Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #internet #word #maslaha | IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash #internet #word #maslahat

Muayyan shrift nomini qanday aniqlash mumkin?

Agar siz ko‘pincha grafika, matnlar bilan ishlasangiz yoki saytlar yaratsangiz, u holda chiroyli shriftlar yordamiga tayanishingiz aniq. Internetda bepul yoki pullik shriftlarni yuklab olish uchun saytlar ko‘p.

Ammo ba’zida shunday vaziyat bo‘ladiki, internetda turli resurslarga murojaat etish chog‘ida, masalan, biror matn sarlavhasi shriftiga ahamiyat berasiz va ichingizda: “Menga aynan shu shrift kerak edi”, deysiz. Xo‘sh, uning nomini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun brauzerlar (Chrome, Safari, Firefox) uchun maxsus kengaytma – Fonts Ninja'dan foydalanishni tavsiya etamiz. Ishlash tartibi juda sodda, o‘rnatilganidan so‘ng plaginni faollashtirish va kursorni matn ustiga olib borishning o‘zi yetarlidir. Izlanayotgan shrift sizga mos kelish-kelmasligini aniqlash uchun, o‘sha shrift ko‘rinishidagi biror jumlani kiritish, o‘lchami va harflar o‘rtasidagi intervalni o‘zgartirish imkonini beruvchi maydon ham mavjud.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Microsoft Word’da qoida bo‘yicha o‘rnatilgan shriftni o‘zgartirish
• Microsoft Word dasturida amalga oshirish tavsiya etiluvchi dastlabki sozlamalar
• Microsoft Word'da qo‘llanilgan nostandart shriftni hujjatga biriktirish
• Microsoft Word dasturida shrift o‘lchami qanday o‘lchov birligida o‘rnatiladi?
• Microsoft Word dasturida matn bilan ishlash bo‘yicha foydali maslahat (Shift + Enter, Ctrl + Shift + Probel) + video
• Microsoft Word dasturida matn ostiga chiziq chizish bo‘yicha foydali maslahatlar
• Microsoft Word'da so‘nggi qo‘llangan funksiyani qayta qo‘llash
• Calibri shrifti soxta hujjatlarni aniqlashda yordam berdi
• Windows’da shriftni kattalashtirish
• Kompyuterda ishlashda deyarli barcha yo‘l qo‘yadigan 8 xato
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz