Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 12.07K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 96

2022-01-06 07:50:08
#bilasizmi #mulohaza_uchun

Xarvi Boll — amerikalik grafik dizayner, Xalqaro tabassum kuni (oktabr oyining dastlabki juma kunida nishonlanadi) asoschisi, “smaylik”ni kashf etgan inson, 80-yillar.

@itspecuz | Mundarija
2.6K viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash
2022-01-05 19:10:20 #operatsion_tizim #hardware #software

HDD'dan SSD'ga qanday qilib “og‘riqsiz” o‘tish mumkin?

Agar siz shaxsiy kompyuteringizni yangilamoqchi bo‘lib, HDD (qattiq disk) o‘rniga SSD (qattiq jinsli tezkor disk)ni o‘rnatishga qaror qilsangiz, barcha ma’lumotlarni boshqa joyga o‘tkazish kabi vaqt oluvchi va ba’zida xarajat ham talab etuvchi ortiqcha ishni qilishingizga hojat yo‘qdir. Ushbu jarayonda qattiq disklarni klonlash va eski diskdan yangisiga “og‘riqsiz” o‘tish mumkin.

Buning uchun talab etiladigan harakatlar:

. Macrium Reflect dasturini yuklab olamiz va o‘rnatamiz.

. “Клонировать этот диск” va “Выбрать диск для клонирования” bandlari ustiga bosamiz.

. 2-bo‘sh maydonda SSD'ni ko‘rsatamiz.

. Klonlash uchun kerakli disklarni tanlaymiz yoki agar bizda yetarlicha joy bo‘lsa, barchasini belgilaymiz.

. “Далее” va “Готово” tugmalarini bosamiz.

. Shaxsiy kompyuterimizni o‘chiramiz, HDD'ni asosiy platadan uzamiz va SSD'ni ulagan holda qurilmamizni qayta ishga tushiramiz.

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak?
• Ma’lumotlarni yo‘qotmagan holda fleshka, qattiq disk va SSD’da fayl tizimini FAT32’dan NTFS’ga o‘zgartirish
• WinPE 10-8 Sergei Strelec yordamchi vositasini qattiq diskdan ishga tushirish
• Windows 11'da Windows.old papkasini o‘chirish (undan oldingi versiyalar uchun ham o‘rinli)
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views16:10
Ochish/sharhlash
2022-01-05 16:10:19
#smartfon #android #operatsion_tizim #hardware

Remote Mouse — ushbu mobil ilova smartfoningizni kompyuterni masofadan turib boshqaruvchi qulay simsiz pultga aylantirish imkoniyatini beradi.

Mobil ilova ishlashi uchun ushbu havola bo‘yicha o‘tib, uning kompyuterdagi serverini o‘rnatish lozim.

Remote Mouse Pro v4.021 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Smartfon rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.9K views13:10
Ochish/sharhlash
2022-01-05 13:30:03
#telegram #bilasizmi

Telegram'da layklar yoki foydalanuvchilarning postlarga reaksiyalari

Yangi yil kirishi oldidan Telegram o‘z foydalanuvchilariga “layklar”ni sovg‘a qildi.

Bir hafta ichidagi ajoyib statistika:

33 mingdan ortiq mualliflar o‘z kanallarida reaksiyalarni faollashtirgan;
— Ishga tushirilganidan buyon barcha kanallar obunachilari tomonidan umumiy miqdorda 25 milliondan ziyod reaksiyalar qoldirgan;
— Postga eng ko‘p bildirilgan reaksiyalar (faraz qilinganidek) Durovning kanalida emas, balki Nekoglay blogeri – Nekoglai'da to‘plangan (postlar 60 mingdan ziyod reaksiyalarni o‘zida jamlagan).

Reaksiyalar — obunachilar uchun bir klik orqali sizning postlaringizga emotsiya bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Qoida bo‘yicha kanal va guruhlar uchun reaksiyalar o‘chirilgan holda bo‘ladi. Ularni faollashtirish uchun kanal profilidagi sozlamalarga o‘tiladi: “Управление каналом - Реакции - Включить реакции”.

Manba: @tg_analytics

Foydali postlar ro‘yxati: |

@itspecuz | Mundarija
2.1K viewsedited  10:30
Ochish/sharhlash
2022-01-05 10:45:20
#operatsion_tizim

Fayllar va papkalar joylashgan manzilini tezkor nusxalab olish

Agarda sizda qaysidir papkada ko‘plab fayllar va papkalar joylashgan bo‘lib, ularning kengaytmalari (masalan, *.txt, *.jpg, *.mp3)ni ham inobatga olgan holda maxsus ro‘yxat tuzish lozim bo‘lsa, buni Windows 10'ning standart Проводник dasturi oynasida ortiqcha dasturlarsiz amalga oshirish mumkin.

Buning uchun kerakli papkani oching va CTRL + A klavishlari birikmasi orqali barcha fayllarni belgilang. Проводник dasturida oynasining yuqorisidagi Главная varaqa (вкладка)siga o‘ting va undagi Буфер обмена bo‘limida Скопировать путь tugmasi ustiga bosing.

