Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2023-03-17 09:25:00
#mulohaza_uchun #texnologiya

Kengaytirilgan voqe'lik amalda – qurilishda AR'ni tasavvur etib ko‘ramiz. Planshet kamerasi orqali qurilish maydonchasiga razm solish va shunga o‘xshash modelni kuzatish mumkin.

P.S.: AR - Augmented Reality, kengaytirilgan voqe'lik.

@itspecuz | Mundarija
973 views06:25
Ochish/sharhlash
2023-03-16 17:15:02 #smartfon #operatsion_tizim #tarmoq #hardware

Smartfondan Wi-Fi sichqoncha sifatida foydalanish

Aksariyat foydalanuvchilar noutbukida shunchaki klaviatura va tachpad'larning o‘zidan foydalanib keladi, ushbu jarayonga esa simsiz klaviatura va sichqonchalarni qo‘shish ergonomikani oshirib, ishni ancha qulaylashtiradi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan simsiz kiritish qurilmalarini ham bir chetga surib, ularning o‘rniga o‘z Android yoki iPhone smartfonimizdan Wi-Fi-sichqoncha, masofaviy boshqaruv pulti va klaviatura sifatida foydalanishimiz mumkin.

Wi-Fi Mouse — smartfonni sichqoncha, klaviatura, joystik yoki tachpad kabi kiritish qurilmasiga aylantiruvchi Android va iOS uchun mobil ilova va kompyuter dasturlari majmuasi. Ilovada hattoki ovoz orqali kiritish, Shaxsiy kompyuter (ShK) ekranini tomosha qilish va ShK'ingizni boshqarish uchun boshqa imo-ishoralar ham mavjud.

Ilovaning ishlashi uchun uning server qismini ShK'ga o‘rnatish va unda Wi-Fi modulining mavjud bo‘lishi talab etiladi. Yordamchi dasturiy ta’minot hisobiga sevimli seriallaringiz bo‘ylab o‘tish, internet bo‘ylab “suzish” va oddiy klaviatura va sichqonchangiz yordamida boshqarib kelgan har qanday ishingizni bajarishingiz mumkin.

Manba: @komputeer

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism
• Smartfon rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
622 views14:15
Ochish/sharhlash
2023-03-16 14:36:32 #operatsion_tizim #hardware

Windows xotira kartasi (fleshka)ni formatlashni uddalay olmagan holatda nima qilish mumkin?

Bunda bizga diskni tozalash uchun xizmat qiluvchi DISKPART opsiyasini qo‘llash usuli yordam berishi mumkin.

Buyruq satri (Командная строка)ni administrator nomidan ishga tushiramiz, so‘ngra navbat bilan ushbu buyruqlarni kiritamiz:

. diskpart – maxsus buyruq bilan ish boshlanadi;

. list disk – ushbu buyruqning bajarilishi natijasida formatlanishi lozim bo‘lgan saqlash qurilmasining raqamini eslab qoling, keyingi o‘rinlarda bu — N;

. select disk N – raqamiga qarab kerakli diskni tanlash;

. clean – tanlangan saqlash qurilmasidagi ma’lumotlarni tozalaymiz;

. create partition primary – asosiy bo‘limni yaratamiz;

. format fs=fat32 quick (yoki fs=ntfs quick) – tanlangan saqlash qurilmasini FAT32 yoki NTFS fayl tizimida formatlaymiz (quick qo‘shimchasi jarayonni tezlashtirish uchun xizmat qiladi);

. Agar 6-banddagi buyruq bajarilib, formatlanish jarayoni tugallanganidan so‘ng Windows'ning Проводник (WIN + E) oynasida saqlash qurilmasi paydo bo‘lmasa, 8-bandni qo‘llang, aks holda uni o‘tkazib yuboring;

. assign letter=Z – bu yerda Z — fleshka yoki xotira kartasi uchun tayinlamoqchi bo‘lgan harfimizdir;

. exit – DISKPART opsiyasi ishini yakunlaymiz.

Shundan keyin buyruq satri oynasini yopishingiz mumkin.

Manba: @computer_life

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz.
• Buyruq satri (Командная строка) ishtirok etgan barcha maqolalarimiz ro‘yxati keltirilgan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
855 views11:36
Ochish/sharhlash
2023-03-15 18:21:02 #internet #maslahat

Chrome'da fayllar yuklanishini tezlashtirish

Chrome'da katta hajmdagi fayllarni yuklab olayotganingizda — brauzer internet trafigining butun kanalini ishga solmagan holda, ularni bir oqimda yuklab oladi. Biroq fayllarni birato‘lasi bir nechta oqimda yuklab olish orqali ularning yuklab olinish (Downloading) tezligini bir necha barobar oshirish mumkin.

Chrome brauzerida esa ushbu xususiyat tajribaviy sozlamalar orasiga berkitilgan. Uni faollashtirish tartibi quyidagicha:

. Brauzerning manzil satriga (qo‘shtirnoqlarsiz) ushbu havola matnini kiritamiz: “chrome://flags/#enable-parallel-downloading” va ushbu sahifaga o‘tamiz.

. Parametrni “Default”dan “Enabled” rejimiga o‘tkazamiz.

. Brauzerni qayta yuklaymiz.

. Tayyor — endi Chrome'ingiz ko‘p oqimli yuklab olishni qo‘llab-quvvatlaydi va gigabaytli ma’lumotlarning yuklab olinishini sezilarli darajada tezlashtiradi!

Manba: @bugnotfeature

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
617 views15:21
Ochish/sharhlash
2023-03-15 16:31:17 #operatsion_tizim #security

Windows'ning himoya tizimi (“Защита системы”) funksiyasini faollashtirish

Windows'dagi “Защита системы” funksiyasi operatsion tizimni avvalgi holatiga tezkor qaytarish maqsadida tiklash nuqtalarini yaratish uchun mo‘ljallangan va u har doim ham qoida bo‘yicha faollashtirilmagan bo‘ladi.

Tizimning xususiyatlari (“Свойства системы”) oynasida “Защита системы” funksiyasini faollashtirish tartibi quyidagicha:

. WIN + R birikmasini bosing va ochilgan “Выполнить” oynasiga sysdm.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosing. Ochilgan oynadagi “Защита системы” varaqa (вкладка)siga o‘ting.

. “Защита системы” varaqasida disklar ro‘yxati va ular uchun himoya holatini ko‘rishingiz mumkin. Muayyan diskka nisbatan tizim himoyasini faollashtirish zaruratiga ko‘ra ular orasidan keraklisini tanlaymiz va “Настроить” tugmasini bosamiz.

. Keyingi oynada “Включить защиту системы” bandini faollashtiramiz va tiklash nuqtasini yaratish uchun diskda qancha hajmdagi soha qo‘llanilishi mumkinligini ko‘rsatamiz.

. “OK” tugmasini bosamiz. Tayyor – tanlangan disk uchun tizim himoyasi faollashdi!

Manba: @trojan_anonym

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
808 views13:31
Ochish/sharhlash
2023-03-15 14:56:44
#smartfon #android

Qachonlardir maktabda shunday yordamchingiz bo‘lishini bir necha bor orzu qilgansiz...

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Matematika endi muammo emas!
Matematikaga oid mobil ilovalar:
• Photomath
• Математические хитрости
• Геометрия
Dasturlash bo‘yicha mobil ilovalar:
• SoloLearn
• Mimo
• Основы HTML и CSS

@itspecuz | Mundarija
979 views11:56
Ochish/sharhlash
2023-03-14 20:15:12 #operatsion_tizim #hardware #maslahat

Sichqoncha va klaviaturani bloklash

Klaviaturani vaqtinchalik bloklash uni kompyuter ishlab turgan paytida tozalash yoki bolalar multfilm tomosha qilayotganida biror nojo‘ya harakat qilmasligi uchun kerak bo‘lishi mumkin.

