Get Mystery Box with random crypto!

#mulohaza_uchun Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zarar | IT specialist

#mulohaza_uchun

Nega yordam soʻrolmaysiz? Buning qanday zararlari bor?

Qandaydir muammoga duch kelganda, yordamga muhtoj boʻlsangiz ham, boshqalarga koʻmak berishini soʻrab murojaat qilolmaysizmi? Koʻpincha bunga qoʻrquv sabab boʻladi. Odamlar koʻpincha ikki holatdan choʻchiydi: rad qilinishdan va ojiz koʻrinishdan. Yoki ikkalasi birdan boʻlishi ham mumkin. “Menga rad javobi berishlari mumkin. Oʻzimni yetarlicha yaxshi emasligimni his qilaman. Ojiz koʻrinaman. Boshqa odamlar men haqimda notoʻgʻri fikrga boradi. Mendan yuz oʻgirishadi. Oʻzimni yolgʻiz his qilaman” singari gaplar miyangizda aylanadi. Yaxshisi, oʻzim eplayman, degan fikrga kelasiz. Bular psixikangizni ogʻriqli holatlardan himoya qilayotganday boʻlsa-da, ular ma’nisizdir.

Yordam soʻrolmaslik boshqa psixologik muammolar singari bolalikdan shakllanadi. Ehtimol bir necha bor yordamga muhtoj boʻlganingizda sizni rad etishlari, kamsitishlari holatiga duch kelgandirsiz. Salbiy hislarning ogʻrigʻini koʻrgan psixikangiz endi yordam soʻramaslik yaxshiligiga qaror qilgan boʻlishi mumkin.

Yordam soʻray olmaslik qanday oqibatlarga olib keladi?

. Eng aniq va ma’lum oqibat – rostdan ham yordamga muhtojligingizda, uni ololmaslik. Insoniyat birdamlik orqali rivojlanishga erishgan. Haqiqatdan ham yaxshi natijalarga yolgʻiz erishish qiyin. Siz qiynalib qiladigan vazifalarni kimdir minimal resurslar bilan bajarishi va ishingizni yengil qilishi mumkin.

. Har doim oʻzingizni mustaqil va kuchli koʻrsatishga urinar ekansiz, boshqalar bilan yaqin boʻlishingiz qiyinlashadi. Hatto yaqin odamlaringiz ham sizdan sovuqlik his qilishi mumkin. Axir rostdan ham toʻla ochilmayotgan boʻlasiz. Hech kimga ishonolmaysiz.

. Yordam berganimizda oʻzimizni yaxshi his qilamiz. Agar yordam soʻrashdan qochsangiz, boshqalarning oʻzini yaxshi his qilishiga imkon bermaysiz. Saxiylik, yordamga shaylik, oqkoʻngillik kabi xislatlarini namoyon qilishiga yoʻl qoʻymaysiz. Natijada, sizga yaqinlashishlari qiyin boʻladi.

. Rivojlanishingizni susaytirasiz. Birgalikdagi faoliyat – oʻrganish imkonidir. Hayotimizda uchragan har bir odam ustozimiz ekanini yodda tuting. Ulardan yordam soʻramas ekansiz, ularning mahoratini koʻrish, oʻzlashtirish, ilhom olishdan oʻzingizni mahrum qilasiz.

Nima qilish kerak?

Cheklovlar faqat miyangizda ekanini tushuning. Yordam soʻrashingiz – ishonayotganingiz va hamkorlik qilish xohishingizdan darak. Koʻpchilik odamlar koʻmak berishga tayyor boʻlishadi.

Mayda narsalarni iltimos qilishdan boshlang va kuzating: hech qanday dahshatli narsa sodir boʻlmayaptimi? Odamlarda qanday oʻzgarishlar boʻlyapti?

Koʻp hollarda qoʻrquvlaringiz asossiz ekanini tushunasiz.

Manba: Xabardor.uz

Qo‘shimcha sifatida o‘qish tavsiya etiladi:
• Dushanba kunlaridan qo‘rqishni qanday yengib o‘tish mumkin
• Hayajondan qanday qutulish mumkin yoki umuman hayajondan qutulish kerakmi?
• To‘g‘ri qaror – muvaffaqiyatning yarmi
• O‘zimizga nisbatan qo‘llashni to‘xtatishimiz lozim bo‘lgan narsalar
• Qilgan ezgu amaling albatta o‘zingga qaytadi

@itspecuz | Mundarija