Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 104

2021-12-23 12:10:27
Bilim — bu qudrat!

Kun davomida telegramda o'nlab kanallarni kuzatasiz, ammo ulardan sanoqlilarigina sizga bilim beradi. Shu bilim beradigan kanalga yana bitta kanalni qo'shib qo'ysangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Bilim — bu qudrat! - ushbu kanalda aqlingizni charxlovchi ajoyib testlar (izohida to'liq javobi bilan), info-rasmlar, mantiqiy savol-javoblar va eng sara faktlar berib boriladi. Ham zerikmaysiz, ham vaqtingiz behuda ketmaydi!

Manzil
: @bilim_bu_qudrat
2.1K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-12-23 08:10:00 #word

Hujjat bo‘ylab tezkor o‘tish uchun 4 foydali klavishlar birikmalari

Hujjat bo‘ylab odatda sichqonchaning g‘ildiragini g‘izillatib yuqoriga-pastga siljishga odatlanganmiz, ba’zilar hattoki sichqonchadan juda ko‘p foydalanganidan, uning g‘ildiragi o‘ziga yarasha shovqin chiqarib, qolganlarning tinchini buzadi.

Hujjat sahifalarining boshida mavzularni belgilab ketgansiz va ular bo‘ylab tezkor o‘tishingiz kerak deylik, yoki hujjatning o‘rtasidan turib, uning boshiga yoki oxiriga tezkor o‘tish lozim, sichqoncha bilan bu jarayon biroz ko‘proq vaqt olishi aniq.

Bunda klaviatura klavishlari birikmalari yordamida ishimizni ancha osonlashtirish bilan birga tezlashtirishimiz ham mumkin:

• Hujjatdagi keyingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE DOWN.

• Hujjatdagi oldingi sahifaning boshiga o‘tish uchun – CTRL + PAGE UP.

• Hujjatning dastlabki sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + HOME.

• Hujjatning so‘nggi sahifasiga o‘tish uchun – CTRL + END.

Manba: @hacks_office

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
Word'ning 17 foydali klavishlari kombinatsiyasini qulay shaklda o‘rganamiz!
• Matnni tezkor belgilash uchun layfxaklar
• Microsoft Word'da matnni tahrirlash uchun mo‘ljallangan klavishlar birikmalari: 1-qism | 2-qism
• Nega ba’zi Word'larda CTRL+C, CTRL+S, CTRL+Z va shunga yaqin, tez-tez qo‘llaniluvchi klaviatura kombinatsiyalari ishlamaydi va bu qanday bartaraf etiladi?
• Word dasturi uchun o‘z qaynoq klavishlarimizni belgilashimiz mumkinmi?
• Word’da ishlash bo‘yicha har kimga ham ma’lum bo‘lmagan 7 tryuk
• Tezroq ishlash uchun Автозамена’dan foydalaning!
• Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Microsoft Word dasturida tasodifiy matnni hosil qilgan holda u bilan ishlash
• MS Word’dagi hujjat hajmini kichraytirishning 3 usuli
• Matnni bir sahifaga qadar qisqartirish
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.5K viewsedited  05:10
Ochish/sharhlash
2021-12-22 19:30:00 #operatsion_tizim #maslahat

Windows'ni qo‘shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilishning 3 usuli

Agar Windows litsenziyasi rasmiy manbalardan xarid qilinmagan bo‘lsa tavsiya etilgan ushbu usullardan foydalanish maqsadga muvofiq emasdir. Ulardan litsenziya kaliti yo‘qotilgan taqdirda, yoki, masalan, kompyuterdagi asosiy plata almashtirilganida foydalanish tavsiya etiladi.

. Блокнот dasturi yordamida

01. Google'ga windows 10 activator txt (yoki darhol) get.msguides.com/windows-10-8.1-8-7.txt havolasi bo‘ylab o‘ting.
02. Matnni nusxalaymiz va kompyuterimizda ishga tushirilgan Блокнот'ga joylashtiramiz.
03. Faylni ixtiyoriy nom ostida va .bat kengaytmasi bilan saqlaymiz (masalan, activation.bat).
04. Saqlangan faylni administrator nomidan ishga tushiramiz va bir daqiqa atrofida kutamiz.
05. Barchasi muvaffaqiyatli bajarilganiga amin bo‘lish maqsadida, WIN + I birikmasi orqali chaqiriluvchi “Параметры” oynasida “Обновления и безопасность” bo‘limiga o‘tamiz.

. Power Shell yordamida

01. “Пуск” menyusini ochamiz va qidiruv maydoniga Powershell'ni kiritamiz va so‘rov natijasida yuzaga kelgan Windows PowerShell bandini administrator nomidan ishga tushiramiz.
02. slmgr /skms kms.loli.best'ni kiritamiz va yuzaga kelgan oynani yopamiz.
03. slmgr /ato'ni kiritamiz va yopamiz.
04. Xuddi shu harakatni slmgr /xpr uchun amalga oshiramiz.
05. Aktivatsiya qilingan operatsion tizimimiz bilan zavqlanamiz.

. Buyruq satri (Командная строка) yordamida

01. WIN + R birikmasi orqali chaqiriluvchi “Выполнить” oynasiga cmd'ni kiritib ENTER'ni bosish orqali “Командная строка”ni ishga tushiramiz.
02. Microsoft rasmiy saytiga o‘tamiz va u yerdan o‘zimizdagi Windows versiyasi uchun kalitni nusxalaymiz.
03. O‘zimizga kerakli kalitni joylashtirgan holda ushbu buyruqni Buyruq satri oynasiga bajarishga yuboramiz: slmgr/ipk W269N-WFGWX-YVC9B-4J6C9-T83GX.
04. So‘ngra ushbu buyruqni: slmgr /skms kms.digiboy.ir.
05. Va bunisini yuboramiz: slmgr /ato.
06. Tayyor!

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Aktivatsiya mavzusiga oid postlar
• Mini KMS Activator Ultimate kompyuter dasturi
• Toza Windows 10'ni o‘rnatish
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views16:30
Ochish/sharhlash
2021-12-22 17:10:00
#powerpoint

Shakllarga nisbatan “Формат по образцу” opsiyasini qo‘llash

Hujjatda qo‘llash uchun juda qulay hisoblanuvchi “Формат по образцу” opsiyasi nafaqat matn, balki boshqa obyektlar uchun ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan, uning yordamida muayyan shakl tashqi ko‘rinishi sozlamalari osongina nusxalab o‘tkaziladi.

Qo‘llanilish tamoyili bir xil. Namunani belgilaymiz va “Формат по образцу”ni ustiga bosamiz. Agar format bir marta qo‘llanilishi lozim bo‘lsa – opsiya ustiga bir marta, agar bir martadan ko‘proq bo‘lsa – ikki marta bosamiz, formati o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan shakl(lar) ustiga bosamiz va jarayon yakunida ESC klavishini bosamiz.

Manba: @office_killer

Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.8K views14:10
Ochish/sharhlash
2021-12-22 14:30:00
#telegram #iOS

iOS uchun Telegram'da xabarlar uchun reaksiya qoldirish, spoylerlar va boshqa yangilanishlar

Telegram
'ning iOS uchun beta-versiyasi 8.4 versiyasiga qadar yangilandi, ushbu yangilanishdan quyidagi funksiyalar kutilmoqda:

Xabarlar uchun reaksiyalar qoldirish
Foydalanuvchilar post ostida mavjud 11 reaksiyalardan birini qoldirishlari mumkin. Tezkor reaksiyalar post ostiga ikki marta bosish orqali chaqiriladi.

— Ma’lumotni berkitish uchun matnni formatlash
Spoylerlar shovqin animatsiyasi ortida matnni berkitish imkonini beradi. Ma’lumotni ko‘rish ustiga bosish lozim bo‘ladi.

Xabarlar tarjimoni
iOS 15'ning yangi opsiyasi tufayli belgilangan har qanday matnni tarjima qilish mumkin.

— Yangilangan QR-kodlar
Ommaviy guruhlar, kanallar va foydalanuvchilar uchun QR-kodlarni hosil qilish imkoniyati yuzaga keldi.

— Chatdagi qor
Qo‘llash uchun sozlamalar belgisi ustiga 7-10 marta bosish va “Snow” bandini faollashtirish talab etiladi.

Manba: @tginfo | @betainfo

@itspecuz | Mundarija
2.0K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2021-12-22 12:10:13
Excel dasturini mustaqil oʻrganish uchun kerak boʻladigan barcha maʼlumotlar jamlangan bot!

Manzil: @ExcelDarsBot
2.1K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-12-22 08:50:00 #bilasizmi #rasm_bilan_ishlash

CMYK rang modeli nimalardan iborat?

CMYK ranglari – bu barcha chop etiluvchi tuslarning yaralishida ishtirok etuvchi asosiy ranglardir. Ular siyoh miqdorini minimallashtirish uchun maxsus ishlab chiqarilgan bo‘lib, agar badiiy bo‘yoqlar majburiy oq rangga ega bo‘lsa, chop etishda material, ya’ni qog‘ozning oq yuzasi ushbu rangning o‘rnini bosadi. Shuningdek RGB (Red (qizil), Green (yashil), Blue (ko‘k)) modelidan farqli o‘laroq, qizil rang – yorqin pushti bilan, ko‘k rang esa – yorqin ko‘k rang bilan almashtirilgan.

CMYK atamasining kengaytmasi

“CMYK” abbreviaturasining kengaytirilgan ko‘rinishi quyidagicha:
Сsian (Cyan) – yorqin ko‘k;
Мmadjenta (Magenta) – yorqin pushti;
Ysariq (Yellow) – yorqin sariq;
Kqora (BlacK) – qora bo‘yoq, bu yerda dastlabki emas, balki so‘nggi harf, ushbu rangni RGB rang modelidagi Blue (ko‘k) rang bilan adashtirib yubormaslik uchun qo‘llanilgan.

CMYK – bu nafaqat chop etishdagi asosiy tuslar, balki har qanday tusni foizda tavsiflay oladigan rang modelidir. Bu xususiyat chop etuvchi mashinaga rasmning o‘zidan turib: qanday bo‘yoqlar bilan va qanday nisbatda chop etish lozimligini tushuntirish uchun juda muhimdir. Rasm sonli ko‘rinishda ifodalanadi, bunda CMYK'ning har bir rangi uchun chegaraviy qiymat 100%ni tashkil etadi. Masalan, ko‘k-yashil rang quyidagi formulaga ega bo‘ladi: С – 100%; М – 25%; Y – 25%; K – 10%.

CMYK palitrasi. Poligrafiya sanoatining asosiy vazifasi – bu yorqin va ranglarga boy tasvirlarni taqdim etishdir. Rassom bo‘yoqlarning turli aralashmasidan kerakli tusni tanlashi uchun ko‘p vaqt sarflagani kabi, chop etishda ham xatolikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, chunki gap bir dona buyum haqida emas, balki ommaviy mahsulot haqida boradi. Shuning uchun ham CMYK tizimi chop etishda noqulay holatga tushirib qo‘ymaydigan eng foydali ranglar to‘plamiga egadir.

Ushbu soha ustalari quyidagi qoidalarga tayanib ish tutadi:
1) Ishtirok etuvchi asosiy ranglardan qaysidir birining 100%lik nisbati eng yorqin rangni yuzaga keltiradi.
2) Kompozit (tarkibiy) ranglar bitta bo‘yoqdan ustun turadi.
3) Ko‘k rang odatda boshqa bo‘yoqlarga nisbatan intensiv (quyuqroq) bo‘ladi.

P.S.: Ushbu rang modelida ishtirok etuvchi asosiy ranglarning aralashmasidan turli rangdagi tasvirning hosil bo‘lishi ushbu media faylda amaliy ko‘rsatilgan .

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!

@itspecuz | Mundarija
2.6K viewsedited  05:50
Ochish/sharhlash
2021-12-21 18:30:00 #word

Hujjatdan veb-sahifa qanday yaratiladi?

Word HTML bilimlarisiz veb-sahifa yaratish imkonini beradi. Buni amalga oshirish uchun menyu satrining Вид varaqa (вкладка)sida Веб-документ ko‘rsatish rejimini tanlash mumkin. Ushbu harakat tufayli sahifaning ishchi sohasi butun ekranni egallaydu, bu esa o‘z navbatida nimasi bilandir saytni eslatadi.

So‘ngra hujjatni veb-sahifa ko‘rinishida saqlang. Bunda tanlangan Веб-страница в одном файле yoki Веб-страница bandlari uchun mos tarzda – hujjat yaxlit bitta fayl ko‘rinishidagi .mht, .mhtml yoki .html kengaytmati fayl va nomo .files kengaytmasi bilan tugaydigan alohida papkadan iborat ikki element ko‘rinishida saqlanadi, ushbu papkada barcha obyektlar va rasmlar saqlanadi.

Manba: @hacks_office

Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.4K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-12-21 15:51:01
Anonymous Quiz
19%
1
25%
2
45%
3
11%
4
1.1K voters2.8K views12:51
Ochish/sharhlash
2021-12-21 15:50:02
#test #excel

Yuqoridagi raqamlar ostida keltirilgan operatsion tizimlar orasida qaysi biri ortiqcha? (javob variantlari navbatdagi postda )
2.7K views12:50
Ochish/sharhlash