Get Mystery Box with random crypto!

#telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslaha | IT specialist

#telegramda_kanal_yuritish #telegramda_guruh_yuritish #maslahat

Telegram'da jozibador matn yozishga oid tavsiyalar

Telegram'dagi ko‘pchilik kanal va guruh mualliflarida (ayniqsa buni endigina boshlagan adminlarda) uzun matnlarni yozishga oid muammolar kuzatilib turadi. Bu aynan matnning uzunligi bilan emas, balki uning yozilish uslubi bilan bog‘liqdir.

Ushbu postimizda uzun, zerikarli matnni jozibador va o‘qish uchun qulay shaklga keltirishga oid maslahatlarimizni ulashishga qaror qildik.

Parazit so‘zlarni qo‘llamang – masalan, “eng”, “eng zo‘r”, “to‘g‘risi”, “chindan ham” va hokazo, ko‘pchilik obunachilarning bu kabi so‘zlarga “allergiya”si bor, bu kabi so‘zlar ularning butun matnga bo‘lgan ishonchini so‘ndirishga xizmat qilishi mumkin.

Vizualizatorlardan foydalaning: faraz qiling, his etib ko‘ring, nazar soling, eslab ko‘ring va hokazo.

• Obunachilarning e’tiborini jalb etish uchun markerlangan yoki raqamlangan ro‘yxatlardan foydalaning.

• O‘qish uchun qisqa abzatslar qulay.

• Bitta uzun jumlani yozgandan ko‘ra, bir nechta qisqa jumlalarni yozgan ma’qul. Bu orqali postni o‘qishni boshqagan obunachi, uning oxiriga yetganida, postning nimadan boshlaganini unutib qo‘ymaydi.

Murakkab jarayonlarni to‘rt-besh so‘zdan ortmaydigan qilib tasvirlang.

• Faqat alohida mutaxassislarga ma’lum bo‘lgan maxsus so‘zlar (slenglar)ni qo‘llamaslikka harakat qiling. Shunday yozingki, matnlaringizni kichik yoshdagi bola ham, nafaqadagi yoshi ulug‘ inson ham birday tushunsin.

• Bir abzatsda 1-2 raqamdan ortig‘ini yozmaslikka harakat qiling.

Butun matnni KAPSLOK (CapsLock) bilan yozmang – oddiy insonlar uchun bunday matnni o‘qish va qabul qilish murakkablik qiladi.

• Butin matnni BOLD (qalin shrift) bilan yozmang – faqat auditoriya e’tiborini qaratishi lozim bo‘lgan sarlavhalar yoki alohida so‘z va so‘z birikmalarini ajratib ko‘rsating.

• Butun matnni yagona yirik abzats ko‘rinishida yozmang.

• Har bir postingiz uchun sarlavha qo‘llashga harakat qiling.

• Mono kenglikdagi matn bilan yozilgan uzun jumlalar xabarning umumiy kengligini oshiradi. Bu postlarning ba’zi qurilmalarda o‘qilishini qiyinlashtiradi.

• Xabaringizga e’tiborni jalb etish uchun matnning boshlanishi yoki oxiriga rasmlar qo‘shing.

• Telegram'da matnni formatlash imkoniyatlaridan foydalaning. Matnning muhim qismlariga e’tiborni qaratish uchun bold, kursiv, osti yoki ustidan chizilgan va mono kenglikdagi matnlarni qo‘llang ( va ).

• Matnda emodzilarni qo‘llashda me’yorni biling – ular chalg‘itadi va matnni o‘qishga xalaqit beradi.

P.S.: Telegram'dagi xabarlarda matnlarning o‘qilishini qanday yaxshilash mumkinligini bilasizmi? Ushbu post ostidagi izohlarda o‘z maslahatlaringizni keltiring.

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija