#powerpoint Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qay | IT specialist
#powerpoint
Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Agarda taqdimotlarni yaratish va shunchaki tomosha qilish uchun MS PowerPoint dasturiga ishingiz ko‘p tushsa, u holda undan samarali foydalanish uchun asosiy klavishlar birikmasi bilan tanishib chiqish foydadan holi emas.
KO‘P QO‘LLANILUVCHI KLAVISHLAR BIRIKMASI F1 – Dastur ma’lumotnomasi CTRL + N – Yangi taqdimotni yaratish CTRL + M – Joriy slayd ostiga yangisini qo‘shish CTRL + C – Slayddan nusxa olish CTRL + V – Nusxasi olingan slaydni joylashtirish CTRL + X – Belgilangan matn, obyekt yoki slaydni kesib olish CTRL + Z – So‘nggi harakatni bekor qilish CTRL + S – Slaydni saqlash ESC – Slaydlar namoyishini yakunlash CTRL + D – Obyektning nusxasini yaratish CTRL + G – Belgilangan obyektlarni guruhlash CTRL + SHIFT + G – Belgilangan obyektlarni guruhdan ajratish CTRL + SHIFT + C – Qo‘llanilgan formatni nusxalash CTRL + SHIFT + V – So‘nggi nusxalab olingan formatni qo‘llash CTRL + K – Giperhavola qo‘shish CTRL + Y – So‘nggi harakatni qayta qo‘llash CTRL + W – Hujjatni yopish CTRL + O – Hujjatni ochish CTRL + P – Hujjatni chop etish TAB – Slayddagi to‘ldirish elementlari bo‘ylab o‘ngdan chapga o‘tish CTRL + YUQORIGA STRELKA – Slaydning o‘rnini yuqoriga qarab almashtirish CTRL + PASTGA STRELKA – Slaydning o‘rnini pastga qarab almashtirish CTRL + SHIFT + YUQORIGA STRELKA – Slaydni dastlabki slaydga aylantirish CTRL + SHIFT + PASTGA STRELKA – Slaydni so‘nggi slaydga aylantirish CTRL + F – Izlash CTRL + H – Izlash va almashtirish F4 yoki CTRL + Y – So‘nggi harakatni takrorlash F12 – … sifatida saqlash CTRL + F5 – Onlayn taqdimot
MATNNI FORMATLASH CTRL + B – qalin shrift CTRL + I – kursiv shrift CTRL + U – ostiga chizilgan shrift F2 – shakldagi matnni tahrirlashni boshlash / yakunlash CTRL + [ – shriftni kichraytirish CTRL + ] – shriftni kattalashtirish CTRL + L – belgilangan abzatsni slaydning chap cheti bo‘ylab tekislash CTRL + R – belgilangan abzatsni slaydning o‘ng cheti bo‘ylab tekislash CTRL + BACKSPACE – So‘zni chapga qarab o‘chirish CTRL + BACKSPACE – So‘zni o‘ngga qarab o‘chirish CTRL + A – Barchasini belgilash ALT + CTRL + Shift + > – Yuqori indeks ALT + CTRL + Shift + < – Pastki indeks F7 – Imloni tekshirish CTRL + E – abzatsni slaydning o‘rtasiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + J – abzatsni slaydning ikki cheti bo‘ylab tekishlangan holda joylashtirish CTRL + L – abzatsni slaydning chap chetiga tekislangan holda joylashtirish CTRL + R – abzatsni slaydning o‘ng chetiga tekislangan holda joylashtirish SHIFT + F3 – belgilangan matnning registrini almashtirish/kichik harfni katta qilish va katta harfni kichraytirish
SLAYDLAR NAMOYISHI F5 – Slaydlar namoyishini dastlabki slayddan boshlash SHIFT + F5 – Slaydlar namoyishini joriy slayddan boshlash
SLAYDLAR NAMOYISHI REJIMIDA NAVIGATSIYA N – keyingi slaydga o‘tish P – oldingi slaydga o‘tish B – qora ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish W – oq ekranni ko‘rsatish/slaydni vaqtincha berkitish CTRL + P – Ruchkani tanlash CTRL + E – O‘chirg‘ichni tanlash CTRL + A – Ko‘rsatkich sifatida strelkani tanlash
Qo‘shimcha sifatida quyidagi maqola va maslahatlarni o‘qib ko‘rishni tavsiya etamiz: • Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati • Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari • Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari • Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar • Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari • Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari • Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari • Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal. Mundarija: t.me/itspecuz/4939. Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15. ...