Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.98K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 26

2022-08-15 05:45:18 Maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha yordamchi qidirmoqdaman!

Ilmiy ishimga aloqador masalada maʼlumotlarni yigʻish uchun yordamchi qidirmoqdaman. Yordamchi uchun talablar: 1) ingliz tilida oʻqishni va yozishni bilish, 2) excel yoki stata kabi maʼlumotni tahlil qiladigan dasturda ishlashni bilish, 3) startuplar va texnologiyalarga qiziqish, 4) googleda yaxshi qidirishni bilish.

Agar barcha talablarni qoniqtirsangiz, iltimos elektron pochtamga murojaat qiling: khoshimov@wisc.edu.

Umuman tadqiqot va ayniqsa empirik tadqiqotlarga qiziqish boʻlgan odamni qidirmoqdaman.

Iltimos shu xabarni tanishlarga yoki doʻstlaringizga ham yuboring. Talabalarga qiziq boʻlishi mumkin.
12.4K views02:45
Ochish/sharhlash
2022-08-13 19:42:17 Podkastimizning yangi epizodi chiqdi. Talablarga binoan, endi YouTubeda ham uni olib boramiz va video formatida yuklab boramiz. Tomosha qilish va obuna uchun havola:





Podkastning audio formati esa har doimgi platformalarda:

Apple Podcasts, Spotify, Podbean, Yandex Music, Stitcher

Agar siz suhbatning boshidagi ma’muriy e’lonimizga javob bermoqchi bo’lsangiz bizning telegramdagi botlarimizga yoki shaxsiyga murojaat qiling.

https://t.me/uzbekonomics
14.7K views16:42
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:11:26 Radarimda kuzatayotgan jarayonlardan biri bu Nyu York shahrida, aniqrog’i, Manhattanda congestion pricing amalga tadbiq qilinishi. Ya’ni, shaharning ma’lum joylari, markaziga mashina kirishini pullik qilish amaliyoti. Nyu York shu bilan AQShda birinchi shahar bo’ladi, bunday amaliyotni joriy etayotgan (London misolini ko’ring). Jarayon oldingi siljimoqda, lekin jamoatchilikda qarama-qarshi fikrlar bor, ayniqsa shahar avtomobilchilar uchun bo’lsin deydiganlar.

Congestion pricing - tirbandlikni narxlash siyosati yo’llarni mashinadan erkinlashtirish, ortiqcha haydovchilarni, ortiqcha borib-kelishlarni qisqartirishning eng samarali yo’llaridan biri. Bu degani hech kim mashina haydamasin degani emas, balki tanqis bo’lgan tovar, shahar markazidagi yo’llar/o’tkazish xajmini to’g’ri narxlash degani. Mashinani shahar markaziga haydab kiring bemalol - narxini to’lagan holda. Masalan, taklif bo’yicha Manhattan markaziy ko’chalariga kirish $23 qilib belgilansa mashinalar soni 20% ga kamayib shahar byudjetiga 15 milliard dollar tushum bo’lar ekan. Tushum esa jamoat transportini rivojlantirishga yo’naltirilar ekan. Eng muhim tarafi esa, mashina haydashi shart bo’lgan, noiloj mashina haydashga majbur bo’lganlarning hayoti ancha yaxshilanadi. Yo’llar bo’shroq, xafsizroq bo’lib istalgan manzilga oldingidan ko’ra tezroq imkoniyati paydo bo’ladi.

Aslida, Manhattanda yashaydiganlar shaharda mashinada yurmaydilar, va ularning aksariyatida mashinasi ham yo’q. Chunki, Manhattan ichida va unga kirib-chiqishda mashina haydash bu eng sekin, eng noqulay, eng qimmat va eng zararli transport turi hisoblanadi. Mashina qo’ygani joy topishni aytmasa ham bo’ladi. Ana endi, undan ham qimmatroq bo’ladiganga o’xshaydi. Nyu York metrosi esa ko’rinishi, rangi, hidi juda eski bo’lsa ham shahardagi eng samarali harakatlanish vositasi hisoblanadi.

@uzbekonomics
7.5K views17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-05 23:03:23 Bu iqtisodiy turg’unlikmi? Qachon iqtisodiy turg’unlik boshlanadi? degan savollar AQShda darhaqiqat ko’p yangramoqda.

Menimcha bu savollarga javob qanday bo’lishining farqi yo'q, ya’ni rasmiy ravishda hozir retsessiya yoki retsessiya
emasligini tan olishning unchalik ahamiyati yo’q deb o'ylayman. Iqtisodiy vaziyat qanday va kim tomonidan nomlanishidan qat’iy nazar, faktlar va raqamlar o’zlari hammasini gapirmoqdalar. Hozirgi iqtisodiyotni faktlari shundaki, yuqori inflyatsiya darajasi odamlarni qashshoqroq qilmoqda va foiz stavkalarining oshishi investitsiyalarni sekinlashtirmoqda, to’xtatmoqda. To’g’ri, bularning barchasi - retsessiya alomatlari- ishsizlikning nihoyatda pastligi sharoitida sodir bo’lmoqda. Bugun chop etilgan ish bozoridagi ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, ish beruvchilar biz retsessiyadamiz deb o’ylamayaptilar. Yuqoridagilarni inobatga olib, sartaroshxona va ko’chmas mulk idoralari o’rtasida joylashgan binodagi iqtisodchilar iqtisodiyotga hozir qanday nom berishlari kundalik hayotda ko’p narsani o’zgartirmaydi. Bilasiz, yalpi ichki mahsulot raqamlari chop etilgandan so’ng ular cheksiz ravishda reviziya qilinadi, qayta ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, YaIM uchun hozirda iqtisodiyotdan tashqari idiosinkratik faktorlar juda ko’p.

