Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza Najot izlab... Darsdamiz... O‘qituvchi savol b | Kreativ Pedagog | Rasmiy kanal

#mulohaza

Najot izlab...

Darsdamiz... O‘qituvchi savol berib qoldi: -"Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish yaxshi odamlarni o‘ldirish bilan barobardir" , - degan fikr muallifini bilasizmi?
Auditoriya suv quyganday jimjit. Partaning tagiga telefonimizni qo‘yib yozamiz: "Yaxshi kitoblarni yo‘q qilish..." Shu yog‘iyam yetadi. Tugmachani bosamiz: "Search Google" .

Afsus... Maʼlumot chiqmadi. Sal boshqacharoq yozib ko‘rdik. Yo‘q. Fikrning elektron "Shpargalka" shaklini sehrli qutichamizga joylashmagan, shekilli. "Ey, esiz, Google, senam pand berasanmi-a?"
O‘qituvchining keskin ovozi yangradi: "Xo‘sh, kimda javob bor?"
Google jim, biz jim.

Ustoz yonimizga shu fanga doir o‘zi qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblardan birini qo‘ydi. So‘ng hammaga achinganday bir-bir nazar tashlab chiqdi. “He, sho‘ring qurg‘urlar. Qachon savol bersak, javobni internetdan emas, miyadan izlashni o‘rganasizlar? "-dedi tovushi ozgina yumshab, - Fikr muallifi Milton. U haqida kimdir nimadir biladimi?
Yana Googlega yozamiz: "Milton..."

@Krepeduz - Kreativ o'qituvchilar kanali!