Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 40

2023-01-15 17:04:49 5 MILLION SO‘MLIK USTAMA KIMLARGA BERILADI?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgust kungi 425-sonli qaroriga ko‘ra umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, oʼquvchilari oliy taʼlim muassasalariga yoki Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida eng yuqori natija koʼrsatgan pedagog kadrlar Xalq taʼlimi jamgʼarmasi hisobidan ustama olishga davogarlik qilishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarning respublika bo‘yicha cheklangan sonini (yillik kvota) belgilaydi. Bu yilgi kvota 2 ming nafar pedagog.

Ushbu malakali pedagog kadrlarga va ilgʼor xodimlarga har oylik ustama hamda bir martalik pul mukofotlarini toʼlash ishlarini muvofiqlashtirish uchun Xalq ta’limi vazirligida doimiy ravishda ishlaydigan Ishchi guruh tuziladi.

Davlat test markazi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilarining tegishli oʼquv yilida oʼqishga qabul qilishda oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni (abiturientlar va imtihon oʼtkazilgan fanlar boʼyicha) natijalari vazirlikka taqdim etadi.

Vazirlik ishchi guruhi umumiy oʼrta taʼlim muassasalari bitiruvchilari (oʼquvchilari) tomonidan tegishli oʼquv yili qabulida oliy taʼlim tashkilotlariga, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida jamlagan ballardan kelib chiqib yillik kvotani «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar», «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar)lar boʼyicha taqsimlaydi va hududiy kengashlarga taqdim etadi.

Hududiy kengashlar tuman (shahar) kvotasidan kelib chiqib har oylik ustama olish uchun nomzodlarni «Boshlangʼich taʼlim», «Аniq va tabiiy fanlar» «Xorijiy tillar», «Ijtimoiy fanlar» va «Аmaliy fanlar» yoʼnalishlari boʼyicha tuman (shahar) boʼyicha Ishchi guruhga taqdim etadi.

Har bitta yoʼnalish boʼyicha tegishli tuman (shahar) uchun belgilangan har bitta kvota oʼrniga koʼpi bilan uchta nomzod taqdim etiladi.

Ishchi guruh tomonidan unga taqdim etilgan nomzodlar orasidan ustama toʼlanadigan malakali pedagog kadrlar ikki bosqichli sinov — test va suhbat orqali tanlab olingach, ularga mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʼlash boshlanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.1K views14:04
Ochish/sharhlash
2023-01-15 16:53:02 METODBIRLАShMА RАHBАRLАRIGА 10% USTАMА BERISh TARTIBI

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʼnalishlari boʼyicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.


Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʼquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʼshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʼquvchilarning fanni oʼzlashtirishdagi boʼshliqlarini toʼldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʼlishi;
Fan oyligini o‘tkazish tartibi bekor qilindi. Shu sababli, bu bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʼilishini chorakda bir marta oʼtkazilgan boʼlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

Ushbu baholash mezonlarining to‘liq matni.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
3.4K views13:53
Ochish/sharhlash
2023-01-15 15:19:02 Ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirilgani rasman e’lon qilingan hududlar:

Qoraqalpog’iston Respublikasi (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
Toshkent shahri (maktab va bog’cha);
Andijon (ta’lim muassasalari);
Buxoro (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
Namangan (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
Sirdaryo (maktab va bog’cha);
Surxondaryo (maktab, bog’cha, oliy va o’rta maxsus);
Farg’ona (maktab va bog’cha);
Xorazm (maktab va bog’cha);
Toshkent viloyati (maktab).

Ta’til uzaytirildimi yoki ertaga darslar bo’ladimi, shu savolga rasman javob bermagan 4 ta viloyat hokimligi qoldi:

? Samarqand;
? Jizzax,
? Qashqadaryo;
? Navoiy.


