Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2021-12-21 14:15:27 Zamonaviy IT kasblarni endi bepul va oson o’rganing!

@texnologiyait_bot — ko’plab bepul darslar to'plangan foydali botning bo’limlari bilan tanishing

1. Front-end: HTML • CSS • Sass • Botstrap • JavaScript • jQuery • ReactJs

2. Back-end: NodeJs • Java • Python • PHP • C++ • C# • Go

3. Android: Android(Java) • Kotlin • Android Studio • Flutter

4. iOS: SWIFT • Objective-C (tez kunda)

5. TelegramBot: SariqDev • Botir Ziyatov • Kodsiz (konstruktor) • Java • Python

6. SMM va Marketing: Google Ads • Kopirayting • Facebook • Instagram

7. Grafik dizayn: Adobe Photoshop • Adobe Illustrator • Adobe XD • Figma

8. 3D Modelling: 3Ds Max • AutoCAD • Blender • CorelDRAW

9. Maxsus darslar: Kiberxavfsizlik • Algoritm • Git va Github • Wordpress • Rubik Kubik

Hech qanday obuna so’ramaydigan foydali bot – @texnologiyait_bot
2.2K viewsedited  11:15
Ochish/sharhlash
2021-12-21 12:14:45
#mulohaza_uchun #operatsion_tizim #IT_humor

Linux'dan so‘ng Windows'ga o‘tganingda...

@itspecuz | Mundarija
2.4K views09:14
Ochish/sharhlash
2021-12-21 10:25:02 #operatsion_tizim #word #excel #powerpoint

Windows operatsion tizimiga tegishli ayrim foydali klavishlar birikmasi

• CTRL + C – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini almashinish buferiga vaqtinchalik nusxalash.

• CTRL + X – fayl / rasm / yacheyka / obyekt / matn fragmentini (odatda boshqa biror joyda qo‘llash uchun) almashinish buferiga vaqtinchalik qirqib olish.

• CTRL + V – almashinish buferiga nusxalab yoki qirqib olingan biror obyektni biror joyda qo‘llash/joylashtirish.

• CTRL + N – Проводник dasturiga tegishli oynalarda, joriy oynaning alohida nusxasini ochish / qolgan amaliy dasturlarda yangi hujjatni yaratish;

• CTRL + S – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatni diskka saqlash uchun qo‘llaniladi;

• F12 – MS Office amaliy dasturlarida Сохранить как... funksiyasini chaqirish uchun qo‘llaniladi (bunda hujjatni boshqa nom bilan saqlash yoki shunchaki saqlash joyini o‘zgartirish mumkin);

• CTRL + W | CTRL + F4 – MS Office amaliy dasturlari (va boshqa aksariyat dasturlarda) joriy ochilgan hujjatni yopish (dasturning o‘zi yopilmaydi) / Проводник dasturiga tegishli oynalarni yopish uchun qo‘llaniladi (ALT + F4 kabi).

• CTRL + Y – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi bekor qilingan harakatni qaytarish;

• CTRL + Z – Windows'ning amaliy dasturlarida so‘nggi amalga oshirilgan harakatni bekor qilish;

• CTRL + HOME – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning boshiga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining boshiga o‘tish.

• CTRL + END – Windows'ning amaliy dasturlarida hujjatning oxiriga tezkor o‘tish / Проводник dasturiga tegishli oynalarda papka va fayllar ro‘yxatining oxiriga o‘tish.

• WIN + E – Проводник (Explorer) dasturi oynasini chaqirish (Windows 7'da "Мой компьютер" oynasidagi disklarni ko‘rsatadi, Windows 10'da esa "Быстрый доступ" oynasini chaqiradi, bu esa biroz noqulay, buni Windows 7'dagi kabi ochilishini sozlash uchun maqola).

• WIN + D – ishchi stol (Рабочий стол)ga tezkor o‘tish uchun barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)ga tushirish, yoki barcha oynalarni yana o‘z joyiga tiklash/qaytarish.

• WIN + HOME – faol turgan oynadan boshqa barcha oynalarni vazifalar paneli (Панель задач)га tushiradi. Qayta bosilganida barcha oynalar yana o‘z joyiga, ya'ni faol turgan oynaning ortiga qaytadi.

• ALT + TAB – ochilib turgan oynalar bo‘ylab o‘tishga imkon beradi. ALT klavishini bosib, ushlab turgan holda bir necha marotaba TAB klavishi bosiladi, kerakli oynaning tasviri ustiga kelgan paytda klavishlar qo‘yib yuboriladi.

O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi?

