Get Mystery Box with random crypto!

Maktab | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal M
Telegram kanalining logotibi maktab_daa — Maktab | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @maktab_daa
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 757
Kanalning ta’rifi

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 36

2023-02-01 14:58:292022-2023-o‘quv yilidan maktab bitiruvchilarining shahodatnomalari elektron shaklda beriladi

Maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan jarayonlarni raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni oldini olish, shuningdek, o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab maktab bitiruvchilariga elektron shahodatnoma berish tartibi joriy etilmoqda.

Hukumatning tegishli qarori asosida mazkur elektron shahodatnomaning davlat namunasi hamda shahodatnomalarni berish tartibi tasdiqlandi.

Ayni vaqtda elektron shahodatnoma platformasi (e-shahodatnoma.uz) ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralarning elektron bazasiga integratsiya qilinmoqda.

Ushbu yangilik o‘quvchilarga qanday qulayliklar yaratadi?

Maktab bitiruvchilari endi o‘z shahodatnomasini yonida olib yurishi talab etilmaydi. Oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining (sobiq DTM) “ABITUR” dasturiga integratsiya qilingan holda hujjatlarni onlayn topshirish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlash uchun Adliya vazirligining Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limlari hamda Personallashtirish agentligiga integratsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun: elektron shahodatnomaga QR-kod tasviri tushirilib, uni istalgan vaqtda elektron platforma orqali tekshirib olish yoki shahodatnoma yo‘qotib qo‘yilgan taqdirda dublikat olish uchun ovora bo‘lmasdan shu zaxotiyoq elektron bazadan qayta yuklab olish mumkin bo‘ladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
13.0K views11:58
Ochish/sharhlash
2023-02-01 12:35:22 YANGI NIZOM BO‘YIChA METODBIRLAShMALARNING HUJJATLARI ANIQ BELGILAB BERILDI.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘iga ko‘ra:


Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinadi.

Metodbirlashma yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi;

yig‘ilish bayonnomasi;

yillik hisoboti.


Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi.

Metodbirlashmaning hujjatlari 3 yil mobaynida maktabda saqlanadi va tegishli tartibda Xalq ta’limi bo‘limining idoraviy arxiviga topshiriladi.

Metodbirlashma rahbarining vazifalari, metodbirlashmalarning faoliyati bo‘yicha avvaligi postlarimizda ma’lumot bergan edik.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
12.8K views09:35
Ochish/sharhlash
2023-02-01 11:00:48 ISH TAJRIBALARNI OMMALASHTIRISH ENDI QUYIDAGICHA BO’LADI

www.ommalashtirish.uz platformasi orqali

O’qituvchilarning ilg'or ish tajribalarini oʻrganish va ommalashtirish ishlari maxsus platforma orqali quyidagicha amalga oshiriladi.

Bunda, talabgor maxsus platformada oʻziga shaxsiy kabinetini yaratadi hamda ommalashtirishga tavsiya etiladigan ish uslubini metodik material sifatida toʻgʻridan- to'g'ri elektron shaklda joylashtiradi.

Tayyorlagan metodik ishini maktabda ommalashtirish uchun Metod birlashmaga yozma ravishda ariza bilan murojaat qiladi

Metod birlashma talabgorning murojaatiga muvofiq, metodik ishini birlashmaga a'zo o'qituvchilar bilan birga ko'rib chiqadi hamda zarur holda dars jarayonida sinovdan o'tkazadi.

Ushbu metodik ishga metod birlashma tomonidan ijobiy xulosa berilib, maktab miqyosida ommalashtirish uchun Pedagogik kengashga tavsiya etiladi. (talabgorning metodik ishi qo'yilgan talabga javob bermasa yoki innovatsion yangiliklar joriyqilinmagan bo'lib salbiy xulosa berilsa, ushbu metodik ish asoslantirilib talabgorga qaytariladi).

Metod birlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengash talabgorning ijobiy xulosa olgan metodik ishini maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirishni rad etish bo'yicha qaror qabul qiladi o'qituvchilarning maxsus platformasiga joylashtiriladigan ilg'or metodik ishi ta'lim muassasasi metod birlashma tavsiyasi asosida pedagogika kengashida koʻrib chiqilib, ommalashtirishga tavsiya etilgan bo'lishi lozim

Talabgor ilg'or ish tajribasini tuman (shahar), hudud (viloyat), respublika miqyosida ommalashtirish uchun maxsus platformada talabgorning shaxsiy kabinetiga quyidagi hujjatlarni joylashtirishi lozim:

talabgor tavsiya etgan ish tajribaning ta'lim muassasasi miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilganligi to'g'risida pedagogika kengashi qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan ish uslubi aks etgan metodik materialning tegishliligicha elektron (pdf) nusxasi, video mahsulotlar yoki ularning kombinatsiyasi yuklanadi.

Yuboriladigan materiallar uch xil yo'nalishda bo'lishi mumkin:

birinchi yoʻnalish: O'quv metodik qo'llanmalar (o'quv metodik qo'llanmalar, tavsiyanoma pdf formatda yuboriladi);

ikkinchi yoʻnalish: Dars ishlanmalar (xalqaro tajribalarga asoslangan, ilg'or interfaol metodlar bilan o'tilgan yuqori saviyadagi bir soatlik namunali dars yoki to'garak mashg'uloti ishlanmasi);

uchinchi yoʻnalish: Video mahsulotlar (darsdagi yoki darsdan tashqari mashg'ulotlardagi interfaol metodlarni yoritib bergan jarayonlar yoki shaxsiy innovatsion metodik tajribani tushuntirib beruvchi, davomiyligi 7 minutgacha bo'lgan, hajmi 300 mb dan oshmagan videorolik).

Boshqa turli ishlar va talab darajasida bo'lmagan ishlar qabul qilinmaydi va ko'rilmasdan qoldiriladi.

ilg'or metodik ishlarni yuborish muddatlari:

birinchi muddat 1-sentabrdan 1-oktabrgacha;

ikkinchi muddat 1-noyabrdan 1-dekabrgacha;

uchinchi muddat 1-yanvardan 1-fevralgacha;

to'rtinchi muddat 1-martdan 1-aprelgacha. talabgor ilg'or metodik ishlarini har bir muddatda faqat bir marta yuborishi mumkin.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 25-avgustdagi 279-sonli buyrug’I. Buyruqning to'liq matni.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
14.1K views08:00
Ochish/sharhlash
2023-02-01 05:43:29 SINF XONALARGA O’QUV JIHOZLARINI (PARTA, STOL-STUL) JOYLASHTIRISHDA QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA ETILISHI KERAK

Umumta’lim maktablarida maktablarni saqlanishi va o’quvchilarni o’qitilishiga qo’yiladigan sanitar epidemiologik talablar (SanPiN № 0341-16) ga muvofiq sinf xonalaridagi parta stol-stullar quyidagi tartibda joylashtirilishi kerak

2 o’rinli stollar qatoridagi masofa 60 sm dan kam bo’lmasligi kerak;

Parta qatorlari bilan tashqi devor orasidagi masofa 50—70 sm;

Parta qatorlari bilan ichki devor, to’siq, shkaf orasidagi masofa 50 sm;

Oxirgi parta bilan devor orasi 70 sm;

Doska bilan birinchi parta orasi 240 sm;

Doska bilan oxirgi parta orasidagi masofa 860 sm;

Doskani pastki tomoni bilan pol orasidagi masofa 70-90 sm bo’lishi kerak.

Maktabning hududi, foyesi va bino yo‘laklarini bezatish bo‘yicha ko‘rsatma ushbu buyruqda ko‘rsatilgan.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
17.3K views02:43
Ochish/sharhlash
2023-01-31 14:06:20 MAKTAB XODIMLARI QANDAY FORMADA VA KO’RINISHDA BO’LISHLARI KERAK?


- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

- erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

- ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi
(Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

- ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
8.9K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-01-30 19:14:42 KUNDALIK COM BO‘YICHA AYRIM SAVOLLARGA JAVOB

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyrug‘i.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
21.5K views16:14
Ochish/sharhlash
2023-01-30 17:59:53
Shovqinli sinf bilan ishlashda qiynalayapsizmi?

Eng ko’p o’qituvchilar muammosi, o’quvchilar sho’x, sinfda shovqin ko’tarib darsimga quloq ham solishpayapti deb nolishadi, eng yomoni o’qituvchini ham hurmat qilmay qo’yayotganidir. Sizda ham shu muammolar bo’layotgan bo’lsa yechim topishingiz mumkin.

Men Pedagog Dilafruz Xidoyatova o'qituvchilar uchun 3 kunlik "Sevimli Ustoz" nomli Bepul onlayn marafon tashkil etayapman, bu marafonda albatta bu muammolarga yechim topasiz.

Bu marafon orqali siz 3 kun davomida:

Yangi metodlar o'rganasiz va o'z metodik kapilkangizni yaratasiz;
Eng sevimli va o'quvchilarning eng yaxshi ko'rgan o'qituvchisiga aylanasiz;
Shovqinli sinf bilan xayrlashasiz;
Va eng asosiysi Siz Oliy toifa olish uchun qadam tashlaysiz;

Marafon 4-fevral kuni 20:00 da boshlanadi.

Marafonga ro'yxatdan o'tish
https://t.me/+y2AUOlEiXRplNDUy
7.4K views14:59
Ochish/sharhlash
2023-01-30 17:00:35 METODBIRLASHMA RAHBARLARINING VAZIFALARI O'ZGARTIRILDI.

