Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi? | IT specialist

#operatsion_tizim

UEFI yoki BIOS: qanday tekshirsa bo‘ladi?

Qaysi oilaga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha operatsion tizimlarda mikrodastur turi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ichki vositalari mavjud bo‘ladi.

Kerakli ma’lumot deyarli har doim ichki “Сведения о системе” dasturida mavjud bo‘ladi. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, noutbuk egalari u yerdan izlanayotgan ma’lumotni topa olmasliklari mumkin.

Sizda qanday quyi tizim qo‘llanilayotganini aniqlash uchun WIN + R tugmalari birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga msinfo32 buyrug‘ini kiritib ENTER'ni bosing. Ochilgan “Сведения о системе” oynasining shu nomdagi (chap paneldagi dastlabki band) bo‘limida “Режим BIOS” parametrini toping va uning qiymatini tekshiring.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Windows tizimli kompyuterni kerakli paytda o‘zi yonadigan qilamiz!
• Windows 11'ni o‘rnatishdagi cheklovlarni chetlab o‘tish (2-usul)
• Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?
• BIOS bilan bog‘liq IT-hazil
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija