Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2022-10-10 21:41:24 Klassik qo’shiq. Nishonlash uchun.

1.1K viewsedited  18:41
Ochish/sharhlash
2022-10-10 18:13:42 Klassik qo’shiq. Nishonlash uchun.



3.1K views15:13
Ochish/sharhlash
2022-10-10 17:42:27 Yaxshi yangilik! Lekin 40-50 km/s ga tushirish kerak. Hozirgi eskperimentni ma’nosini tushunmayapman - qanday tekshirishar ekan samaradorligini.

https://t.me/the_bakiroo/5586
3.5K views14:42
Ochish/sharhlash
2022-10-10 17:00:39 Nobel Mukofoti haftaligi boshlandi. Meni taxminlarim har yili o‘sha-o‘sha. Syusan Ateyni qo‘shar edim (Kard olgani uchun uni olib tashlash kerak). Syusan Atey olsa boshqa tarmoqlar iqtisodiyotiga doir (BLP model, demak Pakes) olishi kerak. Hali ham Manskiy…
3.7K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-10-10 16:33:42 Keyingi hafta iqtisoddan Nobel Mukofoti eʼlon qilinadi. Shu haqida oʻzimni taxminlarimni yozib qoʻyay, koʻramiz qanchalik adashaman. Bu yerda Nobel mukofotini olish ehtimoli katta famililardan (inglizchada): 1. Douglas Diamond — moliya uchun. 2. Ernst Fehr…
3.8K views13:33
Ochish/sharhlash
2022-10-10 16:31:35 ​​Bu yilgi Nobel mukofoti "banklar va moliyaviy inqirozlar bo'yicha tadqiqotlar uchun" Bernanke, Diamond va Dybvigga berildi.

Nima ishlari uchun? Ben Bernanke Markaziy bank raisi sifatida tanilgan, ammo u uzoq va ta'sirli tadqiqot karyerasiga ega mutafakkir va tadqiqotchi. Bernanke moliyaviy inqiroz va bank ishi bo'yicha juda ko’p ilmiy ish qilgan. 1983 yilda u bank muvaffaqiyatsizliklari moliyaviy inqirozning natijasi emas, balki moliyaviy inqirozni kuchaytirib tashlaydigan vosita ekanligini tushuntirishda asos bo'lgan maqola yozgan.

Diamond va Dybvig banklarning nima uchun mavjudligini, ularning jamiyatdagi roli ularni yaqinlashib kelayotgan bankning qulashi haqidagi mish-mishlarga olib kelishi mumkinligi va jamiyat bu zaiflikni qanday kamaytirishi mumkinligini tushuntiruvchi nazariy modellarni ishlab chiqqan. Shuningdek, qisqa muddatli qarzlarni uzoq muddatli kreditlashga aylantirish jarayoni, banklar o'z qarz oluvchilarni qanday nazorat qilishlari haqida yozishgan. Ushbu tushunchalar zamonaviy banklarni tartibga solishning asosini tashkil qiladi hozirda.

Qisqaroq o’qish uchun:
https://www.nobelprize.org/uploads/2022/10/popular-economicsciencesprize2022.pdf

Batafsil o’qish uchun:
https://www.nobelprize.org/uploads/2022/10/advanced-economicsciencesprize2022.pdf

@uzbekonomics
3.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-10-10 07:49:04 Yana bir ajoyib izoh:

Assalomu alaykum. Tilshunos oʻquvchingizning fikriga qoʻshimcha. Bizda boshlangʻich sinflarda ona tili alohida, oʻqish alohida oʻqitilar edi. Ona tilida tilshunoslik qoidalari oʻqitilar, oʻqishda asosiy eʼtibor oʻqish texnikasi (harf tanish, oʻqish tezligi va h.z.) edi. Yuqori sinflarda ham ona tilida asosiy eʼtibor tilshunoslik edi. Yangi chiqqan boshlangʻich sinflar uchun "Ona tili va oʻqish savodxonligi", yuqori sinflar uchun "Ona tili" darsliklarida matnni tahlil qilish, asosiy tezis va bu tezis uchun dalillarni (supportive arguments) ajratish, oʻzi ham biror bir tezisni asoslovchi matnlar yaratishga (oldingiday badiiy boʻyogʻi kuchli, lekin maʼno yoʻq insholardan farqli) eʼtibor qaratilgan. Lekin ana endi ona tili oʻqituvchilari dod-voy koʻtarmoqda, "bu darsliklar boʻlmaydi" deb. Chunki: 1. Matnni tushunish nima, unga qanday oʻrgatiladi, bilmaydi. 2. Tilshunoslik qoidalarini oʻrgatish osonroq. Eʼtibor bering, IELTS kabi imtihonlarga tayyorlanadigan oʻquvchilar ozmi koʻpmi asosiy tezisni ajratishni biladi, chunki imtihonda bu narsa tekshiriladi. Bizda esa ona tili imtihonlarida tilshunoslik qoidalari va badiiy boʻyogʻi kuchli, oldi qochdi insholar yozish qobiliyati tekshiriladi.
2.5K views04:49
Ochish/sharhlash
2022-10-10 07:10:36 Galeev zamonamizning eng qiziq faylasuflaridan. Koʻpdan beri aytib keladi — rossiyaliklar har qanday matnni asosiy gʻoyasini oʻqishni bilishmaydi deb. Bu postida, rossiyaliklar shunday qilishini sababi — matn tezisini “umuman koʻrishmaganlari uchun” deb aytyapti.…
3.0K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-10-10 06:25:05 Galeev zamonamizning eng qiziq faylasuflaridan.

