Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 109

2021-12-14 13:10:00
#mulohaza_uchun #texnologiya

Xitoy bo‘ylab restoranlar va universitet oshxonalari yuzni tanish va ovqatni aniqlash texnologiyalarini birlashtirib bormoqda.

Shunchaki patnis belgilangan joyga qo‘yilib, xo‘randa kamera qarshisida biroz vaqt turadi. 4-5 soniyada taomlarning umumiy narxini belgilanib, sizning hisobingizdan avtomatik ravishda yechib olinadi.

@itspecuz | Mundarija
2.6K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:10:00 #bilasizmi #operatsion_tizim #maslahat

Windows'da ekranni qaynoq klavishlar yordamida ikkiga ajratamiz

Kompyuterdan foydalanuvchilarga tanish bir muammo bor: ba’zida bitta ekranning o‘zi kamlik qiladi: ikki va undan ortiq sonli qo‘shimcha oynalar ochib ishlashga to‘g‘ri keladi. Har bir oyna o‘lchamini qo‘lda sozlab chiqish, sichqoncha yordamida bir-biriga moslashtirish... Yoqimsiz jarayon. Bundan qutulishning juda oson yo‘li bor.

Windows operatsion tizimida ochilgan oynani ekranning kerakli qismida joylashtirib beruvchi Snap funksiyasi bor. U oynaning eni va bo‘yini avtomatik ravishda to‘g‘rilab beradi. Keling, buni parallel ishlab turgan va siz bir paytda ko‘rishni xohlagan brauzer va Word hujjati misolida ko‘rib o‘tamiz.

Birinchidan, brauzer oynasiga o‘tib, ushbu klavishlar birikmasi: WIN + ← (chapga yo‘naltirilgan strelka)ni bosing. Windows avtomatik ravishda brauzer oynasi enini qoq yarmiga o‘zgartirib, uni ekranning chap qismiga suradi.

Ikkinchidan, o‘zingizga kerakli yana bir oynani tanlaysiz (bizning misolda bu Word hujjati) va WIN + → (o‘ngga yo‘naltirilgan strelka)ni bir paytda bosasiz. Shundan so‘ng yuqoridagi kabi o‘zgarishga uchragan Word hujjati brauzerning o‘ng tomonidan o‘rin oladi.

Oynalar kengligini esa xuddi planshetlardagi singari, umumiy chegarani harakatlantirish orqali keraklicha ko‘rinishga keltirish mumkin.

Manba: @bugfeature

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.8K viewsedited  07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:46:01
#bilasizmi #maslahat #mulohaza_uchun

Maqsadga erishish uchun 7 muhim qadam

1. Maqsadlaringizni umumiy qilib bir joyga yozing.
2. Muhimligi bo‘yicha faqat bir maqsadni o‘zingiz uchun tanlang.
3. Maqsadni aniq qadamlarga bo‘lib chiqing.
4. Maqsadga erishish uchun vaqt jadvalini belgilang.
5. Qadamlaringizni rejalashtiring.
6. Boshqa maqsadlarga chalg‘imang.
7. Keyingi maqsadni amalga oshirishga kirishing.

@itspecuz | Mundarija
2.7K views04:46
Ochish/sharhlash
2021-12-13 18:30:00
#powerpoint

Slaydlarni sahifalashda yuzaga keluvchi muammoning yechimi

Ba’zida qiziq muammoga duch kelamiz: titul sahifasidan tashqari qolgan barcha slaydlarni avtomatik raqamlashga uringanimizda, PowerPoint buni aksincha bajaradi — titul sahifasi raqamlanadi, qolganlari (yoki ulardan bir qismi) esa – yo‘q. Eng qizig‘i, ushbu holatda dastlabki slayd uchun aynan “Титульный слайд” maketi tanlangan bo‘ladi.

Muammoning boisi shundaki, PowerPoint titul sahifasini uning nomlanishiga qarab emas, balki Образец слайдов rejimidagi maketning joylashuviga qarab aniqlaydi. Agar siz (asosiy namunaning ostiga) biror boshqa (“Титульный слайд” bo‘lmagan) maketni joylashtirgan bo‘lsangiz, u holda u titul sahifasi sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun tartibni to‘g‘rilash (“Титульный слайд” maketini eng yuqoriga siljitish) va raqamlashni qayta amalga oshirish lozim .

Manba: @office_killer

Microsoft PowerPoint rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views15:30
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:30:00
#mulohaza_uchun #tarmoq #internet

Turkiyada bir qahvaxona ko‘rdim, menga ma’qul bo‘ldi va kirib o‘tirdim. Ofitsiant keldi.

- Wi-Fi bormi? - dedim.

- Ha, kodi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan va vafot qilgan yillari, - dedi.