Umumiy o'rta ta'lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o'qituvchilarga o'quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlarni koʻrsatadi:

o'qituvchilarni fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi;

fanni o'qitishga doir me'yoriy va metodik hujjatlarni o'quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko'rsatib beradi;

variativ o'quv rejalar asosida tanlov sinflarini tashkil etish choralarini ko'radi;
dars jarayonida ko'rgazmali vositalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha tavsiyalar beradi;

har bir chorak yakuniga ko'ra o'quvchilardagi bo'shliqlarni to'ldirish, murakkab mavzularni osonroq tushuntirish bo'yicha metodik tadbirlarni tashkil etadi;

yosh pedagoglarga tajribali ustozlarni biriktirib, kasbiy rivojlantirishga sharoit yaratadi;

metodbirlashma a'zolari orasida sog'lom raqobat va ijodiy muhitni shakllantiradi, boshqa metodbirlashmalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yadi;

fan o'qituvchilarining dars taqsimoti adolat va shaffoflik asosida tegishli tarifikatsiya boʻyicha metodbirlashmada muhokama qilinib, maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi;

o'qituvchilarga sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishga ko'maklashadi;

fan o'qituvchilarining metodik yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlab, tuman (shahar), hududiy xalq ta'limi boshqarmasi va pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi metodistlaridan metodik yordam oladi;

mediasavodxonlik va onlayn axborot xavfsizligi bo'yicha o'qituvchilarning tegishli ko'nikmalariga ega bo'lishlari uchun o'quvlar tashkil qilib boradi;

ilg'or metodikalarga ega o'qituvchilarni xolis aniqlab, ularning tajribasini ommalashtirish, rag'batlantirish bo'yicha maktab pedagogik kengashiga taklif kiritadi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
11.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-01-30 16:01:05
Tezkor nashr qilinadigan jurnallarni kutib oling!!

Har oyda nashr qilinadigan jurnallar

GOOGLE SKULERDA 100% INDEXLANADIGAN JURNALLAR!


1. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ jurnali  5-va 19-fevral


2. Tadqiqotlar respublika jurnali 9-22- fevral 


  3. JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS  12-va 28-fevral


4. Ustozlar uchun jurnali: 14- va 29- fevral


5. Pedagogs jurnali:15-va 30-fevral


6. World Scientific Research Journal 25-fevral


7. Respublika konfernesiyasi 1-mart

3 ta va undan ortiq maqola birdaniga yuborsangiz yanada arzonroq

Hujjatlarimiz: @mchjhujjatlari


OAK jurnallari: @oak_jurnal01

Barcha jurnallar: @journalxr

Rasmiy kanal: @Publication_uzb


Murojaat: @BoburjonAbdurahmonov

Ishonch telefoni: +998999729503
6.6K views13:01
Ochish/sharhlash
2023-01-30 08:14:13 KUNDALIK COMDA MAKTAB RAHBARLARINING VAZIFALARI ANIQ BELGILAB BERILGAN

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil 24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab rаhbаryatining vazifalari quyidagicha etib belgilandi.

DIREKTORning vazifalari:

O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

O‘IBDO‘ning vazifalari:

elektron jurnal yagona tizimida muassasaning tizimdagi bosh administrator faoliyatini olib borish;

fan o'qituvchilari tomonidan baholash mezoniga doir o'quvchilarni baholash jarayoni faqat dars o'tilgan sananing o'zida olib borilishini nazorat qilish;

o'qituvchilar tomonidan hаr bir o'zgartirilgan baholarning sababi vа omillarini aniqlagan holda tegishli hujjatlar to'plamini yig'ib muassasa rahbariga taqdim etish;

elektron jurnalni o'z vaqtida vа to'g'ri yuritilishi bo'yicha o'tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan izoh уozib qoldirish;

fan o'qituvchilari tomonidan dars rejasiga asosan tegishli mavzu yuzasidan "Darsni ishlab chiqish rejasi"ni tizimga yuklatilganligini nazorat qilishni amalga oshiradi.

MMIBDO‘ning vazifalari:

fan o'qituvchilari tomonidan olib borilayotgan o'quvchilar davomatini monitoring qilib, kun davomida statistik mа'lumоt to'plab, maktab direktoriga taqdim etilishi;

maktab hayotiga doir tadbirlarni "yangiliklar sahifasi" vа "tadbirlar" bо'limida yoritib borilishi;

5 ta muhim tashabbus doirasida umumta'lim muassasalarida tashkil etilgan to'garaklar, seksiyalar vа klublarda o'quvchilarning qamrovini tahlil qilish bilan birgalikda kiritilayotgan ma'lumotlarni monitoring qilib, choraklik hisobot olib borilishini ta'minlaydi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa
10.0K views05:14
Ochish/sharhlash