Get Mystery Box with random crypto!

Maktabingizdagi direktor qanday tashabbus ko‘rsatmoqda? Di | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

Maktabingizdagi direktor qanday tashabbus ko‘rsatmoqda?

Direktordan eng avvalo bilim, tajriba, o'z ishiga sodiqlik, halollik, tashabbuskorlik, talabchanlik, adolatlilik va jamoani ma'lum maqsadga yo'naltira olishda liderlik xislatlari talab qilinadi.

Bugungi "Krepeduz Qahramoni" ruknida sizga zamon bilan hamnafas va asosiysi kelajak avlod oldida mas'uliyatni his qila olgan ustozlarimizdan biri, Qoraqalpog'iston Respublikasida joylashgan 64-maktab direktori Eshanova Roxatoy xususida gaplashamiz!

Ustozimiz o'zining zamonaviy fikrlashi va tashabbuskorligi bilan ko'pchilikka o'rnak bo'la oladigan direktorlarimizdan biri desak adashmaymiz. Bu pedagogimizning o'zi bilan birga jamoasidagi o'qituvchilarni ham yangi metodlarni o'rganishga undagani va "Kreativ pedagog" kursiga jalb qilganida ham yaqqol namayon bo'lib turibdi.

Maktab ta'limidan foto lavhalar

Keling, endi Roxatoy ustozimizning ta'lim to'g'risidagi fikrlari bilan tanishamiz: "Prezidentimizning ta’limni isloh qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida, bor e'tiborimizni ta’lim sifatini oshirishga, dars mashg’ulotlarini va to’garaklarni yuqori saviyada o’tishini ta'minlashga va ta’lim sifatini jahon standartlari darajasiga olib chiqishga qaratmoqdamiz.

Buning uchun maktabimizdagi o'qituvchilar eski, qotib qolgan dars o’tish metodlarini tashlab, yangi zamonaviy metodlardan foydalanish maqsadida “Kreativ pedagog” online kursiga a’zo bo’lishdi. Ushbu kurs orqali dars o’tishning eng zamonaviy va samarali metodlarini o’rganib dars o’tishda foydalanishmoqda va natijadorlikni ta’minlashmoqda"

Ushbu ustozimizning tashabbuskorligi uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!