- Nima uchun 571 632 demadingiz? - desam.

- Bilmaganlarga bermaymiz, - dedi.

Manba: @SuratlardagiTarix

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism

@itspecuz | Mundarija
1.8K viewsedited  12:30
Ochish/sharhlash
2021-12-13 12:30:00
#bilasizmi #hardware

Kompyuterning asosiy (ona) platasidagi batareyka nima uchun xizmat qiladi?

Asosiy platadagi “BIOS uchun mo‘ljallangan batareyka” sifatida tanilgan batareyka kompyuter CMOS-xotirasining ish faoliyatini ta’minlash uchun xizmat qiladi.

CMOS-xotirasi, o‘z navbatida, shaxsiy kompyuter konfiguratsiyasi parametrlarini (BIOS Setup qiymatlari) va tizim taymerini saqlaydi.

CMOS-xotirasi atigi 256 baytni tashkil qiladi, shuning uchun energiya sarfi juda ozdir.

Manba: @computer_life

CMOS — Complementary Metal-Oxide-Semiconductor, tarjimasi: qo‘shimcha metall-oksidli yarimo‘tkazgich.

@itspecuz | Mundarija
2.0K views09:30
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:40:00
#operatsion_tizim #software

Dr. Folder – papkalar belgilarini atlernativ, nomiga mos dizaynga o‘tkazish orqali yanada taniladigan ko‘rinishga keltirish, shuningdek rasmli fayllarni ICO formatiga konvertlash uchun xizmat qiladi. Dastur foydalanish uchun sodda bo‘lib, rasmli belgilarning katta to‘plamini taqdim etadi.

Qo‘shimcha belgilar to‘plami (1500 ta).

DASTUR HAQIDA:
Versiya: v2.8.6.7
OT: Windows
Razryadlik: x86/x64
Interfeys tili: Ruscha
Davolash: KeyGen (Arxivdagi Readme.txt faylini o‘qib, tavsiyalarga amal qilgan holda)

Dr. Folder v2.8.6.7 dasturini yuklab olish.

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.1K views06:40
Ochish/sharhlash
2021-12-13 07:35:02
#mulohaza_uchun #dasturlash #grafika #IT_humor

Onam: O‘g‘limiz dizayner bo‘ladi.
Otam: Yo‘q, u dasturchi bo‘ladi.

Qo‘shni xonada esa men:

P.S.: Xullas six ham kabob ham kuymasin deb, tinchgina Web-dizayn sohasini tanlayqoldim!

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Dasturlash, uning sohalari, har bir soha uchun kerak bo‘luvchi kompyuter xarakteristikalari

@itspecuz | Mundarija
2.2K views04:35
Ochish/sharhlash
2021-12-12 19:10:16 #operatsion_tizim

Faol oynadan tashqari qolgan barchasini vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish

Agar sizda ko‘plab oynalar ochilgan bo‘lib, tanlangan oynadan tashqari qolgan barchasini pastga tushirish zarurati yuzaga kelsa, buning uchun maxsus silkitish (встряска) amalini qo‘llashingiz mumkin.

Sichqoncha yordamida kerakli oynaning sarlavha satri ustiga bosib, ushlab turgan holda, uni chapga-o‘ngga silkiting. Bu orqali siz tanlanganidan tashqari qolgan barcha oynalarni ekrandan pastga tushirasiz.

Agar tanlangan oyna yana bir bor silkitilsa, unda pastga tushgan oynalarning barchasi yana o‘z joyiga qaytariladi.

Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
2.5K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:30:51
#smartfon #android #game

Geometry Dash World — eski, barchaga yaxshi ma’lum bo‘lgan arkada, yanada ko‘proq bosqichlar, yangi musiqa va mahluqlar. Android 4.0+. Barchasi blokdan chiqarilgan.

Geometry Dash World Full v1.0.4 mobil o‘yinini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Angry Birds mobil o‘yini
• Subway Surfers mobil o‘yini
• O‘yin haqida IT-hazil
• Tap Tap Dash mobil o‘yini
• Numpuz mobil o‘yini
• O‘yinlar haqida mulohazaga chorlovchi post
• Windows 10’da o‘yin rejimi qanday faollashtiriladi?
• Ko'paytirish jadvali mobil ilovasi
• Google Chrome’dagi dinozavrcha keltirilgan o‘yinda to‘siqlar bo‘ylab o‘tish
• Qarshi oling: Grasshopper – JavaScript’da dasturlashni o‘rgatuvchi bepul o‘yin!
• Bolalarni dasturlashga o‘rgatuvchi eng yaxshi 9 o‘yin
• Ingliz tilini o‘rganish uchun 5 o‘yin
• Android’da o‘yinlardagi grafika sifatini oshirish
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.5K views13:30
Ochish/sharhlash