Xushnudbekdan

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
9.1K views12:19
Ochish/sharhlash
2023-01-15 10:43:13 KUNDALIK COMDA SINF RAHBARINING VAZIFALARI QUYIDAGIChA


ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili) uchun Platformada рrоfil yaratib,
vaqtinchalik Login vа Parolni tarqatish;

ota-onalar va o'qituvchilar uchun unutilgan Login vа Parolni tiklash tartibi hamda o'quvchi vа ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning shaxsiy ma'lumotlarini uzatish uchun javobgar bо'lish;

ota-ona (o'quvchining qonuniy vakili)ning Platformadagi faolligini doimiy ravishda kuzatib borish, zarurat tug'ilganda ularga aloqaga chiqib profilaktik suhbat olib borish. Profilaktik suhbat o'z ijobiy natijasini bermagan taqdirda maktab direktoriga mа'lumot kiritish;

sababli (kasalligi, oilaviy sharoitidan kelib chiqqan holda) dars qoldirgan o'quvchilarni sinf jurnalida maxsus belgilar (s, dq, k, kq, m, ch, q, ns, tq) bilan belgilab chiqish;

o'quvchi sababsiz 3 soat dars qoldirsa kerakli hujjatlar to'plamini yig'ib, muassasa rahbariga taqdim etish;

umumiy o'rta ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizim bilan ishlash va arxivlashtirish tartibi haqidagi nizomga muvofiq belgilangan
vazifalar bajarilishini ta'minlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyun kungi 205-sonli buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.5K views07:43
Ochish/sharhlash
2023-01-15 09:31:24
Hurmatli ustozlar va o‘quvchilar!

Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlida yangi ochilgan kanal. Respublika bo‘ylab barcha ustozlar ushbu kanalga ulanmoqda, siz ham qo‘shiling.

Maktablarda Fizika Fani kanalimiz o'z ish faolyatini boshladi endlikda siz bizning kanalda
video darsliklar
Kitoblar
Qo'l yozmalar
Testlar va yechimlari
Ish rejalar
Darsliklar
Abiturentlarimiz uchun xam mavzular darslarimiz bor.
Va ko‘plab kerakli fayillarni topishingiz mumkun.
Diqqat qiling eng asosiysi endi ish boshlayotganlar uchun o‘quv qo‘llanmalar ish rejalar va boshqa kerakli hujjatlar aynan bizning kanalda
Bizni ishimiz rivoji va kelajagi uchun sizlarni qo'llab quvatlashingiz kerak.


Bizning kanal
MAKTABLARDA FIZIKA FANI
7.3K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-01-15 08:27:09 MAKTABLARDA QUYIDAGI UCH TURDAGI BUYRUQLAR YURITILADI

1-asosiy faoliyatga oid buyruqlar;
2-kadrlar faoliyatiga oid buyruqlar;
3-oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar.

ASOSIY FAOLIYATGA OID BUYRUQ – maktabning oʻquv-tarbiya, maʼnaviy-maʼrifiy va hoʻjalik faoliyatini tartibga solish hamda yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan topshiriq (buyruq)lar ijrosi yuzasidan rasmiylashtiriladi. Asosiy faoliyatga oid buyruqlarning tartib raqami har yil boshidan belgilanib, ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.
Qabul qilingan buyruqda belgilangan vazifalar ijrosi ustidan nazorat maktab direktori tomonidan olib boriladi.

Asosiy faoliyatga oid buyruqlar elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va 15 yil muddatda saqlanadi.

KADRLAR FAOLIYATIGA OID BUYRUQLAR – Xalq taʼlimi vazirining 2020-yil 28-maydagi 136-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi tizimida kadrlarga oid ish yuritish boʻyicha namunaviy yoʻriqnoma” asosida yuritiladi. Kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va yuritish uchun kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) masʼul hisoblanadi. Kadrlar faoliyatiga doir buyruqlar alohida daftarda qayd etilib, maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Kadrlar faoliyatga doir buyruqlar daftari maktabda 75 yil muddatda saqlanadi. Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda yuritiladi.

Pedagog va texnik xodimlarni ishga qabul qilish hamda xodim tashabbusiga koʻra ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlangan holda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi.

OʻQUVCHILAR HARAKATIGA OID BUYRUQLAR – maktabning birinchi sinfiga hamda oʻquv yili yoki yozgi taʼtil davomida maktabga qabul qilingan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilar hisobini yuritish uchun rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da elektron shaklda rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va maktab direktori tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.

Yozgi taʼtil davomida maktabga kelgan yoki maktabdan ketgan oʻquvchilarga ota-onasining arizasi (kelish-ketish talon) asosida shuningdek, maktabning birinchi sinfiga qabul qilingan oʻquvchilar toʻgʻrisidagi buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da shu kunning oʻzida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

Zaruratga koʻra, 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey, kasb-hunar maktablari yoki boshqa taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi sababli 10-sinfda oʻquvchilar soni kamayib ketgan taqdirda sinflarni qayta komplektlashda alohida buyruq rasmiylashtirilishi mumkin. Buyruqlar har oʻquv yili boshidan (2-sentyabr) yangi tartib raqami bilan qayd etib boriladi. Oʻquvchilarga oid buyruqlarning yuritilishiga maktab direktorining oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosari masʼul hisoblanadi.

Oʻquvchilar harakatiga oid buyruqlar Xalq taʼlimi tizimini boshqarishning axborot tizimi (ERP)da rasmiylashtirilib, qogʻozda chop etiladi va oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi hamda yigʻma jild(reyestr)da tikib boriladi va maktabda 50 yil muddatda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.4K views05:27
Ochish/sharhlash
2023-01-14 17:00:26 MAKTAB PEDAGOGIK KENGASHINI YURITISH BO’YICHA BA’ZI MA’LUMOTLAR

Pedagogik kengash bayonnomalari Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom”da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2799) belgilangan tartibda yuritiladi.

Pedagogik kengash yigʻilishi har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonnomasi va qarorini yuritish uchun pedagogik jamoa orasidan koʻpchilik ochiq ovoz berish yoʻli bilan kengash kotibi saylanadi.

Pedagogik kengash bayonnomasi elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib, Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomalarning tartib raqami har oʻquv yili boshidan belgilanib, rejadan tashqari, yaʼni navbatdan tashqari pedagogik kengash yigʻilishlari ham shu ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.

Pedagogik kengash qarorlari maktab maʼmuriyati va pedagogik jamoa uchun bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanib, uning ijrosi ustidan nazorat Kengash raisiga yuklatiladi. Pedagogik kengash qarorlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va yigʻma jildlar(reyestr)da tikib boriladi hamda 75 yil muddatdamaktabda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
6.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-13 18:32:52 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.9K views15:32
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:30:48
Dars berishda metodlaringiz kamligi pand berayaptimi?

O’quvchilaringiz darsingizda shovqin ko’tarib sizni hurmat qilmayaptimi?

Mavzuni tushintirishda va o’quvchilaringizning diqqatini darsga qaratishga qiynalayapsizmi?

O’quvchilaringiz judayam faol lekin sizning metodikangiz eskirgandek bo’layaptimi?

Bu muammolarga yechim topishni xohlaysizmi

Men Dilafruz Xidoyatova sizlar bilan Bepul onlayn dars tashkil qilayapman va barcha muammolarga nasib qilsa birgalikda yechim topamiz

Bepul onlayn darsim ertaga ya’ni 14-yanvar kuni 20:00 da bo’lib o’tadi.

Bepul darsga qatnashish uchun quyidagi kanalga o’ting

https://t.me/+1HpU4j_LdL1jZmQy
6.2K views14:30
Ochish/sharhlash
2023-01-13 11:50:02 Bir sahroyi ayolning
O'g'ilchasi sho'x ekan.
Undan zarar ko'rmagan,
Biron kuni yo'q ekan.

Qozondagi taomin,
Tepib qochib ketarkan,
Meshidagi suvini,
Sepib qochib ketarkan.

Qarg'ar ekan bolasin,
Qilolmasdan epini.
Qirqib qochganida kir
yoyadigan ipini:

"Hoy, ipimni qirqmagin,
Qalbingga ilm to'lgur.
Hoy, meshimni teshmagin,
Ka'baga imom bo'lgur!

Sichqon dumin kesmagin,
Beozor bo'l, to'g'ri yur.
G'arib yo'lin to'smagan,
Ka'baga imom bo'lgur".

Demas ekan: "Juvonmarg",
"Haromi", "Maraz", "O'lgur".
Bitta ekan qarg'shi:
"Ka'baga imom bo'lgur!"

Niyat ketdi, vaqt o'tti,
Misli yel yo shabada.
Shu onaning, shu o'g'li
Imom bo'ldi Ka'baga.

Ne-ne shohu sultonlar,
Orqasidan turib g'oz.
Unga iqtido qilib,
O'qir edilar namoz.

Duo-la shum boladan,
Chiqdi bir xush nafasli
Olim, hofizi Qur'on -
Abdurahmon Sudaysiy.

Nazoratda insonning,
Har so'z, har bir nafasi.
Ibrat bo'lsin bizga bu
Allohning mo'jizasi.

Komil inson ko'rdingmi,
Marxabo, bilki ular -
Ota-ona, elidan
Duo olgan bolalar.


She’r muallifi: Marhabo Karimova

Ota-onalarga yuboramiz!

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
5.3K views08:50
Ochish/sharhlash