Get Mystery Box with random crypto!

IT specialist

Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist I
Telegram kanalining logotibi itspecuz — IT specialist
Kanal manzili: @itspecuz
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 14.53K
Kanalning ta’rifi

Kompyuter va smartfon olamidagi yangiliklar, foydali maslahatlarni kuzatib borishga qiziquvchi asl muxlislar uchun maxsus kanal.
Mundarija: t.me/itspecuz/4939
Reklama bo‘yicha: t.me/techno_ads/15
Murojaatlar uchun:
@itspecuz_comment_bot

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 108

2021-12-16 13:10:14
#smartfon #android

Duplicate Files Fixer — ushbu ilova xotirada qo‘shimcha makon hosil qilish uchun qaytariluvchi (dublikat) fayllarni izlab topadi va o‘chiradi. Android 4.1+. Pro-versiya.

Duplicate Files Fixer v4.5.1.29 mobil ilovasini yuklab olish.

Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism.

@itspecuz
2.2K views10:10
Ochish/sharhlash
2021-12-16 10:10:16
#bilasizmi #mulohaza_uchun #operatsion_tizim #software #smartfon #android #iOS

O‘rganish uchun Top-7 mobil ilovalar ro‘yxati

1. Timetable (Android uchun)
2. Evernote (iOS, Windows Phone va Android uchun)
3. FBReader (Windows, Android va boshq.)
4. MyScript Calculator (Android va iOS uchun)
5. Duolingo (Android va iOS uchun)
6. Wikipedia Mobile (Android, Windows Phone, iOS uchun)
7. Words (Android va iOS uchun)

Ilovalarni App Store va Play Market'lardan izlab ko‘ring va yuklab oling

Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Ingliz tili bo‘yicha maslahatlar, dasturlar va mobil ilovalar
• Foydali mobil ilovalar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.4K views07:10
Ochish/sharhlash
2021-12-16 07:20:02
#mulohaza_uchun #internet #IT_humor

Ta’tildan qaytib, E-mail'dagi kiruvchi xabarlar papkasini ochganingda...

@itspecuz | Mundarija
2.4K views04:20
Ochish/sharhlash
2021-12-15 18:10:00 #internet #maslahat

Brauzer ishlashini tezlashtirish

Hattoki kuchli shaxsiy kompyuterning baxtli egasi bo‘lsangiz ham, vaqt o‘tishi bilan brauzeringiz baribir qotib ishlashni boshlaydi. Tushkunlikka tushish oldidan o‘qing: buning sabablaridan biri — profil ma’lumotlari bazasining fragmentatsiyasidir. Juda professional terminologiya deysizmi? Hechqisi yo‘q! Mashinani haydash uchun uning ichki tuzilishini bilish muhim emas.

SpeedyFox — bu brauzer ishlashini tezlashtirish uchun qulay yordamchi dastur. “Fox? Gap Mozilla haqida boryaptimi?” — deyishingiz mumkin. Yo‘q! Ro‘yxatga Chrome, Opera, “Yandex.Browser” va boshq. kiradi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya Thunderbird kabi pochta mijozlari bilan ishlay oladi.

Ma’lumotlarning yuklanishi vaqti 3 marotaba qisqaradi. 3 MAROTABA, KARL! Dastur papkalar, zakladkalar, sozlamalar, cookies, jurnallar va boshq. uchun sqlite-bazalarini optimallashtiradi. Shuningdek bo‘sh yacheykalar va fayllar o‘chiriladi. Eslatma: bu muhim ma’lumotlarning yo‘qolishiga olib kelmaydi.

Yana bir bora ta’kidlaymiz: yordamchi dastur profilingiz (ya’ni zakladlalar, parollar, yuklanishlar tarixi va boshq.) uchun 100% xavfsiz. Uslub puxta hujjatlashtirilgan, dunyo bo‘ylab millionlab kompyuterlarda sinovdan o‘tkazilgan. Xo‘sh, tezlikni qo‘shamizmi?

Manba: @GooogleTM

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Qotib ishlayotgan Chrome’ni tezlashtirishning 11 usuli
• Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!
• Chrome – eng “ochofat” brauzer, lekin siz uning “nafsini jilovlay” olasiz!
• Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?
• Google Chrome brauzerida varaqa (вкладка)larning avtoyangilanishini o‘chirib qo‘yish
• Chrome'da varaqa (вкладка)larni oldindan ko‘rish panelini faollashtirish
• Google Chrome'dagi barcha sahifalar manzilini bir harakatda nusxalash
• Google Chrome'dan foydalanish uchun parol o‘rnatish
• Brauzerda cookie’ni boshqarish uchun kengaytma
• Brauzer varaqa (вкладка)lari bilan ishlashni osonlashtiruvchi klavishlar birikmalari
• Brauzerda videoning qotib ishlashi
• 23 foizga tezlashgan Google Chrome endi kuniga 17 yillik protsessor umrini tejaydi!
• Dasturlarni tezkor ishga tushirish siri
• Windows’ga o‘rnatilgan vositalar yordamida kompyuterning ishlashini tezlashtirish mumkinmi?
• Windows 10’ni tezlashtirish uchun 10 maslahat
• PC ishlashini tezlashtirishning 10 usuli
• Android operatsion tizimi o‘rnatilgan smartfonning ishlashini tezlashtirish

@itspecuz | Mundarija
1.8K views15:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:10:00
#operatsion_tizim #software #security

Windows'da berkitilgan faylni yaratish

Agar kompyuteringizda begona ko‘zlardan berkitish lozim bo‘lgan muhim fayllar mavjud bo‘lsa, Hidden File Finder dasturidan foydalanib ko‘ring.

Fayllarni berkitishdan tashqari dastur avtomatik ravishda kompyuterdagi berkitilgan fayllarni aniqlaydi, shuningdek, agar kerak bo‘lsa, ularni ko‘rinadigan qiladi.

Shuningdek siz HTML formatida tekshiruv haqidagi hisobotni yarata olasiz, ish yakunlanganidan keyin dastur berkitilgan fayllarni ko‘k rangda belgilaydi. Barcha aniqlangan fayllar qulay ro‘yxatda ko‘rsatiladi.

Manba: @guide_it

Hidden File Finder v8.0 dasturini yuklab olish.

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Operatsion tizim rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism | 4-qism | 5-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.2K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 12:10:00 #word

Mavjud uslubni o‘zgartirish

Word dasturining Главная varaqa (вкладка)sida matnni formatlash uchun xizmat qiluvchi ko‘plab uslub (стиль)lar mavjud bo‘lib, ularning har birini o‘zingizga moslashtirib sozlab olishingiz mumkin. Bu uchun kerakli uslub ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib Изменить... bandi tanlanadi.

Ochilgan oynada ushbu uslubga nom berish, uning shrifti, o‘lchami, rangi, shaklini, joylashuvi, intervallarini belgilab o‘tishingiz mumkin.

Oyna ostidagi tugmalar orqali ushbu uslubni faqat ushbu fayl yoki ushbu shablondan foydanaluvchi barcha hujjatlarga nisbatan qo‘llash lozimligini ko‘rsatib ketish imkoni bor.

Manba: @hacks_office

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• O‘z matn uslubimizni yaratamiz va sozlaymiz
• Word'da bir necha soniyada mundarija yaratish (1-usul)
• Mundarija yaratish (2-usul)
• Microsoft Word rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.4K views09:10
Ochish/sharhlash
2021-12-15 09:30:05
#mulohaza_uchun #dasturlash #IT_humor

Ha, CSS bilan bilib-bilmay o‘ynashmagan ma’qul...

@itspecuz | Mundarija
2.6K views06:30
Ochish/sharhlash
2021-12-15 06:30:00 #bilasizmi #telegram #android #iOS

Telegram 2021-yilda dunyo boʻylab oʻsish boʻyicha yetakchiga aylandi

Appannie tahliliy firmasining eʼlon qilgan xulosasiga ko‘ra, Telegram 2021-yilda oylik foydalanuvchilar soni bo‘yicha barcha ilovalar orasida birinchi o‘rinni egalladi. Bundan tashqari, Telegram eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida yettinchi bo‘ldi.

Pavel Durov bunday statistik ma’lumotlardan xursand bo‘lib o‘z kanalida fikr bildirdi va Telegram’da joriy yilda boshqa ilovalar orasida eng ko‘p faol foydalanuvchilar bazasi o‘sganligini ham qo‘shimcha qildi:

“ Telegram is the fastest growing mobile app in 2021, leading this year’s Top Breakout Chart by Appannie.

This means that the number of active users on Telegram increased faster than on any other mobile app in the world.

2021 will be remembered as the year when people
grew tired of being disrespected by greedy corporations and chose the privacy and consistency of Telegram.

And yet, there's so much more that we have in store for you. Thank you for joining Telegram early and taking this incredible journey with us ”

Manba: @tginfo | @durov

Telegram ilovasi haqida foydali maslahatlar mundarijasi keltirilgan postlarimiz bilan ham tanishing: 1-post | 2-post

@itspecuz | Mundarija
2.9K views03:30
Ochish/sharhlash
2021-12-14 19:10:00
#word

Hujjatning istalgan joyiga sichqoncha kursorini o‘rnatib matn kiritish

Word'ning so‘nggi versiyalarida qulay opsiya mavjud. Matn kiritishni sahifaning istalgan joyidan boshlash mumkin. Buning uchun shunchaki kerakli joyga ikki marta bosish kifoya.

Agar u-bu sabablarga ko‘ra dasturdagi ushbu opsiya sizga noqulaychilik tug‘dirsa, uni faolsizlantirish oson. Buning uchun “Файл” -> “Параметры” ketma-ketligi bo‘ylab o‘tib, ochilgan oynaning chap tomonidagi “Дополнительно” bo‘limini tanlanadi va undagi “Разрешить свободный ввод” bandidan qushcha belgisi olib tashlanadi.

Manba: @office_killer

Microsoft Word rukni ostidagi qolgan postlarimiz ro‘yxati bilan ham tanishing: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
1.6K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:10:00
#tarmoq #internet #security

Wi-Fi'da shifrlash turlari

. OPEN – bu himoyaning mavjud emasligi.

. WEP (Wired Equivalent Privacy) – shifrlashning dastlabki turlaridan biri. WEP'dagi parollar — 40 yoki 104 bitdan iborat bo‘lib, bu kombinatsiyaning juda qisqaligini anglatadi va uni bir necha soniyada aniqlash mumkin.

. WPA и WPA2 (Wi-Fi Protected Access) – hozirgi kunda shifrlashning eng zamonaviy turlaridir. Parolning uzunligi ixtiyoriy, 8 dan 63 baytgacha, bu uni aniqlashni juda qiyinlashtiradi.

. WPS/QSS – mijozga 8 simvolli raqamlardan iborat kod (PIN) orqali foydalanish nuqtasi (точка доступа)ga ulanish imkonini beradi.

Manba: @computer_life

Qo‘shimcha sifatida tanishish va foydalanish tavsiya etiladi:
• Tarmoq rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism
• Internet rukni ostidagi barcha postlar ro‘yxati: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Axborot xavfsizligi rukni ostidagi barcha postlar: 1-qism | 2-qism

@itspecuz | Mundarija
2.1K views13:10
Ochish/sharhlash