Men boshqa narsa haqida yozmoqchi edim. Aslida retsessiya haqidagi kutilmalar va qo’rquvlar retsessiyaga olib kelishi mumkin (inflyatsion kutilmalar inflyatsiya darajasiga ta’sir qilgani kabi). AQSh iqtisodiyotining asosiy drayveri bu iste’molchi xarajatlari, ular esa hozircha sog’lom darajada. Uy-xo’jaliklari jamg’armalari ham sog’lom darajada. Lekin, iste’molchilarning katta qismi keyingi davrda retsessiya boshlanishiga ishonsalar va ularda bunday qo’rquv bo’lsa ular bugun xarajatlarni qisqartirishni boshlaydilar, korxonalar ishchilar sonini, ishlab chiqarishni, sarmoyalarni qisqartirishni boshlaydilar. Qarabsizki bu kutilma/qo’rquv haqiqiy retsessiyaga yetaklaydi.

AQSh markaziy banki uchun ham hozirda iqtisodiyot tanazzulga rasman yuz tutganmi yoki yo'qmi, buning ahamiyati katta emas. MB uchun asosiy muammo hozir jilovdan chiqib ketayotgan inflyatsiya darajasi va isib ketgan iqtisodiyot. Bugun chiqqan raqamlarga ko’ra maoshlar inflyatsiyasi ham oshgan, bu muqarrar edi. Talab va narxlarning oshib borayotgan sur’atini kamaytirishga qaratilgan chora - stavkalarning oshishi - talab va iste’molchi xarajatlarini keragidan ham ortiq korreksiya qilib yuborishi ham mumkin. Stavkalarni birdaniga 3-4%dan emas, bosqichma-bosqich 0.25-0.75%dan ko’tarilayotganining sababi ham shunda. MBning hozirgi ishi yuvelir yoki plastik jarrohnikiga o’xshatsa bo’ladi. Inflyatsiya darajasi pasayganidan so’ng MBda retsessiyaga qarshi instrument mavjud bo'ladi, bu esa stavkalarning balandligi. Ya’ni, stavkalarni tushirishga koridor borligi, sur’ati sekin bo’lsa ham lekin musbat raqamlarda o’sishga turtki qilsa bo’ladi.

Kutilgandan ham ko’p ish o’rinlari yaratilganligi, va umuman ishsizlik darajasi pastligi haqidagi raqamlardan so’ng nima uchun bozorlar salbiy kutib oldilar? Teskarisi bo’lishi kerak emasmi aslida deb so’rashingiz mumkin. Fond bozori uchun bu yaxshi habar aslida yomon habar. Sababi, investorlar MB stavkani sentyabrda yanada oshirishidan qo’rqmoqdalar. Kuchli ish bozori hisoboti va yuqori inflyatsiya darajasi MB uchun ideal sharoit - qo’rqmasdan kattaroq risk olib stavkalarni yanada oshirishga. Fond bozoriga va aksiya narxlariga bu salbiy ta’sir qiladi.

Xullas, dolzarb muammo bu inflyatsiya. Retsessiya tamg’asining ahamiyati katta emas. Retsessiya kutilmalari retsessiya ehtimolligini oshirishi mumkin. Aksiya/fond bozori esa kutilmalar bozori, va aktivlarning narxlari investorlarning kelajakdagi kutilmalariga bog’liq.

@uzbekonomics
8.5K views20:03
Ochish/sharhlash
2022-08-05 22:58:35
Hozir safarda AQShning Siettl shahrida edim va bir narsa juda e’tiborimni tortdi. Shahar markazidagi masjid juda ham obod va chiroyli ekan, lekin menga eng yoqqani, masjid shu shaharning memorchilik ananasida barpo etilgani bo‘ldi.

Masjiddagi memorchilik g‘oyasi - g‘arbiy qirg‘odagi juda ko‘p binolar bilan hamohang va to‘ldiruvchi. Binoni ichi texnologik bir korxonani ofisiga ham o‘xshab ketadi. Odatda g‘arbdagi masjidlar, qaysidir sharqiy madaniyat memorchilik an’analarida barpo qilinadi, masalan, arab yoki turk dizayni va naqshlari ko‘zga tashlanadi. Bu masjid aynan shimoliy- g‘arbiy qirg‘oq ananalarida qurilgani menga shaxsan juda yoqdi. Boshqacha bo‘lar ekan.
7.8K views19:58
Ochish/sharhlash
2022-08-05 07:50:34 Yaxshi ko’rsatuv bo’libdi. Tavsiya qilaman.



8.5K views04:50
Ochish/sharhlash
2022-07-28 17:35:18 AQShda retsessiya bo‘lishi dunyo uchun yaxshi yangilik emas.

Agar bordiyu retsessiya bu yili bo‘lsa - juda qiziq bo‘ladi.

Ishsizlik juda past va yangi ish joylari ochilishi surati juda baland. Bo‘sh ish joylari ko‘p paytida retsessiya bo‘lganini eslay olmadim.

“Bu safar boshqacha” degan gapni eslashga majburmiz.
12.3K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash