Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 24

2022-09-14 20:45:40 Podkastni 23-soni chiqdi.





Oxirgi haftalarda tashabbusli byudjet (Openbudget) haqida qarama-qarshi fikrlar paydo bo'lmoqda. Ayniqsa ovoz berish/yig'ish jarayoni haqida turli fikrlar mavjud. Bugungi epizodda soliqlar taqsimotida faol ishtirokning muhimligi, nima uchun ushbu loyiha va g'oya mamlakatda parlamentarizmni keyingi bosqichga olib chiqishi haqida suhbatlashdik. Bundan tashqari, markazsizlashtirish, jazo muqarrarligi haqida ham suhbatlashdik.

Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics
5.7K views17:45
Ochish/sharhlash
2022-09-13 22:20:21 Jorj Vashington agar qirol boʻlganida, hozirgi AQShning qiroli kim boʻlishi mumkin ekanligiga qiziqib, uning eng yaqin tirik qarindoshini topishdi.

U odam Texaslik 82 yoshli Pol Emeri Vashington. Oʻsha paytda qurilish taʼminoti kompaniyasining sobiq mintaqaviy menejeri edi.

U haqida maqola bu yerda.

Xulosa qilgim kelmayapti.

https://www.nbcnews.com/id/wbna27075856
9.3K viewsedited  19:20
Ochish/sharhlash
2022-09-12 19:54:02 Konstantin Sonin, Rossiya qanday boʻlishi haqida juda qiziq narsalar yozmoqda. Oʻqishni maslahat qilaman. Uning fikricha fuqaroviy urush va banditizmni rivojlanishi uchun barcha masalliqlar tayyor.

Hozirgi vaqtda bir narsa eʼtiborli — rus qurolli kuchlari va xavfsizlik organlariga kelayotgan insonlarni asosiy motivi iqtisodiy boʻlgan. Yaʼni imtiyozli uy olish, yaxshi oylik va 45 yoshdan pensiyaga chiqib yaxshi pensiya olish imkoniyati juda zoʻr taklif boʻlgani uchun, kambagʻal viloyatlardan koʻpchilik aynan harbiy va xavfsizlik formalarini kiyishga shay boʻlishgan edi. Aytmoqchi, Rossiya tarafda urush qilayotgan oʻzbeklar ham, iqtisodiy sabablarga koʻra qoʻshilishgan edi. “Dokumentlarni” qilib olish va rus mehnat bozorida ishlash, afsuski koʻp oʻzbekistonliklar uchun ham jozibador taklif boʻlib kelmoqda.

Endi qarang, Sonin toʻgʻri aytmoqda, urush tugaganidan soʻng, amaldagi Rossiya tuzgan kontraktlarni keyingi hukumat — uning ideologiyasi qanday boʻlishiga qaramasdan amal qilmaydi (qila olmaydi chunki). Xuddi Sovet tizimi qulaganidan keyin, imtiyozli roʻyxatdan kvartira olish istagida turgan minglab soldat va ofitserlar oʻsha vaʼdalarsiz qolgani, xuddi shunday vaʼda berilgan harbiy pensiyalarsiz qolgani kabi, hozirgi rus soldat va ofitserlarga hech kim ular hozir kutayotgan moliyaviy kelishuv shartlarini bajarmaydi. Yoki inflyatsiya hisobidan, yoki boshqa sabablar bilan, oʻsha askar va ofitserlarni kelajakdagi moliyaviy ahvoli yomonlashadi.

Muvozanat uchun bu narsa nimani anglatadi? Harbiylar bunday boʻlishini hali bilishmaydi. Men oʻylaymanki, hozir Rossiya hukumati askar va ofitserlarni oyliklari va kelajakdagi oylik uchun vaʼdalarni yanada oshiradi — sababi — bu kontraktlarga amal qilish shart boʻlmaydi. Natijada yana bir necha ming odam aldanadi.

Soninga koʻra, bunday narsa fuqaroviy urush kabi oqibatni ehtimolini oshiradi. Kuzatamiz.

https://t.me/ksonin/352
10.2K viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash
2022-09-12 08:24:45 Tashqi ishlar falsafasida “realizm” g‘oyasi o‘lgani yaxshi bo‘ldi.
8.4K viewsedited  05:24
Ochish/sharhlash
2022-09-11 20:56:13 Jorj Vashington haqida video dastur ekan.
8.4K views17:56
Ochish/sharhlash
2022-09-11 20:16:25 Rus — Ukrain urushining asoratlari haqida oʻylashga fursat keldi. Menimcha, urushdan soʻng Rossiya yoki Shimoliy Koreya kabi yopiq avtoritar va dunyodan aloqalari uzilgan bir mamlakat boʻladi, yoki 1917 va 1991 yil kabi yangi siyosiy elita keladi. Katta urushda yutqazishni asoratlari boʻlmay qolmaydi.

Urushni tugash sanasi nomaʼlum, lekin ikkala ssenariy ham, Oʻzbekistonliklar va Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun, tabiiyki yaxshi yangilik emas.

Bir xil voqealar biz kutgandan ancha tezroq kelib qolishi mumkin.
8.4K views17:16
Ochish/sharhlash
2022-09-10 22:57:07 Rossiyaning urushida oʻzbeklar qatnashayotgani haqida bir fikrim bor, shu haqida mulohazaga chaqirib qolar edim.

Oʻzbekistonliklarni dunyodagi koʻp konfliktlarga, jumladan qoʻshni Afgʻoniston va bundan bir necha yil oldin Iroq va Suriyadagi urushlarda qatnashish uchun targʻibot va tashviqot ishlari olib borilgan edi. Buning sabablaridan biri, tabiiyki, Oʻzbekiston nisbatan kambagʻal mamlakat boʻlgani va urushlarda qatnashish uchun vaʼda beriladigan daromadlar edi. Lekin bu yagona sabab emas. Buning ustiga oʻsha urushlarda qatnashishni “ezgu” niyatlarini ham, yovuz va johil odamlar tarqatishdan toʻxtashmagan. Yaʼni qisqa qilib aytganda, ham pul toʻlaymiz va hamda “yaxshilik” tarafida urishishni taklif qilishgan oʻsha qaroqchilar.
Bularga qarshi biz, jamiyat va davlat birgalikda bunday urushlarda Oʻzbeklarni olib ketmoqchi boʻlganlarga, buni targʻibot qilganlarga va shu narsalarga ixtiyoriy koʻmaklashuvchilarga qarshi kurashdik. Jamiyatda ham, bu ish yomonligi haqida suhbat va maʼruzalar koʻp boʻldi.

Aytmoqchimanki, bunday narsa milliy xavfsizlik va suverenitet nuqtai nazaridan juda bir yovuz qaroqchilik boʻlgani uchun, davlat idoralari ham, jamiyat arboblari ham yaqin sharq va Afgʻonistondagi urushlarda qatnashmoqchi boʻlganlarga har qanday koʻmak va yordamni bizni milliy xavfsizligimizga zarar ekanini yaxshi tushunishdi.

Rossiyaning urushida esa unday narsa sodir boʻlmayapti. Masalan, ochiqchasiga Oʻzbekistonliklarni urushda qatnashishga chorlashlarni eshitmoqdamiz. Bunday maʼlumotlarni bemalol tarqatishmoqda. Boz ustiga, oʻsha yovuz urush qilayotganlarni propagandasini ham koʻrish, tarqatish va koʻmaklashish bilan shugʻullanoytagan insonlar va guruhlarga na davlat na jamiyat hech qanday reaksiya qilmayapti.

Bu urushni ham, xuddi yaqin sharqdagi konfliktlar kabi, “asl sabablari” va “kerakli urush” deb aytuvchi insonlarni, guruh, tashkilot va idoralarni, xuddi yaqin sharq urushlarini targʻib qiluvchilar kabi — muhim xavfsizlik masalasi deb qabul qilishimiz kerak. Urush juda jiddiy masala — vatanimizda urushni targʻib qilib, uni “oqlab” qandaydir uydirma va toʻqib chiqarilgan “yaxshi sabablarini”, oʻylab topilgan “dushman”ga qarshi oʻzbeklar ham urishishi kerak degan yolgʻonlarni tarqatayotganlar bizni haqiqiy dushmanlarimiz. Oʻzbekistonliklar hech qanday qurolli konflikt va urushlarda ishtirok aytmasligi kerak. Bizda oʻzimizni vatanimiz bor, va uning tinchligi uchun qalqon boʻladigan xalqimiz ham bor.

Menga oʻzbek jamiyati va xavfsizlik falsafasining bu harakatlari AQShda oxirgi yigirma yilda sodir boʻlgan narsani eslatdi. 11-sentyabr voqealaridan soʻng, davlat ham jamiyat ham, musulmonlarni ekstremizmi haqida qaygʻura boshladi va barcha xatti harakatlarni shu masalada olib bordi. Buning natijasida, “oq-ekstremizm” kuchayib ketdi. Bu haqida koʻp oʻqiman desangiz kitoblar yozilishni ham boshlashdi — boshlanishiga bu maqolani oʻqing. Yaʼni xavfsizlik va jamiyat “oq ekstremizm” qanchalar xavfli ekanligini va uning qurbonlari qanchalik koʻp boʻlib ketishini tasavvur ham qilishmagan edi.

Biz ham bunday xato qilmaylik. Urush va kuch ishlatishga choralash birdek yomon - Rus armiyasi ham, IShID ham odam o’ldirishga chorlashyapti. Bu masalada vatandoshlarimizni boshlarini aylantirish birdek jazolanadigan narsa bo’lishi kerak.
8.1K viewsedited  19:57
Ochish/sharhlash
2022-09-10 22:52:18 Ukrainada urush qachon tugashini bilmaymiz. Lekin Rossiya bu urushda mag’lub bo’lishi turgan gap. Savol shundaki - yana qancha o’lim evaziga bu narsa erishiladi.
6.7K views19:52
Ochish/sharhlash
2022-09-10 21:13:15 Birinchi jahon urushida, 1915 - yilga kelib Rus imperatori armiyasi katta halokatlarga uchrashni boshlagan edi.

O‘shanda ham, Turkistondan olib ketilgan askarlarni haqiqiy “go‘sht” qilib ishlatishgan. Rus armiyasini qochqini paytida oxirgi bo‘lib Turkiston korpusi qochishiga ruhsat tekkan, ya’ni qochayotgan rus armiyasini “to‘sib turib” yoqotishlar kamroq bo‘lishi uchun bizni vatandoshlarni ishlatishgan.
12.8K viewsedited  18:13
Ochish/sharhlash
2022-09-10 21:08:01 Украина аскарлари рус қўшинларини роса қувиб боришаяпти. Лекин мени бугун кўнглимни хира қилиб куни билан ғазабланатираётган ҳодиса руслар тарафида урушда иштирок этиб, асирга тушган ўзбекистонликлар сўроқ қилинаётган видеолавҳа бўлди. Россияда ватандошларини урушга тарғиб қилаётган хоинлар бор.

Шу ноинсоф жиноятчилар албатта ва тез кунларда жавобгарликка тортилишлари керак.
Расман ўзбек диаспорасининг раҳбарлари деб ҳисобланувчи бу шахслар ўз ватандошларининг қони ва жони ҳисобига “янги ватанларида” пул ва обрў орттиришдан ҳеч хазар қилишмайди.
Улар Россияда ризқ топаман деб юрган йигитларни алдаб авраб, рус армияси қаторида урушга сафарбар қилишаяпти. Уларнинг касрига эса мана шундай илмсиз, содда йигитлар жони, қони ва озодлигидан маҳрум бўлишаяпти ва устига устак, бу амаллари, яъни бошқа давлатда ёлланиб жанг қилганлари учун хатто ўз ватанларида жиноятчи бўлишаяпти.
Бу постни ёзайми ёзмайми, деб кўп ўйландим. Уни жойлашдан ягона мақсадим - шояд ушбу сўзлар ва келтирилган видеоилова, ҳеч бўлмаганда, биронта ватандош йигитимизни огоҳ қилиб, уни бошқа давлат манфаати учун жангари бўлиб қолишдан сақлаб қолармикан, деган умидим бўлди.


5.4K views18:08
Ochish/sharhlash