Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim Windows 10'da bir juft klik yordamida tiz | IT specialist

#operatsion_tizim

Windows 10'da bir juft klik yordamida tizim xatoliklarini bartaraf etish

Windows'ga kelgan ba’zi yangilanishlar o‘rnatilganidan so‘ng turli ko‘rinishdagi xatoliklar yuzaga kelishi mumkin: Wi-Fi ishlamay qoladi, tizim qurilmalarni ko‘rmay qoladi va boshqalar. Xatoliklarni bartaraf etish uchun — FixWin10 dasturidan foydalaning.

Undan foydalanish tartibi esa quyidagicha:

. Dasturni ushbu havola yordamida yuklab olamiz.

. O‘rnatamiz, ishga tushiramiz va xatoliklar bo‘limlaridan birini tanlaymiz.

. So‘ngra joriy muammoni tanlagan holda "Fix" tugmasi ustiga bosamiz.

FixWin10 — tizimga ichki o‘rnatilgan va umuman olganda foydasi unchalik tegmaydigan "Система устранения неполадок" funksiyasining o‘rnini bosuvchi dasturdir.

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija