Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-03-14 10:30:14 #operatsion_tizim

32 va 64 bitli Windows'lar o‘rtasidagi farq

Windows operatsion tizimi razryadligining ikki versiyasi mavjud: 32 bitli va 64 bitli, ularning belgilanishlari esa quyidagicha: 32-bit (x86) va 64-bit (x64). 64 bitli tizim, 32 bitli operatsion tizimga qaraganda katta hajmdagi hisoblashlarda samaraliroq hisoblanadi. 64 bitli Windows'da, shunga o‘xshash 32 bitli tizimga qaraganda resurslarga talabchan bo‘lgan dasturlar ishlashi uchun kamroq vaqt sarflanadi.

Umumiy ish faoliyatini yaxshilashdan tashqari, ushbu ikki turdagi tizimlar orasidagi asosiy farq, ma’lum miqdordagi xotira bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashidadir. Windows'ning 32 bitli versiyasida, tizim arxitekturasining o‘ziga xos xususiyati tufayli, kompyuterda o‘rnatilgan 4 Gb'dan kam, 64 bitli versiyasida esa 16 TB'gacha RAM (tezkor/operativ xotira) ishlatiladi

Ikki razryaddan birini tanlash uchun ham bu asosiy mezon sifatida xizmat qiladi, kompyuterga o‘rnatilgan operativ xotira 3 GB'dan kam bo‘lsa — 32 bitli tizim, 4 Gb va undan katta bo‘lsa — 64 bitli tizim o‘rnatiladi.

Windows x64'da 64 va 32 bitli, x32'da esa faqat 32 bitli dasturlarni o‘rnatish mumkin. Windows uchun yaratilgan dasturlarning aksariyati 32 bitli razryadlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ushbu dasturlarni istalgan razryadlikdagi kompyuterlarga o’rnatish mumkin.

P.S.: Kompyuterdagi 32-bitli tizimni faqat qayta o‘rnatish (Переустановка Windows) orqaligina 64-bitli tizimga va aksincha o‘zgartirish mumkin!

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Windows’da razryadlik (разрядность) nima va u nima uchun kerak?
• Operatsion tizim rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
759 views07:30
Ochish/sharhlash
2023-03-13 18:31:48 #operatsion_tizim

Windows 10'da “Активация Windows” yozuvini ekrandan butunlay olib tashlash

Ba’zida foydalanuvchilar Windows 10 bilan aktivatsiyasiz ishlashni ma’qul ko‘rishadi, vaholanki bu ish beradi ham (bu haqda alohida maqolani o‘qib ko‘rishingiz mumkin: Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?), ammo qandaydir vaqt o‘tganidan so‘ng ekranning pastki o‘ng burchagida – “Windows'ni aktivatsiya qilish uchun Параметры bo‘limiga o‘ting” ta’rifi bilan “Активация Windows” yozuvi paydo bo‘ladi, u Параметры -> Обновления и безопасность -> Активация bandlari bo‘ylab o‘tib, mahsulotning kalitini kiritishingizni nazarda tutadi. Biroq ekrandan yozuvni busiz ham olib tashlash mumkin.

Ushbu ko‘rsatmamizda Windows 10 ekranidan “Активация Windows” yozuvini bir nechta usulda — tizim komponentlari yordamida mustaqil tarzda va chetki dastur yordamida butunlay olib tashlash xususida batafsil so‘z yuritamiz.

Batafsil...

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
534 views15:31
Ochish/sharhlash
2023-03-13 16:27:21
Dasturlashni oʻrganing - Python dasturchisi boʻling

Dasturlashni oʻrganmoqchimisiz? Endi siz buni oʻzbek tilida qilishingiz mumkin!

Kursda oʻrganasiz:
• mashhur dasturlash tilida kod yozish;
• ramkalardan foydalanish;
• trening davomida birinchi arizalaringizni yozish;
• qiziqarli va yuqori maoshli sohada ish topish.

Bundan tashqari, siz ingliz tilini bepul oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlasiz va oʻqishni tugatgandan soʻng bizning mutaxassislarimiz sizga ish topishda yordam berishadi.