Koʻpdan beri aytib keladi — rossiyaliklar har qanday matnni asosiy gʻoyasini oʻqishni bilishmaydi deb. Bu postida, rossiyaliklar shunday qilishini sababi — matn tezisini “umuman koʻrishmaganlari uchun” deb aytyapti.

Я давно уже удивлялся почему при обсуждении буквально любого текста россияне упорно игнорируют его центральный тезис. А потом я понял - они его не видят. Потому что они в принципе не умеют отличать важное от второстепенного

Shu fikri bilan qoʻshilaman: ular oʻqishni bilishmaydi emas, haqiqatdan matnni koʻrishmaydi.

Men buni sal kengaytirar edim, deyarli butun post-Sovet maydonida shunday. Oʻqishda ham, yozishda ham, shunday qilishadi: oʻquvchilar deyarli doim markaziy tezisni oʻqishmaydi — chunki koʻrishmaydi. Balki shuni deb ham, yozuvchilar markaziy tezisni berkitib yozishga oʻrganishgan. Bir xil payt tezisni yozishmaydi ham. Menimcha, bu impulsiv boʻlib qolgan — men oʻylaymanki, post-sovet maydonidagi yozuvchilar buni qasddan qilishmaydi.

Shuning uchun, shartli Masha Gessen bilan, rus blogosferasi yoki jurnalistikasining boshqa bir vakilini qalamini solishtirib koʻring. Gessening qalamida yaqqol koʻzga tashlanadigan xususiyati koʻrinadi — doim markaziy tezisni aniq yozadi. Menimcha shu xususiyati aynan uning boshqa maktabdan ekanligini ko’rsatadi. Yozuv tilini ahamiyati yoʻq — usuli farqlanadi. Gessen ruscha yozganida ham, buni koʻrish va sezish oson.

Oʻzbek blogosferasi va deylik gazetalardagi yozish sifatini albatta izohlagim kelmayapti, buni hamma biladi. Lekin umumlashtirish qilib koʻrmoqchiman. Balki ikki xil oʻylashga oʻrganib qolgan jamiyatdagi oʻquvchi — matnni mazmunini boricha qabul qila olmaslikka o’rgangan, shuning uchun, yozuvchi ham, matnni aniq yoza olmaydi. “Kremlinologiya” metodini asosi ham shunda edi — sovet matnlarida tezis mavjudsizligi ustida qurilar edi tahlil.

Boshqa qanday buni umumlashtirishni bila olmayapman. Yaʼni Galeevni kuzatuvi bilan toʻliq qoʻshilaman, bu barcha post-Sovet mamlakatlari va xususan— Oʻzbekistonda, Galeev aytgan kuzatuv Rossiyadan ham ancha chuqur ekanligini ham yaxshi bilaman.

Lekin sababini oʻzim uchun toʻliq tushuntira olmayman. Sizningcha, buni sababi nimada? Yoki Galeevni fikri bilan qoʻshilmaysizmi? Zinovyevni falsafasi orqali qarash kerakmi? Xullas, fikringiz bilan bo’lishing.
3.3K viewsedited  03:25
Ochish/sharhlash
2022-10-09 07:43:34 Xullas, o‘sha gap. Bilaman, bu kanalda shu masala haqida yuz marta yozganman. Lekin qaytarishim kerak. Daraxt kesish uchun jazo juda yengil - ancha og‘irlashishi kerak. Jarimalar ham bir necha yuz barobar ko‘proq bo‘lishi kerak. O‘zbekistonni tajribasini ham ishlataylik - xabar berganlarni ham rag‘batlari bo‘lsin.

Lekin doimgidek, jazoni og‘irlashishigina masalani hal qilmaydi - rag‘batlarni to‘g‘ri qo‘yish ham kerak. Eng katta rag‘batlar nomutanosibligi - hudud rahbarlarida, ya’ni bu masalada ularni qonuniy masuliyatlari umuman yo‘qligi - hozirgi ahvolimizni asosiy sababi.
4.9K viewsedited  04:43
Ochish/sharhlash