Shundan so‘ng istalgan matn muharririni oching va unga almashinish buferiga nusxalab olingan matnni CTRL + V klavishlari birikmasi orqali joylashtiring.

Manba: @computer_life

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views07:45
Ochish/sharhlash
2022-01-05 09:15:01
Veb-dasturlashni bepul o‘rganmoqchimisiz?

tutorials.uz
— turli IT-sohalaridagi video darslarni o‘zida jamlagan onlayn ta’lim platformasi. Telegram-kanalimizga qo‘shiling va PHP, Python, HTML, CSS, Photoshop va boshqa texnologiyalarni bepul o‘rganing!

Telegram kanalimiz: @tutorialsuz

Telegram | Veb-sayt | YouTube
2.2K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2022-01-05 07:10:03
#smartfon #android

Fitify Workouts - barcha uchun induvidual mos keluvchi dastur yordamida vaznni kamaytirish, yog‘ni yoqish, mushaklarning massasi va kuchini oshirish bo‘yicha 850 dan ortiq mashqlar to‘plamini o‘zida mujassamlashtirgan mobil ilova. Android 5.0+. Premium-versiya.

Fitify Workouts v1.23.1 mobil ilovasini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida foydalanish tavsiya etiladi:
• 7 Minute Workout mobil ilovasi
• Abs 21 v2.2.0.0 mobil ilovasi
• RunKeeper v11.3 mobil ilovasi

@itspecuz | Mundarija
2.4K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-01-04 18:45:37 #word

Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari (2-qism)

Ushbu ro‘yxatning 1-qismi.

• CTRL + B — belgilangan matn shriftini qalin qilish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + I — belgilangan matn shriftini kursiv qilish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + U — belgilangan matn ostiga chizish / oddiy holatiga qaytarish;

• CTRL + D — Шрифт muloqot oynasini ekranga chaqirish;

• CTRL + Q — abzatsga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish;

• CTRL + M — chap tomondan otstup qo‘shish;

• CTRL + SHIFT + M — chap tomondan otstupni olib tashlash;

• CTRL + PROBEL — belgilangan matn fragmentidan, unga nisbatan qo‘llanilgan formatni o‘chirish (matn dastur sozlamasida qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shrift turi va o‘lchamiga qaytadi).

• CTRL + SHIFT + A — barcha harflarni katta (agar allaqachon katta bo‘lsa, u holda kichik) ko‘rinishga keltirish;

• CTRL + SHIFT + C (CTRL + SHIFT + V) — formatlarni nusxalash / boshqa matnga nisbatan qo‘llash;

• CTRL + SHIFT + D — matn ostiga ikkitalik chiziq chizish / bekor qilish;

• CTRL + SHIFT + H — belgilangan matnni berkitish / ko‘rsatish (bunda berkitilgan matn chop etish vaqtida ko‘rinmaydi, Главная menyu satrida chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchitugmasi ustiga bosilgan taqdirda ko‘rinadi);

• CTRL + SHIFT + K — barcha harflarni kichik harf o‘lchamidagi katta harflar ko‘rinishiga keltirish / bekor qilish;

• CTRL + SHIFT + W — so‘zlar ostiga probellarni hisobga olmagan holda chizish;

• CTRL + T (CTRL + SHIFT + T) — Выступ qo‘shish / olib tashlash (abzatslarga nisbatan qo‘llaniladi);

• SHIFT + F1 — dastur oynasining o‘ng tomonida ochiluvchi matnni formatlash panelini faollashtirish / berkitish.

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Buyruq satri (Командная строка)da qo‘llash mumkin bo‘lgan buyruqlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
• Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida
• Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:45
Ochish/sharhlash
2022-01-04 16:15:02 ​​ Qabul davom etmoqda!

Yangi yilda ilk orzuyingizni amalga oshirish uchun harakat qilishning ayni vaqti. O'z oldiga kuchli dasturchi bo'lishni maqsad qilgan insonlar uchun ajoyib imkoniyat.

Ko'pchilikning talab-istaklarini inobatga olgan holda, Frontend development yo'nalishi uchun qabul davom etayotganini e'lon qilamiz.

Kurs davomiyligi: 5 oy

Texnologiyalar: HTML, CSS Bootstrap, JavaScript (React JS, Next JS)

Kurs davomida, asosan, o'quvchilar tomonidan mentorlar ko'magida turli loyihalar va start uplar tayyorlanib boriladi.

- Kursga yozilish va murojaat uchun:
Adminstrator bilan bog'lanish
Tel: +998 90 002-67-89

Eslatib oʻtamiz, bizning e'tiborimiz maksimal darajada o'quvchilarimiz va ularning muvaffaqiyatiga qaratilgan!

Telegram | Instagram | Facebook
1.7K views13:15
Ochish/sharhlash
2022-01-04 14:10:25
#mulohaza_uchun #texnologiya

Ushbu jarayonni soatlab tomosha qilish mumkin...

@itspecuz | Mundarija
2.2K views11:10
Ochish/sharhlash