Orzularingizni ertaga qoldirmang - hoziroq kursga yoziling.
907 viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2023-03-13 15:31:45
#smartfon #android #maslahat

Ushbu videoda Android bazasida ishlovchi smartfonlar uchun animatsiya effektlarini tezlashtirish bo‘yicha maslahat berilgan.

Bu bo‘yicha kanalimizga ulashilgan post bilan ham tanishib ko‘rishingiz mumkin.

Video manbasi

Smartfon rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
863 views12:31
Ochish/sharhlash
2023-03-13 12:40:02 #maslahat #dasturlash #hardware

Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

Ushbu maqolamiz orqali siz:
“Dasturlash tillari”, “dasturlash”, “dasturchi” tushunchalariga beriladigan ta’riflar;
Dasturlashning qanday sohalari mavjudligi haqida tushunchalar;
Dasturlashning har bir sohasi uchun qanday xarakteristikadagi kompyuter xarid qilish haqida bilib olasiz.

Batafsil matn va video.

@itspecuz | @kompyuter_akademiyasi | Mundarija
1.1K views09:40
Ochish/sharhlash
2023-03-13 11:20:34 #telegram #bilasizmi #maslahat

Telegram'dan Reminder (eslatib turuvchi) sifatida foydalanish

Siz bilmasligingiz mumkindir balki, ammo Telegram barcha kunlik vazifalar bo‘yicha maxsus menejer ilovalari o‘rnini bemalol bosishi mumkin. Masalan, nimanidir “Избранное” bulutli papkasiga yuborishdan tashqari, undan bararilishi lozim bo‘lgan vazifalarni eslatib turuvchi sifatida foydalanish, masalan, “Murodjonni shukrona kuni bilan tabriklash” deb 7-may, soat 10:30'ga taymerni sozlab qo‘yish mumkin. Juda qulay, to‘g‘rimi?

O‘QING: Telegram’ning “Saqlangan xabarlar” (Избранное) bo‘limidan foydalanishda e’tiborli bo‘ling.

Eslatmaning yaratilish tartibi:

. Telegram'ni ishga tushiramiz va undagi “Избранное” (Saved Messages) bo‘limiga o‘tamiz.
. Eslatma uchun matnni kiritamiz va yuborish tugmasi ustiga bosib, biroz ushlab turamiz (Telegram Desktop'da yuborish tugmasi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan bosamiz).
. “Задать напоминание” (Set a reminder)'ni tanlaymiz va xabar kelishi lozim bo‘lgan sana va vaqtni ko‘rsatamiz.
. “Напомнить” (Schedule) tugmasi ustiga bosamiz va kutamiz.

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan tanishing:
• 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
1.1K views08:20
Ochish/sharhlash
2023-03-12 18:31:23 #word

Hujjatdagi arab raqamlarini rim raqamlariga o‘girish

Rim raqamlarini ifodalash uchun oddiy inglizcha harflardan foydalanish har doim ham qulay emas, ayniqsa barcha raqamlar qanday yozilishini aniq bilmaganimizda.

Arab raqamini rim raqamiga aylantirish uchun CTRL + F9 klavishlari birikmasini bosish lozim, paydo bo‘lgan qavslar ichiga tenglik belgisi (=), istalgan sonni, qiya slesh belgisi (\), asteriks belgisi (*) va ROMAN so‘zini kiritish lozim.

Bularning barchasi natijada quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: {=40\*ROMAN}.

Funksiya qo‘llanilishi uchun F9'ni bosamiz. Tayyor! Arab raqami avtomatik ravishda rim raqamiga o‘giriladi.

Rim raqamlari kichik lotin harflari ko‘rinishida aks etishi uchun funksiyadagi roman ham kichik harflarda keltirilishi lozim.

Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:31
Ochish/sharhlash
2023-03-12 16:18:02 #operatsion_tizim

Windows 10'dan aktivatsiyasiz qancha vaqt foydalanish mumkin va bunda qanday cheklovlar mavjud?

Windows 10 aktivatsiya qilish borasida avvalgi versiyalariga qaraganda unchalik talabchan emas: siz Windows 10'ni Microsoft'ning rasmiy saytidan toza kompyuterga, virtual mashinaga kalitni kiritmagan holda va aktivatsiyasiz osongina o‘rnatishingiz mumkin.

Bu yerda ba’zi foydalanuvchilarda: Windows 10 aktivatsiyasiz qancha vaqt ishlashi mumkin, operatsion tizimning ishlashida qandaydir cheklovlar bo‘ladimi, ushbu cheklovlar bilan tanish bo‘lganlarda esa — ularni qanday chetlab o‘tish yuzasidan savollar yuzaga keladi. Ushbu ko‘rsatmamizda har bir band bo‘yicha batafsil so‘z yuritamiz.

Batafsil...

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Windows va Office'larning rasmiy o‘rnatiluvchi obrazlarini yuklab olish
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Windows'ni o‘rnatish mahalida Secure Boot'ni o‘chirib qo‘yish
• Drayver nima? Drayver haqida batafsil ma’lumot (video)
• Drayverlarni topish va o‘rnatish
• Printer va skaner uchun drayver yuklash va o‘rnatish
• Kompyuterga dastur yuklash uchun saytlar (+ishonchli)
• Dastur o‘rnatish san’ati
• Dasturni qaysi versiyasi yaxshi: eski yoki yangi?
• Kompyuter dasturlari qanday turlarga bo‘linishi haqida
• Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
• Kompyuter ishlashini tezlashtiramiz! (video)
• Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o‘rnatish
• Internetda vaqtni xavfsiz o‘tkazish
• Operatsion tizimdagi barcha dasturlarni o‘rnatib bo‘lganingizdan so‘ng antivirus dasturini o‘rnatish, fleshkadan oqilona foydalanish va Total Commander dasturlariga oid tavsiyalar
• Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views13:18
Ochish/sharhlash
2023-03-11 18:45:55
#word

Agarda Sizga hujjat bilan ishlash davrida tez-tez matn ostiga chizish lozim bo‘lsa, unda ushbu bir nechta klavishlar birikmasini yodda tutish maqsadga muvofiqdir:
• CTRL + U – bir chiziq bilan ostiga chizish;
• CTRL + SHIFT + D – ikki chiziq bilan ostiga chizish;
• CTRL + SHIFT + W – faqat so‘zlarning ostiga (ular orasidagi probellarsiz) bir chiziq bilan chizish.

Agar sizga boshqa variantlar ham kerak bo‘lsa (chiziq uchun rang, boshqa turdagi chiziqni tanlash), unda Главная bo‘limining tasma buyruqlaridan foydalanishingiz lozim bo‘ladi.

P.S. Shrift sozlamalari muloqot oynasini ekranga chaqirish uchun CTRL + D klavishlar birikmasi bosiladi.

Microsoft Word rukni ostida kanalga joylashtirilgan barcha postlarimiz bilan tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
841 views15:45
Ochish/sharhlash
2023-03-11 16:00:43 #internet #rasm_bilan_ishlash

Rasmning sifatini yaxshilaymiz

Zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari rasmlarni qayta ishlashni juda yaxshi uddalamoqda. Bu orqali tarmoqda sifatni yo‘qotmasdan rasmning o‘lchami (разрешение)ni oshirishga imkon beradigan ko‘plab xizmatlar yuzaga kelgan.

Upscayl — Windows, macOS va Linux'lar bilan mos keluvchi bepul va ochiq kodli dasturiy ta’minotdir. U oddiy va intuitiv interfeysga ega bo‘lib, fayllarni ommaviy qayta ishlash imkoniyatiga ega va JPG, PNG hamda WebP formatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kamchiligi sifatida bu dasturiy ta’minot ekanligini va kompyuterga o‘rnatilishi lozimligini keltirish mumkin. Afzalligi esa – ishlov berilgan yakuniy rasmning yuqori sifatidir. Onlayn xizmatlar hozircha bunday natijaga erishish imkonini taqdim etganicha yo‘q.

Manba: @pcTeapot

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Rasmlar bilan ishlash rukni ostidagi postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz
• Internet rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.0K views13:00
Ochish/sharhlash