Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-09-26 20:26:58 Milovanov bilan urushdan oldingi, Kievdagi suhbatimiz:

3.3K views17:26
Ochish/sharhlash
2022-09-26 20:25:38
Kecha Zelenskiyning maslahatchisi va doʻstim Timofiy Milovanov hamda Chikago universiteti domlalari bilan suhbatlashdik.

Tushunishim boʻyicha, dunyo oʻzgarib boʻldi. Post-Putin Rossiyasi va mintaqa qanday shaklga kelishi asosiy masala (masalan, Rossiya de-militarizatsiya va denuklearizatsiya qilinadimi, chegaralari qanday boʻladi). Ukraina bu jarayonda albatta nihoyatda muhim oʻyinchiga aylanadi va kelajakda Yevropadagi harbiy jihatda eng kuchli va fuqaroviy jamiyat rivojida eng ilgʻor mamlakat boʻladi. Bir muammo lekin mavjud — demografiya. Ukrainaga koʻproq odam kerak — axir urushdan ham oldin tugʻilish koʻrsatkichlari juda past edi.

Yana bir jihatlardan, urushdan soʻngi Ukraina iqtisodiyoti qanday tus oladi? Reparatsiyalarni ishlatilishi kabi masalalar ham mavjud. Xullas, qiziq dunyoda yashamoqdamiz. Kelajak bugundan yaxshiroq boʻlishiga ishonchim komil.
3.5K views17:25
Ochish/sharhlash
2022-09-26 06:19:09 Shahar ichida tezlik 50 (juda bo’lmasa 55) dan oshmaydigan bo’lishi albatta kerak. Lekin bu yetarli emas, eng minimal chora.
3.4K views03:19
Ochish/sharhlash
2022-09-23 23:28:23 Oʻzbekiston Havo yoʻllari, boshqa aviakompaniyalar kabi normal aviakompaniya boʻlganida, hozirgi yuqori talabni qondirib koʻp pul ishlashi uchun va qiyin ahvoldagi odamlarni kulfatdan olib chiqishi uchun, Rossiyadan koʻproq reyslarni yoʻlga qoʻyar edi. Moskva - Toshkent -Tbilisi/Dubai/Yevropa/Osiyo yo’nalishlarida ancha daromad ishlasa bo’lar edi. Turk Havo yo’llari bilan kecha 9 ming dollarga odamlar Moskvadan Istanbulga uchishibdi.
4.7K views20:28
Ochish/sharhlash
2022-09-23 06:01:44 Charlz va Karl masalasida, Ukrainlar ham ruslarning Britaniya qirollarini ismini nemischalash anʼanasidan voz kechishibdi
4.1K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-09-21 17:09:35 Rossiyada mobilizatsiyaning O’zbekistonga bevosita ta’siri shundaki - minglab vatandoshlarimizni ham urushga olib ketish uchun rus hukumati harakat qilmoqda.

Moskva shahar hokimining rasmiy veb saytida shu ishga ko’maklashuvni boshlash haqida e’lon qildi. Bunga sabab yaqinda chiqqan qonunga o’zgarish: agar bir yilik harbiy kontraktga chet ellik qo’l qo’ysa - osonlashtirilgan tartibda fuqarolik oladi. Rossiyada fuqarolik olmoqchi bo’lgan “chet ellik”lar qatoriga, afsuski bizni vatandoshlar ham kiradi. Minglab o’zbekistonliklar har yili fuqarolik olishga ariza topshiradilar. Shu ma’noda, menimcha O’zbekiston hukumati vatandoshlarimizni bu aldamchi yo’l bilan urushga olib ketishlarini yoki ketish uchun bosim qilishlarini oldini olish bo’yicha choralar ko’rishi kerak. Rus hukumati ularni olib ketish bo’yicha choralar ko’rayotganini inobatga olsak ayniqsa dolzarb.
Bu masalada yana bir qiziq tomoni shundaki - har bir Rossiya viloyatiga mobilizatsiya uchun kvotani Rossiya qurolli kuchlari belgilaydi. Ayrim izoh beruvchilarga ko’ra, Moskvadan ketgan “chet elliklar” ham Moskva kvotasiga o’tadi. Ya’ni Moskva hokimining harakatlari shundaki, iloji boricha kamroq Moskvaliklarni urushga olib ketish va o’rnini chet elliklar bilan bosish.
9.1K viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-09-19 22:17:25 Openbudgetni bizni hukumat oxirgi 5 yilda qilgan eng zo‘r loyihalaridan biri deb o‘ylayman. Uni ko‘lami ko‘payishi kerak. O‘zbekistonliklar, ko‘rinib turibdiki, o‘z pullarini o‘zlari taqsimlashlariga nafaqat tayyorlar balki juda zo‘r uddasidan chiqadilar.
9.7K viewsedited  19:17
Ochish/sharhlash
2022-09-15 06:17:01 Bu urush boshlanishidan oldin, twitterda va blogosfereda juda koʻp izohlar bor edi. Koʻpchilik uchun, jumladan Yevropa va AQShlik harbiy ekspertlar uchun ham, Ukraina shunday qattiq qarshilik koʻrsata olishi kutilmagan edi.