BlueLife KeyFreeze — klaviatura va sichqonchani bloklash uchun dastur. U ko‘p tilli qulay interfeys va amaliy sozlamalarga ega. Dastur portativ bo‘lib, o‘rnatishni talab etmaydi.

Foydalanish tartibi quyidagicha:

. Havola bo‘ylab o‘ting, yuklab oling va arxivdan chiqaring.

. Kompyuteringizdagi o‘rnatilgan operatsion tizimning razryadiga qarab dasturni KeyFreeze.exe yoki KeyFreeze_x64.exe fayli orqali ishga tushiring.

Klaviatura va sichqonchani bloklash va blokdan chiqarish uchun ushbu klavishlar birikmasi bosiladi: CTRL + ALT + F.

Manba: @komputeer

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Klaviatura bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Sichqoncha bilan ishlashga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz.
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism | 6-qism

@itspecuz | Mundarija
1.2K views17:15
Ochish/sharhlash
2023-03-14 17:50:32 #bilasizmi #tarmoq #internet

IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningizning IP-manzilini bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzil orqali aniqlash imkonsiz.

IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi?

Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish amallarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.

Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.

O‘xshash IP-manzillarni klasterlash axborot almashinuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-manzil ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shu singari, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

IP-manzil qanday topiladi?

Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-manzildan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir nechta IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.

IP-manzilni kuzatishda cheklovlar

Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-manzil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir nomaqbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib, ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.

Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.

Notog‘ri IP-manzil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling

Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u manzildan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.

Mirzohidbek @terabaytuz

P.S. IP-manzil haqidagi ushbu maqolani ham o‘qib ko‘rishingizni tavsiya etamiz.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views14:50
Ochish/sharhlash
2023-03-14 16:35:02 #internet

Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma

Ko‘pgina zamonaviy brauzerlar foydalanuvchilarga cookie-fayllarni qabul qilish yoki qilmaslikni tanlashga imkon beradi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, ularni o‘chirib qo‘yish ba’zi saytlar bilan ishlashni imkonsiz qiladi.

Cookie-fayllarida saytlar tomonidan yaratilgan foydalanuvchi ma’lumotlari saqlanadi. Amaliyotda odatda sozlamalar, autentifikatsiya va shu singari vazifalarni saqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘pincha yaxshi himoyalanmagan bo‘lib, yovuz niyatli shaxslar ularni osonlikcha tutib olishlari mumkin.

“Cookie AutoDelete” kengaytmasi foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus yaratilgan. Asosiy imkoniyatlari:

. Cookie-fayllarini avtomatik o‘chirish.
. Oq / qora domen ro‘yxatlarining qo‘llab-quvvatlanishi.
. Qo‘lda tozalash rejimi.
. Muayyan saytdagi cookie-fayllari miqdorini ko‘rish.

Kengaytma uchun havolalar: Firefox | Chrome

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Google Chrome brauzeriga oid mavzularni o‘zida jamlagan postimiz
• Internet rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism

@itspecuz | Mundarija
1.1K views13:35
Ochish/sharhlash
2023-03-14 12:46:55 #excel

Hisob-kitoblar uchun qaynoq klavishlar:️

• F9 — butun ishchi kitobidagi formulalarni qayta hisoblash;

• SHIFT + F9 — faol listdagi formulalarni qayta hisoblash;

• F4 — havola turlari bo‘ylab o‘tish;

• SHIFT + F3 — funksiyani qo‘llash oynasini chaqirish;

• CTRL + ~ — formula va uning natijasini ko‘rsatish o‘rtasida o‘tish;

• ALT + = — avtosumma formulasini qo‘llash.

@itspecuz
546 views09:46
Ochish/sharhlash