holat bo‘lmaydi.

MAKTAB kanali admini Faxriddin Tursunov.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.1K views08:13
Ochish/sharhlash
2023-01-25 16:33:54 SOATBAY ISHLOVCHI PEDAGOGLARGA OYLIK QANDAY HISOBLANISHINI BILASIZMI?

O'rindoshlik asosida boshqa maktabdan kelib ishlovchi pedagoglar, yoki maktabning rahbar xodimlariga o‘tilgan dars uchun soatbay usulida ish haqi to'lanadi.

2022-yil 1-iyun holatiga (soatbaylar uchun) bir soat dars uchun belgilangan oylik quyidagicha:

Oliy toifa= 42 604  so'm;

1-toifa= 38 554 so'm;

2-toifa= 34 599 so'm;

Mutaxassis= 30 904 so'm;

O'rta maxsus= 28 888 so'm
.

Oylikni hisoblashda quyidagilarga e'tibor beriladi. Pedagog bir oy davomida necha soat dars o'tganligi O‘IBDO‘ tomonidan hisoblab chiqiladi va ish vaqtini hisoblash tabeliga yoziladi. XTB dagi buxgalter shu yozilgan soat bo‘yicha ish haqi hisoblaydi. Misol uchun 11-yanvardan o'qish boshlandi va yanvar oyini oxirgi kuniga qadar aytaylik 28 soat dars o'tildi. Bunda pedagogning toifasiga qarab oylik to'lanadi. Agar oliy toifali o'qituvchi 28 soat dars o‘tgan bo‘lsa, uni quyidagicha hisoblaymiz. 28*42604=1192912

Chiqqan summadan 13% daromad solig‘i va kasaba uyushmasi uchun ushlab qolinadi va qolgani plastik kartaga tushadi.

1192912-13%(155078)=1037834 Demak, qo‘lga tegish summasi 1 037 834 ming so‘m.

Bundan tashqari, daftar tekshirish summalari va qo‘shimcha belgilangan ustamalari bo‘lsa ular ham qo‘shiladi.

Eslatma: soatbay ishlovchi pedagoglarga faqat o‘tilgan dars uchun ish haqi to‘lanadi. Ta’til davri uchun, bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari uchun oylik yozilmaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
23.5K views13:33
Ochish/sharhlash
2023-01-19 16:12:28 YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALARNING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILDI.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:


Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning hujjatlari 3 yil mobaynida maktabda saqlanadi va tegishli tartibda Xalq ta’limi bo‘limining idoraviy arxiviga topshiriladi.

Metodbirlashma rahbarining vazifalari, metodbirlashmalarning faoliyati bo‘yicha avvaligi postlarimizda ma’lumot bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
7.3K views13:12
Ochish/sharhlash
2023-01-19 08:12:45 «Районо» ва «облоно»лар тугатилиши мумкинлиги бир тарафдан мени ҳавотирга солмоқда...

Хабар беришларича, шу йилнинг март ойидан бошлаб «Районо» ва «облоно»лар фаолияти тугатилиши кутилмоқда экан. (хабар расман тасдиқланмаган)

Тўғри, президент танқид қилгандай бу соҳада камчиликлар кўп. Балки шундай ташкилотларнинг тугатилиши мактабларга анча енгиллик берар. Лекин мен «Районо» ва «облоно»лар тугатилгач, мактабларга умумий раҳбарликни ҳокимликларга бериб қўйишларидан ҳавотирдаман.

Мисол учун, ХТБ мудири лавозимини тугатиб, ҳокимнинг халқ таълими бўйича ўринбосари лавозими жорий қилиб юборилса, мактаблар бутунлай ҳудудий ҳокимликларга бўйсинишига тўғри келади. Бу эса яхши оқибатларга олиб келмайди.

Очиғи, ҳукумат вакиллари орасида шундай таклифни илгари сурувчилар борлигидан ҳавотирдаман. Ишқилиб, бу амалга ошмасин. Агар амалга ошадиган бўлса, мактаблар ҳозиргиданда кўра кўпроқ жабр чекади.

«Районо» ва «облоно»лар тугатилгач, мактаблар мустақиллигини таъминлайдиган бутунлай бошқача тизим жорий қилинади деб умид қиламан.

Xalq ta'limi Info U.Po‘latov

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.9K viewsedited  05:12
Ochish/sharhlash
2023-01-18 18:35:56 INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL QILISHDA QUYIDAGI TOIFADAGI BOLALAR QABUL QILINADI.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim sinflarini ochishning tartibi belgilab berilgan. Bu haqida avvalgi postlarimizda qisman ma'lumot bergan edik.

Xo'sh inklyuziv ta'lim sinflariga qaysi toifadagi bolalar qabul qilinadi. Quyida shu haqida.

eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (eshitish qobiliyatining yo‘qotilishi 60 Db gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (ko‘rish qobiliyatining buzilishi 0,1 gacha bo‘lgan rivojlanishida qo‘shimcha buzilishlar bo‘lmagan bolalar);

somatik kasalliklar (psixofizik va nutqning rivojlanish darajasi yoshiga mos kelmaydigan bolalar);

nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar (alaliya, dislaliya, afaziya, rinolaliya, dizartriya, psixik-nutqiy rivojidagi sustlik, duduqlanish);

tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar (bolalar tserebral falaji, skolioz, poliomiyelit, miopatiya, osteomiyelit, amputatsiya, bo‘y o‘sishining yetishmovchiligi — pakanalik);

aqliy rivojlanishi saqlangan holda tayanch-harakat tizimidagi buzilishi bo‘lgan bolalar;

aqliy rivojlanishi saqlangan yoki ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar (o‘zi harakat qila oladigan yoki qo‘shimcha moslamalar va nogironlik aravachasida harakatlana oladigan bolalar tserebral falaji);

intellektual rivojlanishning potensial buzilmagan imkoniyatlari bilan ruhiy rivojlanishda orqada qolgan bolalar;

xulq-atvor va ruhiyatning qo‘pol buzilishlarisiz autistik spektri buzilgan bolalar;

intellektual rivojlanishi saqlanib qolingan, tutqanoq holatida bo‘lgan bolalar (agar bola antikonvulsant dorisini qabul qilganda, tutqanoq 1 oyda 1 martadan oshmagan paytda).

Maktab ushbu toifadagi bolalarni qabul qilishdan bosh tortishga haqli emas.

O‘quvchilarni inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga qabul qilish hamda chiqarish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga ustama sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun 20 foizi, uch nafar bola uchun 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari va maxsus pedogoglarga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50 foizi miqdorida to‘lanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.9K views15:35
Ochish/sharhlash
2023-01-18 17:30:26 O'zbekiston O'QITUVCHILARI uchun eng katta MUAMMOSI bo'lgan ATTESTATSIYA imtihoni haqida muhim yangilik

Bilamizki, ATTESTATSIYAdan o'tolmaslik o'qituvchilarni eng katta 3 ta MUAMMOGA duchor qiladi.

1-Muammo (bu eng katta muammo).
ATTESTATSIYA IMTIHONIDAN
bir necha bor o'tolmaslik maktab siz bilan qilgan mehnat shartnomasini bekor qilishiga olib keladi va siz ishsiz qolasiz.

2-Muammo (barcha o'qituvchilarning dardi).
ATTESTATSIYA imtihonidan o'tolmaslik kollektiv oldida saviyasiz, bilimsiz va qo'pol qilib aytganda "TUPOY" o'qituvchi ekan, deb, nom olishingiz va BOSHINGIZ EGILISHI ga olib keladi.

3-Muammo (shunisi yomonda )
ATTESTATSIYA imtihonidan o'tolmaslik OYLIGINGIZ oshmasligiga olib keladi va undan ham yomoni doimiy imtihondan o'tolmaslik maktabda sizga kam dars soatlari berilishiga olib keladi. Bu esa juda juda past oylik olishingizga olib keladi.

Bu uchchala muammo uchun faqat bitta yechim bor. Bu ham bo'lsa, ATTESTATSIYA IMTIHONIDAN O'TISH
Buni o'zi ham bir muammoku, deyishingiz, mumkin. Ammo biz bilan imtihonga tayyorlansangiz, ATTESTATSIYA imtihonidan o'tish muammo bo'lmaydi. Sizga bir XUSHXABARIM bor.

7,5 yillik kuchli tajribaga ega bo'lgan, BUXOROLIK expert repetitorlar tajribasi asosida ATTESTATSIYA IMTIHONIDAN olib o'tish uchun kuchli va tizimli kurs ishlab chiqilgan. Bu kursda tayyorlangan 1181 ta o'qituvchidan 1142 tasi ATTESTATSIYA IMTIHONIDAN o'tgan. Bu degani o'rta hisobda kursda tayyorlangan 96,7 foiz o'qituvchi ATTESTATSIYA IMTIHONIDAN o'tgan.

Darslar ONLAYN har bir kishi bilan alohida INDIVIDUAL tartibda olib boriladi Biz sizni
MATEMATIKA

KIMYO

GEOGRAFIYA

TARIX

BOSHLANG'ICH TA'LIM

BIOLOGIYA

ONA TILI fanlariga 100% kafolat asosida tayyorlaymiz.


Kafolatimiz shundan iboratki, biz sizni 100% ATTESTATSIYA imtihonidan o'tkazamiz. Agar siz bizning HAR KUNLIK darslarimizga qatnashib, imtihondan o'tolmasangiz, hech qanday gap so'zsiz 100% PULINGIZ qaytarib beriladi.

Kursga yozilish uchun 128 ta joy bor, xolos. Boshqa o'qituvchi olishni iloji yo'q. Chunki nazorat qilishni iloji bo'lmaydi.

RO'YXATDAN O'TING
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
@bukharaedu_reg_bot
5.7K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-01-18 13:02:10 USTАMА TАYINLАShDА INOBАTGА OLINADIGAN OLIMPIADA, TАNLOV, MUSOBАQА VА TАDBIRLАR RO‘YXATI.

XO‘SH USHBU TADBIRLAR SIZNING MAKTABINGIZDA BO‘LDIMI?

2022-2023 oʼquv yili uchun maktablardagi oʼqituvchilarga har oylik ustamalar belgilashda quyidagi olimpiadalar, koʼrik tanlovlar, musobaqalar hamda sinfdan tashqari ishlar inobatga olinadi.

FАN OLIMPIАDАLАRI

1.Аsosiy fan olimpiadasi (4 bosqichli);
2.Xalqaro matematika olimpiadasi;
3.Xalqaro fizika olimpiadasi;
4.Xalqaro kimyo olimpiadasi;
5.Xalqaro biologiya olimpiadasi;
6.Xalqaro informatika olimpiadasi;
7.Xalqaro Kavkaz olimpiadasi (matematika fani);
8.Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika fani);
9.Xalqaro Mendeleev olimpiadasi (kimyo fani);
10.Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi - kimyo, biologiya va fizika;
11.7-8 sinflar oʼrtasida al-Xorazmiy olimpiadasi (matematika fani);
12.Osiyo fizika olimpiadasi;
13.Osiyo-Tinch okeani informatika olimpiadasi;
14.Evropa fizika olimpiadasi;
15.Xalqaro iqtisod olimpiadasi;
16.Xalqaro matematika musobaqasi;
17.Аl-Fargʼoniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi
18.Аl-Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi

KOʼRIK TАNLOV VА MUSOBАQАLАR

1.“Oʼzbek tilim - iftixorim” mavzusida insholar tanlovi;
2.“Besh tashabbus - sanʼat bilan” shiori ostida festival- tanlov (3-bosqichli);
3.“Besh tashabbus - sport bilan” shiori ostida sport musobaqasi (3-bosqichli);
4.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari va oʼqituvchilari oʼrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);
5.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari oʼquvchilari oʼrtasida respublika birinchiligi (2-bosqichli);
6.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Futbolimiz kelajagi sening qoʼlingda” shiori ostida respublika birinchiligi (4-bosqichli);
7.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari (4-bosqichli);
8.Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf oʼquvchilari oʼrtasida “Eshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi (4-bosqichli);
9.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Kurash - milliy gʼururnmiz” shiori ostida sportning kurash turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);
10.“Besh tashabbus - axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida festival-tanlovi;
11.“Besh tashabbus - kitob bilan” shiori ostida festival-tanlovi (3-bosqichli);
12.“Besh tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon” koʼrik-tanlovi (3-bosqichli);
13.Fan toʼgaraklari boʼyicha koʼrik-tanlovlar (3-bosqichli)
14.Maktab oʼquvchilari oʼrtasida oʼtkaziladigan “Konstitutsiya-erkinligimiz
kafolati” respublika koʼrik-tanlovi;
15.Umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari oʼrtasida “Mening huquk va majburiyatlarim” respublika koʼrik-tanlovi;
16.“Yosh gvardiyachi”, “Yosh chegarachi”, “Yashil chiroq” musobaqalari;
17.“Eng obod taʼlim muassasasi” koʼrik tanlovi;
18.“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi
19.Jamiyatda oʼqituvchi va ustozlarning mavqeini oshirishga karatilgan eng yaxshi videoroliklar tanlovi.

BOShLАNGʼICh SINF OʼQUVChILАRINING TАNLOV VА BOShQА TАDBIRLАRDА IShTIROKI

1.Umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilari va oʼqituvchilari oʼrtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (1-bosqich)
2.Umumiy oʼrta taʼlim maktablarining boshlangʼich sinf oʼquvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” respublika birinchiligi (1-bosqich)
3.Fan toʼgaraklari boʼyicha koʼrik-tanlorlar (1-bosqich)

SINFDАN TАShQАRI IShLАR

1.Fan toʼgaraklari tashkil etish
2.“Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil etish
3.“Yosh kitobxonlik klubi”ni tashkil etish
4.Xor va ansambl jamoalarini tashkil etish
5.Beshta muhim tashabbus tadbirlarini oʼtkazish
6.Yozuvchi va shoirlar tavallud kuniga bagʼishlab mushoira kechalari va turli tadbirlar oʼtkazish
7.Gazeta va veb-saytlarda yangi yondashuv asosida qoʼshimcha mashgʼulotlar olib borilganligi yuzasidan maqollar chiqarish.

Аsos: XTVning 16.09.2021 dagi 03-02/3-2504-sonli, 15.06.2022 dagi 2628-sonli xati

Kanalimiz
https://t.me/maktab_daa
6.9K views10:02
Ochish/sharhlash
2023-01-17 18:51:09 Uzoq kutilgan xabar!

Farg’ona viloyatidagi barcha maktab va bog’chalarda qishki ta’til 22-yanvarga qadar uzaytirildi (bungacha 18-yanvargacha edi).

O‘quv mashg‘ulotlari 23-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
2.1K views15:51
Ochish/sharhlash