Oʻsha mulohazada, bir gipotetik ssenariy bor edi, Rossiya Ukrainani bosib olib, keyin Polsha va boltiq boʻyiga bostirib kirishi haqida yozishayotgan edi ayrim “ekspertlar”. Oʻsha mulohazada, bir haqiqiy harbiy mutaxassis, “Polsha qurolli kuchlari Rus armiyasi bilan pol yuvib tashlaydi” (mop the floor) deb yozgan edi. Uning fikricha, hech qanday NATO kuchlari yordamisiz ham, Polsha va Boltiq boʻyi armiyalari rus qurolli kuchlarini juda tez ishdan chiqarib tashlashi haqida yozgan edi. Uning fikricha, texnologik va boshqaruv metodologiyasi rus armiyasida shunchalik qoloq-ki, xuddi Xitoy bilan Buyuk Britaniya orasidagi birinchi opium urushidek, odamlar sonida 20:1 farq boʻlsa ham, Polsha Rossiya qurolli kuchlarini juda tez ishdan chiqaradi degan gʻoya bor edi. Unga javoban ayrim odamlar Rossiya hatto Fransiya bilan ham urusha oladi deb yozishgan edi, oʻsha haqiqiy mutaxassis, Fransiyani 1/10 kuchiga qarshi bir hafta ham urusha olmaydi deb javob yozgan edi.

Xullas, aftidan oʻsha ekspert haq boʻlib chiqdi. Rus qurolli kuchlari, nafaqat NATO armiyasiga qarshi balki, ozgina NATOdan urushni oʻrgangan va ancha kichikroq kuchga qarshi ham urush qila olmas ekan.

Qiziq tomoni, o'shanda u Ukraina haqida hech narsa yozmagan edi, aynan “Men Ukraina qurolli kuchlarini bilmadim-ku, lekin Polsha...“ deb yozganini eslayman.

Xullas oʻsha ekspertni ismi familiyasini unutdim va twitterdan topa olmayapman. Agar kimdir koʻrgan boʻlsa, aytib yuborsin.

U ekspert mana bu oʻsha payt juda ham mashhur boʻlib ketgan maqolani tanqid qilib yozgan edi.
https://brief.bismarckanalysis.com/p/modern-russia-can-fight-and-win-land?s=w
12.2K viewsedited  03:17
Ochish/sharhlash
2022-09-14 22:28:25 Kelajakdan tarixga nazar.

Putin ketganidan keyin, agar Rossiyada islohotlar boshlansa (yaʼni Shimoliy Koreya boʻlib qolmasa) — ularning asosiy qismi juda ogʻriqli kechadi. Hozirgi holda, Rossiya uchun eng optimistik ssenariyni yozib chiqmoqchiman.

Sanksiyalarni olib tashlashlari uchun, Ukrainaga katta miqdorda rus rezervlari ishlatiladi va juda katta hajmda reparatsiyalar toʻlanadi. Bu degani, ixtiyoriy hukumat harbiy xarajatlarni kesishga toʻgʻri keladi.

Harbiy xarajatlar bilan bir paytda — nihoyatda katta korrupsiyalashgan harbiy sanoat ham qisqarishga majbur boʻladi. Hozirni oʻzida harbiy sanoat va unga yaqin tashkilotlarda 2 milliondan ortiq odam ishlaydi. Bitta RosTexni oʻzida 500 mingdan koʻp ishchisi bor. Lekin bu ham hali hammasi emas. Yangi hukumat juda koʻp keraksiz milliy proektlarni, har xil turdagi bayram va festivallar bilan birga, sunʼiy ravishda davlat oligarxlari tomonidan yaratilgan “importni oʻrnini bosish”ga qaratilgan loyihalarni toʻxtatishiga toʻgʻri keladi. Buni ustiga, “ideologik” xarajatlar kamayadi. Yaʼni propagandani har xil turdagi koʻrinishlari boʻlgan mediadan tashqari, boya aytilgandek, minglab loyiha va tashkilotlarni moliyalashtirishi toʻxtatiladi.

Yana ogʻriqli islohotlardan biri — qonunni muhofaza qiluvchi organlarni soni va koʻlami qisqaradi. Hozirgidek katta repressiv apparatni moliyalashtirish qimmatga tushib ketadi va siyosiy nuqtai nazardan qiyin boʻladi.

Hozirgi paytda davlatga va davlat atrofidagi odamlarga “tegishli” boʻlgan koʻplab infratuzilma obyektlari privatizatsiya qilinadi.

Bularni hammasi, qisqa muddatni ichida, qoʻpol qilib aytsak, millionlab odamlarni eskicha non topish usullarini imkonsiz qilib qoʻyadi. Xuddi SSSR qulaganidan keyin, xarbiylar bozorda savdo qilib, eski komsomol aktivistlari va KGB ishchilari ishsiz qolganidek ahvol boʻlib qoladi. Buni ustiga albatta, sanksiyalar birdaniga olib tashlanmaydi, yaʼni qanchadir payt daromadlar ham oʻsmay turadi. Aytilganidek, kriminal koʻpayishi ham turgan gap.
Shu paytda yana bir ajoyib afsona dunyoga keladi — “Putin davri eng zoʻr edi, toʻq, tinch va hammasi go’zal edi” degan gʻoya mashxurlashadi. Xuddi Sovet imperiyasi qulaganidan keyin, SSSRdagi muzqaymoqni taʼmini sevib yozishganlari kabi, “toʻq Putin yillarini” sogʻinishadi odamlar. Koʻpchilik uchun, oʻsha paytdagi qiyinchiliklar Putin yaratib ketgan tizimning ogʻriqli asoratlari ekanini anglash qiyin boʻladi. Ishonchim komilki, oʻsha eng optimistik ssenariyda hukumatga kelgan yetakchilarni ayovsiz tanqid qilishadi.

Albatta, agar natsionalistik bir yetakchi kelsa, masalan Strelkov/Navalniy kabi gʻoyalarga ega insonlar keyingi Rossiyani boshqarishsa, bunday islohotlarni qilmasliklar mumkin. Shuning uchun ham bu optimistik ssenariy edi.
9.2K viewsedited  19:28
Ochish/sharhlash
2022-09-14 21:23:19 Болагимизда эртак бўларди.
Бир бой ўғлини меҳнатга ўргатиш мақсадида ишга беради. Аммо бола ишламайди ва онасидан пул олиб, маошим деб олиб келиб беради.
Ота ўша пулни печкага ташлаб юборади. Бола индамайди. Шу ҳолат бир неча марта такрорланади.
Охири бола ростанам ишга бориб, бир ой ишлаб, пул олиб келади. Ота бояги ишни такрорлайди. Аммо бу сафар, бола қўлини куйдириб бўлсаям, пулни ўтнинг ичидан олади, «бу пешона терим, нима қиляпсиз» деб йиғлаб юборади.

Қиссадан хисса: Агар туман қишлоқ, худди ҳозир «openbudget»га пул йиққандек, туман бюджетини шакллантирса, ўша йиғилган пулдан ҳокимга қимматбаҳо машина олишга ёки бирор байрам тадбири ўтказишга рози бўлармиди? Худди ўз  маблағидек, зарурий эҳтиёжларга сарфлаш учун қатъий турармиди ёки? Нима деб ўйлайсиз?
Аслида, бюджетдаги барча пуллар ҳам шу шаклда йиғилади, халқнинг пешона теридан, тийинлаб йиғилган солиқлардан шаклланади. Ва қачондир, нафақат очиқбюджет, балки бутун бюджетдаги пулларга шундай муносабат шаклланади, депутатларимиз айнан шу билан, яъни бевосита ўз вазифаси билан шуғулланишни бошлашади. Опенбюджет лойиҳаси эса, мана шуни ҳис қилиш, бюджет маданиятини шакллантиришдаги бошланғич ва муҳим қадамлардан бири.

Шу мавзуда батафсил қуйидаги подкастда тинглашингиз мумкин. Тавсия қиламан:



5.8K views18:23
Ochish/sharhlash