Kanalimizdagi ushbu rukn ostida joylashtirilgan postlar bilan tanishing:
• Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan qaynoq klavishalari
• Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Windows 7 ning barcha qaynoq klavishalari
• Win+R yordamida ishga tushiriladigan komandalar
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Internetda tezkor ishlash uchun 38ta klavishalar kombinatsiyalari
• YouTube qaynoq klavishlari
Photoshop’da unumli ishlash uchun 55 klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop’da ishni tezlashtirish va qulaylashtirish uchun klaviatura kombinatsiyalari
• Telegram Desktop dasturida matnni formatlash uchun klaviatura kombinatsiyalari
Klaviaturaning ishlash holatini tekshirish
• Klaviaturada tez va bexato yozishni o‘rganamiz...
• Klaviaturaning siz bilmagan elementar jihati
• “СОЛО на клавиатуре 3 в 1” dasturi
• Klavus - lotin va kirill alifbosidagi o‘zbekcha klaviatura
Siz ahamiyat bermagan, sehrli “SHIFT” klavishi
• Punto Switcher dasturi
• Fayl yoki papkaning xususiyatini (Свойства) ekranga chaqirish bo‘yicha
• Obyektlarni nusxalash, bir joydan ikkinchisiga ko‘chirish va yorlig‘ini yaratish usullari to‘g‘risida

@itspecuz | Mundarija
2.4K views07:25
Ochish/sharhlash
2021-12-20 18:40:00 #operatsion_tizim #tarmoq #internet #security

Windows'dagi dasturga Internetdan foydalanishni taqiqlash

Barcha dasturlar uchun ham Internetdan foydalanish muhim emas. Shunday bo‘lsa-da, ularning ba’zilari yangilanishlar mavjudligini tekshirish yoki xizmatchi ma’lumotlarni yuborish kabi harakatlari bilan faol tarzda trafikni sarflab keladi. Bu esa ayniqsa limitli ulanishdan foydalanish paytida (masalan, smartfondan Internet tarqatilayotganida) yoqimsizdir.

Bunday holatlar uchun Windows'da muayyan dasturga Internetdan foydalanishni butunlay yoki muayyan tarmoqlarga ulanish vaqtida cheklash imkonini taqdim etuvchi ichki funksional mavjud.

Buning uchun quyidagi harakatlar ketma-ketligi amalga oshiriladi:

. WIN + R klavishlari birikmasi yordamida “Выполнить” oynasini ekranga chaqiramiz va unga firewall.cpl buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosish orqali Брандмауэр'ni ishga tushiramiz.

. “Дополнительные параметры” ustiga bosamiz va “Правила для исходящего подключения” bandini tanlaymiz.

. O‘ng qatordagi “Создать правило” bandiga bosamiz.

. “Для программы”ni tanlaymiz.

. Interneti bloklanishi lozim bo‘lgan dasturga yo‘l ko‘rsatamiz.

. “Блокировать подключение” bandi qarshisiga qushcha belgisini o‘rnatamiz.

. Agar kerak bo‘lsa, ushbu qoida amal qilishi lozim bo‘lgan muayyan tarmoqlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

. Kelajakda topish osonroq bo‘lishi uchun qoidani albatta aniq nomlang va tavsiflang.

. “Готово” tugmasini bosing.

Manba: @tech_lifehacks

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views15:40
Ochish/sharhlash
2021-12-20 16:10:17
Biror fan yoki tilni oson tartibli o'rganishning samarali yo'llaridan biri bilan tanishamiz

@novqaTalimbot
- sizga barcha fanlardan bepul va saralangan video darslarni taqdim etadi. Har bir video dars alohida tugmada chiroyli bo'lib joylashgan, foydalanish uchun juda qulay, sodda va tez.

Botning afzalliklari:
25 mingdan ortiq ro'yxatdan o'tganlar
Har bir video dars muallifning ruxsati bilan joylangan
Doimiy tarzda video darslar joylanadi
Majburiy a'zolik yo'q

@novqaTalimbot
1.9K views13:10
Ochish/sharhlash
2021-12-20 13:10:00 #smartfon #android #maslahat

Smartfon operativ xotirasini 3 Gb'ga oshirish

Ushbu funksiya Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlarining ko‘plab modellari uchun MIUI'ning yangilangan 12.5 versiyasining chiqishi tufayli tobora mavjud bo‘lib bormoqda.

Operativ xotiraning kengaytmasini faollashtirish niyohatda oddiy:

. “Настройки”ni oching va undagi “Дополнительные настройки” bo‘limiga o‘ting.

. Agar Memory Extension (yoki “Расширение памяти”) bo‘limini ko‘rsangiz u bo‘ylab o‘ting va ushbu opsiyani faollashtiring.

. Smartfonni qayta yuklang (“Перезагрузить”) va sozlamalarda umumiy operativ xotira hajmini tekshiring — agar u ko‘paygan bo‘lsa, demak siz barchasini to‘g‘ri bajargansiz.

Manba: @guide_it

Smartfon rukni ostida joylashtirilgan qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism.

@itspecuz | Mundarija
2.3K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-20 10:30:00
#operatsion_tizim #maslahat

USB-saqlash qurilmasining ishini tezlashtiramiz

Boshlanishiga qurilmani kompyuteringizga ulang. Проводник'ni ishga tushiring va ulangan qurilma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan menyudan Свойства bandini tanlang. Оборудование varaqa (вкладка)siga o‘ting, ro‘yxatdan o‘z qurilmangizni tanlang va Свойства tugmasini bosing.

So‘ngra oynada Политика varaqa (вкладка)si paydo bo‘lishi uchun Изменить параметры tugmasini bosing va unga o‘ting. Политика удаления bo‘limida Оптимальная производительность'ni tanlang, Политика кэширования записей bo‘limida esa Разрешить кэширование записей для этого устройства bandini faollashtiring.

Manba: @computer_life

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Fleshkalarga oid postlar ro‘yxati ulashilgan postimiz

@itspecuz | Mundarija
2.4K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-20 08:20:01
#bilasizmi #mulohaza_uchun #texnologiya

OpenAI yangi DALL-E neyrotarmog‘ini taqdim etdi - u matnli tavsifga ko‘ra rasmlarni yaratadi. DALL-E GPT-3 neyrotarmog‘i arxitekturasida yaratilgan va ingliz tilida taqdim etiluvchi matnli so‘rovlarga ishlov bergan holda, rasmlarni generatsiya qila oladi.

Masalan, DALL-E “avokado shaklidagi kreslo” so‘roviga binoan rasmlar to‘plamini yarata oladi. Neyrotarmoq murakkab abstrakt kombinatsiyalarni tushunadi, rasmlarning uslubini o‘zgartira oladi, shuningdek realistik foto va mavjud bo‘lmagan obyektlarni yaratishga qodir.

@itspecuz | Mundarija
2.2K views05:20
Ochish/sharhlash
2021-12-19 20:10:18 #operatsion_tizim #internet

Windows brandmaueri yordamida kompyuterda saytga kirishni bloklash

Saytga kirishni bloklash uchun biz "hosts" faylini tahrirlash usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu haqda bu yerda o‘qishingiz mumkin. Agar ushbu usul bilan sizda muammolar yuzaga kelsa, unda saytga kirishni Windows brandmaueri yordamida bloklash variantini ko‘rib chiqamiz.

. Boshlanishiga saytning IP-manzilini aniqlash lozim. Buning uchun WIN + R klavishlari birikmasi yordamida "Выполнить" oynasini chaqirib, cmd buyrug‘ini kiriting, ENTER klavishini bosgan holda Buyruq satri (Командная строка)ni ishga tushiring va unga ping sayt_manzili buyrug‘ini kiritib, uning bajarilishi uchun ENTER klavishini bosing. Saytning IP-manzilini o‘zingiz uchun nusxalab oling.

. 1-bosqichdagi kabi "Выполнить" oynasini chaqirib, unga control buyrug‘ini kiritib, ENTER klavishini bosgan holda Панель управления oynasini oching. Ushbu oynadan Брандмауэр Защитника Windows'ni topib ishga tushiring va oynaning chap tomonida Дополнительные параметры bandi ustiga bosing.

. Keyingi ochilgan oynaning chap tomonida Правила для исходящего подключения bandi ustiga bosing. So‘ngra o‘ng tomondagi Действия panelida Создать правило'ni ustiga bosing. Настраиваемые qoida turini tanlang va Далее'ni bosing.

. Oynaning chap tomonida Область'ni tanlang. Указанные IP-адреса'ni ko‘rsating. Добавить tugmasini bosing. 1-bosqichda nusxalab olingan IP-manzilni bu yerga kiriting va OK tugmasini bosing.

. Oynaning chap tomonida Действие'ni tanlang va Блокировать подключение'ni belgilang.

. Имя bo‘limida istalgan nomni kiriting va Готово tugmasini bosing.

Manba: @pcTeapot

Operatsion tizim rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism

@itspecuz | Mundarija
1.3K views17:10
Ochish/sharhlash
2021-12-19 18:31:25 #bilasizmi #internet

“Gugol” soni

Katta sonlarga qiziqadiganlar bo‘lsa, bu so‘zni eshitgan bo‘lishi mumkin.

Gugol — bu bitta 1 va yuzta 0 raqami bilan ifodalanadigan son.

10¹ºº = 10 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000.

Qizig‘i, Google kompaniyasining nomi aynan shu gugol (googol) so‘zining o‘zgargan shakli hisoblanadi. Ushbu qidiruv xizmati asoschilari avval googol nomini ishlatmoqchi bo‘lishgan, ammo ro‘yxatdan o‘tish jarayonida bu domen band ekanligining guvohi bo‘lishgan.

Manba: @xatoliklar

@itspecuz | Mundarija
1.8K views15:31
Ochish/sharhlash