Get Mystery Box with random crypto!

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash Windows 10'da bir necht | IT specialist

#operatsion_tizim #rasm_bilan_ishlash

Windows 10'da bir nechta rasmlarning hajmini qanday o‘zgartirish mumkin?

Agar sizga tezkor tarzda bir guruh rasmlar o‘lchamini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, unda Microsoft PowerToys dasturi yordamida buni operatsion tizim tarkibidagi Проводник (Этот компьютер) dasturining o‘zidan uzoqlashmagan holda amalga oshirish mumkin.

1. Microsoft PowerToys havolasi bo‘ylab o‘ting. Dasturning so‘nggi versiyasi odatda yuklab olish sahifasining yuqorisida keltiriladi.
2. EXE-faylni toping, masalan: "PowerToysSetup-0.27.1-x64.exe".
3. Ushbu faylni yuklab oling va ishga tushiring.
4. O‘rnatish jarayoni tugallanganidan so‘ng PowerToys'ni ishchi stolingizdan ishga tushiring.
5. Yon tomondagi panelda "Image Resizer"ni ustiga bosing.
6. "Enable Image Resizer"ni faollashtiring.
7. PowerToys'ni yoping.
8. Bir nechta rasmlarni belgilang.
9. Sichq. o‘ng tugmasini, so‘ngra "Resize pictures"ni ustiga bosing.
10. Rasm uchun kerakli o‘lchamni tanlang.

Shundan keyin hajmi o‘zgartirilgan rasmlar asl rasmlar joylashgan papkaning o‘zida paydo bo‘ladi. Siz buni istalgan miqdordagi rasmlar ustida bajarishingiz mumkin.

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Let’s Enhance piksellari soni (разрешение) kam bo‘lgan fotorasmlarning sifatini yaxshilashda yordam beradi
• Microsoft smartfondan suratlarni Windows 10'ga tezkor ko‘chiruvchi ilova taqdim etdi
• Adobe kompaniyasining barcha dasturlari bilan tanishamiz!
• Photoshop'da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Photoshop dasturidan foydalanish bo‘yicha video darslar
• Adobe Photoshop CS6 dasturi (kuchsiz kompyuterlar uchun)
• Adobe Photoshop CC 2018 (Portable) dasturi x32-(x86) / x64
• Photoshop qiyinmi? Unda PaintNET'dan boshlaymiz!
• Android'da suratni qayta ishlovchi eng zo‘r ilovalar
• Rasm orqasidagi fon qanday o‘chiriladi?
• Rasm sifatini yo‘qotmasdan qanday kattalashtirish mumkin?
• Neyron tarmog‘i yordamida realistik rasmlarni yaratish
• Rasmda yuzni almashtirish - Reflect.tech
• O‘z yuzingiz tushirilgan kupyurani yaratishni istaysizmi?
• Microsoft Word'da hujjat tarkibidagi rasmlar hajmini siqish
• Algoritm selfini “selfisizlantirdi”
• Telegram'da post yuqorisida biriktirilgan rasmni o‘zgartirish
• Telegram'da post matnining ostki qismiga rasm, video yoki GIF-fayl qanday biriktiriladi?
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija