Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.98K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 25

2022-08-26 06:09:58 Нотаниш одамлар билан танишинг, суҳбатлашинг.

Бугунги таймсдаги Бруксни ёзгани жуда зўр мақола экан. У бир нечта тадқиқотлардан хулоса келтирмоқда.

Қизиқ иқтибос:

«Кўпчилик ижтимоий интеракциядан (тўқнашув/суҳбат) қанчалик завқ олиши ҳақида систематик равишда хато қилади. Масалан, тадқиқотларга кўра, транспортда юрадиган йўловчилар, агар нотаниш одам билан суҳбат қилсалар — йўл анча ёқимсиз бўлади деб ўйлашар экан. Тадқиқотчилар эксперимент қилиб кўришибди, экспериментда бир гуруҳ одамларга йўлда кетаётиб бегона билан суҳбатни бошлаш айтилган, бошқа гуруҳга эса ундай қилиш айтилмаган. Қизиқ томони, экспериментда нотаниш одамлар билан суҳбатни бошлаган одамларни йўл ва саёҳатлари — экспериментда суҳбатни бошлаши керак бўлмаган гуруҳдан кўра анча ёқимлироқ бўлган. Бу тадқиқотни қизиқ томони, деярли барча одам, биров билан суҳбат қилиш ғоясини бунчалик ёқимли бўлади деб ўйламас экан. Жим кетишни хуш кўради ва суҳбат қилмасликни анча ёқимли деб ўйлайди.»

Мен ишлайдиган кафедрадаги бир тадқиқот ҳақида ҳам ёзибди Брукс. Став Атир — Висконсин профессорини шу масалада бир тадқиқотига кўра, аксарият инсонлар нотаниш ва бегоналар билан суҳбатдан кам нарса ўрганаман деб ўйлашар экан, лекин суҳбат қилишса, қанчалик кўп ўрганганларини кутишмайди.

Мен шуни шахсий ҳаётимда жуда кўп шоҳиди бўлганман. Бу адабиётни билмасамда, амалда кўп қилган эканман. Нотаниш инсонлар билан танишиш ва нотаниш инсонлар билан суҳбат қилишни жуда ёқтираман. Сабаблари ҳам сал эгоистик бўлиши мумкин — чунки кўп нарса ўрганаман. Деярли ҳеч суҳбат бўлмадики — бир нарса ўрганмадим.

Қандайдир маънода, Брускни бу мақоласидаги маслаҳат мен қиладиган одатни рационаллаштиришдек туюлди. Шунинг учун мени хулосаларим анча нохолис бўлиши мумкин.

Ўтган ҳафта яқин дўстлар билан айнан шуни муҳокама қилган эдик. Бир нарсани тўғри айтишдики, мен деярли ихтиёрий таклифга ва ихтиёрий одам билан гаплашиш имкониятига «йўқ» демайман. Шу нарса менга ёрдам берган — кўп яқин бўлиб кетган ўртоқларни, дўстларни, ва танишларни ҳам, ихтиёрий суҳбат оқибатида орттирганман.

Инсонлар мактаб ва университетдан кейин, янги қалин дўст топиши жуда қийин. Буни устига, нотаниш инсонлар билан танишишни хоҳламасликлари, бу масалани 30дан ошганлар учун жуда қийин қилиб юборади.

Лекин айтиш жоизки, мақоладаги хулосалар ғарбдаги ўқувчига кўпроқ тегишли. Маслаҳатларни кўпи, Ўзбекистондагилар учун у даражада таалуқли эмас. Бизда одатда бегоналар билан гаплашиш маданиятимизда нормал қаралади. Асосан ёши катталар бегоналар билан суҳбатни бошлашади ва уларга мурожаат қилса — илиқ қабул қилишади. Шу маънода Тошкент ҳам озгина осиёлашмоқда. Яъни Тошкентдаги ёшлар ичида бу нарса унчалик кенг тарқалмаган бўлиши мумкин, лекин мен унча ҳавотирланмайман, чунки барибир аҳолимиз анча чуқур ижтимоий ҳаётга эга.

Мен Сингапурдан кейин АҚШга келганимда, магазинда навбатда турган одам мени саватимдаги олмаларга қараб — «олма чиройли экан, қанчадан сотиб олдинг» деб сўраган эди. Сингапурда бундай суҳбатни эшитиш умуман эҳтимоли паст нарса бўлгани учун, анча таажжубланган эдим. Бундан олдин фақат эски Кўкча бозорида (ҳатто Чорсуда ҳам бундай бўлмас эди) шуни кўрганман: нотаниш одам, бошқа нотаниш одамни харидлари ҳақида, нархлар ҳақида сўраши ғайри табиий эшитилган.

Ҳозир ҳам, кичик шаҳарда яшаганим учун, нотаниш одамлар бир-бирлари билан суҳбат қилишларини кўп кўраман. Лекин, Осиёнинг кўп жойларида, ҳатто дейлик Россияда — нотаниш одамлар бир-бирлари билан суҳбат қилиш эҳтимоли паст. АҚШда ҳам бу муаммо кучаяётганини қайд этмоқда Брукс.

Хуллас, мақолани ўқинг, қизиқ ёзилган. Айтмоқчи, ғарбий дунёда энг муҳим тиббий масала бу инсонларни ёлғизлиги. Шу контекстни унутмаган ҳолда ўқисак, мақола янада муҳимроқдек туюлади.
10.4K viewsedited  03:09
Ochish/sharhlash
2022-08-25 00:52:31 Menga ham bu narsa bo‘lganiga ishonishim qiyin. Ayniqsa rag‘batlarga kelganda. O‘zi hukumat o‘qish uchun qarz olishda rad javobini berishni imkonsiz qilganida bu narsa boshlangan edi. Haqiqatdan, juda yomon qaror.

Yana bir narsa, nima uchun bu fiskal siyosat masalasi emas? Ya’ni bu ish administratsiyani vakolatlariga kirishi ham juda katta savol ostida. Pelosi bundan bir yil oldin to‘g‘ri aytgan edi. Manimcha, agar bu qarorni kimdir sudga bersa, qarzdan voz kechish - kelajakdagi soliq masalasi ekanini aytishi kerak bo‘ladi. Ko‘ramiz.

Xullas, manimcha buni podkastda gaplashishimiz kerak.
https://t.me/uzbekonomics/667
6.9K viewsedited  21:52
Ochish/sharhlash
2022-08-22 20:52:18 Zo‘r kanal ekan. Tavsiya qilaman.

https://t.me/paramadaniy/122
8.7K viewsedited  17:52
Ochish/sharhlash
2022-08-20 17:17:57 Ichimlik suvini “tekin” qilib qo‘yishimiz oqibatida, tabiiyki odamlar uni tejashmaydi.

https://t.me/iqtisod4i/2649
12.0K viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-20 08:48:57
Tokyoning Narita Aeroportini o‘rtasida bir dehqonning fermasi joylashgan. Rasmda shu ko‘rsatilgan.

Hukumat 70- yillarda aeroport barpo qilayotganda o‘sha yerda yashovchi ayrim insonlar qarshilik qilgan ekan va ayrim dehqonlar esa o‘z yerlarini va xo‘jaliklarini hatto bugungi kungacha saqlab qolishgan ekan. Davlatga sotishdan bosh tortishgan ekan. Fermaning yon atrofi to‘liqligicha aeroport hududi.

Qonunlar ishlaydigan joylar juda qiziq.
14.0K viewsedited  05:48
Ochish/sharhlash
2022-08-20 06:50:45 G’olib bo’lgan professional sportchilar, olimpiadachilarga va Nobel medali egalariga davlat mukofot puli berishi kerakmi? Nega?

Dasturimizning bu safargi epizodi ko’pchilik uchun tanish bo’lgan mavzu haqida bo'ldi. Suhbat siz ko’p marotaba eshitgan fiskal siyosat, davlat xarajatlari xususiy xarajatlarni siqib chiqarishi mumkinligi, va cheklangan resurslar taqsimoti mazvulariga taqaladi.

Ulashing, obuna bo’ling, izoh qoldiring:




Podkastning audio formati esa har doimgi platformalarda:
Apple Podcasts, Spotify, Podbean, Yandex Music, Stitcher

@uzbekonomics
7.9K views03:50
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:47:52 Monarxiyalar toʻgʻrisida, Galeevni bir qiziq fikrini koʻrdim va shu fikr bilan boʻlishmoqchiman. Yigirmanchi asr boshida va undan oldin, yangi paydo boʻlgan mamlakatlar oʻzlarini “qirollik” deb atashar edi, Galeevga koʻra — chunki oʻsha paytdagi eng muhim mamlakat Britaniya edi. Yaʼni ular amalda ham, soʻzda ham monarxik tuzumlar edi.

Lekin yigirmanchi asrni oʻrtasiga kelib, bu narsa tamoman toʻxtadi — chunki eng muhim davlat AQSH boʻlib qoldi, shuning uchun yangi boshqaruvchilar oʻzlarini “qirol” deb nomlashga uyalishni boshlashdi. Bunga misol deb Shimoliy Koreya keltiriladi — u yerda uch avloddan beri bir oila hukmron — lekin mamlakat nomi — respublika. Mohiyatan, gʻirt monarxiya. Toʻgʻriroq aytsak ham boʻladi — aksar qirollik va monarxiyalar, hozirgi “respublika” deb nomlanadigan Koreyadek uch avloddan beri bir mamlakatni boshqarib kelmayapti.

Endi oʻsha mamlakatlar oʻzlarini toʻgʻridan toʻgʻri monarxiya deb nomlay olmagani uchun — siyosatshunoslik adabiyoti ularga har xil nomlar oʻylab topishga majbur boʻldi: avtokratiya, diktatura vhkz.


Men Galeevni fikriga qoʻshilgan holda aytamanki, oʻzini “respublika” deb nomlagan, lekin mohiyatan monarxik tuzumlarda monarxiyalarda yoʻq boʻlgan legitimlik muammosi mavjud. Qarang, nima uchun monarxiyada bir odam qirol boʻldi desa — javob oddiy — chunki uning otasi va dodasi qirol edi. Xuddi shunday demokratik respublikada — nega kimdir bosh vazir desak — javob oddiy — chunki eng koʻp ovoz toʻpladi saylovlarda.

Endi agar saylov ham, monarxik qon orqali ham hokimiyat berilmasa, unda legitimlik manbasi nima boʻladi? Bunday jamiyatlar nima qiladi?

Mana shu juda qiziq mavzu — tepadagi Vashington haqidagi diskussiya kabi, agar mamlakatda inqilob boʻlgan boʻlsa, oʻsha inqilobga yaqinligi legitimlik manbasi. Urush boʻlsa, urushdagi muvaffaqiyat. Ular boʻlmasa-chi? Yaʼni deylik Vashington bemalol umrbod mamlakatni “respublika” deb ham boshqara olardi, lekin undan keyinchi? Shuning uchun ham, formal nomlanish bilan mohiyatan qanday mamlakat boʻlish orasidagi farq barqarorlik masalasiga olib keladi. Bu haqida yana kengroq yozish kerak, menimcha. (Fogel buni yoritgan bo’lishi kerak - ya’ni formal va noformal institutlar orasidagi farqni)
8.8K viewsedited  19:47
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:25:32 Hatto 20-asrda mustaqillikni olgan mamlakatlarni koʻpi “qirollik” edi, Misrdan tortib koʻpgina yaqin sharq va Afrika mamlakatlari “qirollik” boʻlishdi. Janubiy amerika va Osiyoda esa qirolliklar bilan birga, mamlakatlarni uzoq yillar boshqargan diktatorlar kelishdi. Lekin nega 13ta koloniyadagi inqilobni boshqargan kichik bir koloniya rahbari, oʻzini qirol qilmay, keyingi 200-yilda barcha mamlakatlar koʻchirib yozgan “konstitutsiya”ni yozdi va unga amal qilinishini oʻz hayotida taʼminladi? Shu narsani menimcha, “tarixda shaxsni oʻrni” deyishsa kerak. Chunki deterministik oyna bilan bunga qaralsa — ratsional tushuntirish topish qiyin.
6.2K views19:25
Ochish/sharhlash
2022-08-17 22:25:32 Qirol boʻlmagan Prezident.

Kecha juda bir ajoyib joyga bordim — Hamilton myuziklga. Menimcha, teatr va qoʻshiq sanʼatining nihoyatda yuqori choʻqqisi bu Hamilton myuzikli boʻlsa kerak. Bundan oldin ham, bu myuziklni deyarli barcha qoʻshiqlarini eshitgan edim — yaʼni myuzikldagi deyarli barcha ketma-ketlikni bilar edim, lekin oʻz koʻzim bilan bunday shouni koʻrish juda boshqacha boʻlar ekan. Albatta, bu myuzikl haqida soʻzda aytish qiyin — “AQShning inqilobiy urushi va mamlakat konstitutsiyasi yaratilishi haqida hip-hop janrida kuylashadigan” sanʼat asari deb yozilsa gʻalati eshitilishi mumkin. Shuning uchun, shu myuziklni koʻrishni tavisya qilar edim. Internetda ham bor. Oʻzi umuman Brodveydagi myuzikllar, jumladan, “Book of Mormon” ham, masalan juda ham zoʻr, lekin mavzudan chetlab ketdim. Myuzikl paytida kelgan fikrlarimni aytmoqchi edim.

Bu syujetlar myuziklda yoʻq, lekin myuzikl meni shu haqda oʻylashimga sabab boʻldi. Myuzikl asosan Hamilton haqida, Vashington haqida emas.

Xullas inqilobiy urushdan keyin — AQSh mustaqil davlat boʻlib eʼlon qilinadi va Jorj Vashington — urushni yutgan general va mintaqadagi eng muhim harbiy, tabiiyki prezident boʻlib saylanadi. Aynan shu joyi juda diqqatga qiziq, hali prezident boʻlishidan ham oldin, Yorktaun jangidan soʻng bir guruh ofitserlar unga qirol boʻlib oʻzini atashni va AQShni Vashingtonning monarxiyasi deb nomlashni taklif qilishadi. Bu narsa, 18-asr uchun juda normal holat edi. Bunday qudratli general, dunyodagi eng kuchli armiya ustidan juda qiyin jangda gʻalaba qozonganidan soʻng oʻzini “qirol” deb nomlasa — hech kim, jumladan Britaniya qiroli ham qarshi boʻlmas edi. Lekin Vashington bunday qilmaydi — va bu mavzuga qaytib kelishlariga yoʻl qoʻymaydi.

Xuddi shunday, Hamiltonga aloqador joyi — hali konstitutsiya qabul qilinishidan oldin, kongress va armiya oʻrtasidagi nizoda, armiya Vashingtonni oʻz tarafida boʻlishini soʻraydi — Hamilton ham, armiya taraf boʻladi (oʻzi aytmoqchi, menga shaxsan Hamiltonni juda koʻp “etatik” gʻoyalari yoqmaydi) va Vashington armiyadagi hukumatga qarshi ofitserlar bilan birga boʻlishini xohlaydi, lekin Vashington oʻshanda ham bunday narsadan voz kechadi. Uning fikricha “qurolli kuchlar [siyosiy maqsadlarga erishish uchun] juda xavfli vosita” deydi. Aytmoqchi boʻlganim, Vashington yakkahokimlikni hali konstitutsiya yozilishidan oldin kamida ikki marta bemalol qoʻlga kirita olar edi, lekin unday qilmaydi.

Vashingtonning eng muhim tarixiy ishi, prezident boʻlganidan keyin sodir boʻladi — u taxtdan oʻzi voz kechib, saylovlarda keyingi prezident tayinlanishini ustida bosh boʻladi. Aynan shu ishi — 1797 yilda Jon Adamsni hukumatga kelishi, menimcha, Vashingtonni zamonamizning eng muhim siyosatchilari qatoriga kiritishga boʻldi. U respublikani asl mohiyati yakkahokimlik emas, hokimiyatlar boʻlinishida ekanligini, soʻzlarda emas, amalda qiladi. Imkoni boʻla turib ham Kongressni chizigʻidan chiqmadi, imkoni boʻla turib ham yakka hokim boʻlmadi.

Vashingtonni urushni yutgani, inqilob qilgani kabi juda muhim yutuqlarini kamaytirmagan holda aytmoqchimanki, unday qilgan insonlar tarixda koʻp. 18,19 hatto 20 asrlardan oʻnlab shunday generallar Yevropalik kolonizatorlarga qarshi kurashishgan, koʻplari gʻolib ham boʻlgan. Uning asl tarixiy oʻrni u respublika boshqaruvi nafaqat nazariy jihatdan mumkinligini, balki hayotda ham eng oliyjanob tuzum ekanligini koʻrsatgani. Magʻlubiyatga uchragan va surgun qilingan Napoleon bularning koʻrib, “meni ham Vashington boʻlishimni bular xohlaydi” deganini eslaydi kishi.

Lekin shaxsan men, bu narsani tushuntira olmayman. Yaʼni nima uchun shunday bir qudratli ozodlik uchun kurashgan general, qirol boʻlib qolmay, jumhuriyat yaratdi? Oʻsha paytda bunday ishi tarixdagi anomaliya ekanini bilar edi, lekin kelajagi shunday porloq boʻlishini bilarmidi? Uning bunga motivatsiyasi nima boʻlgan?

Bu savollarim no-trivial deb oʻylayman.
6.5K views19:25
Ochish/sharhlash
2022-08-15 05:45:34 Iqtisodchi Kundaligi pinned «Maʼlumotlarni yigʻish boʻyicha yordamchi qidirmoqdaman! Ilmiy ishimga aloqador masalada maʼlumotlarni yigʻish uchun yordamchi qidirmoqdaman. Yordamchi uchun talablar: 1) ingliz tilida oʻqishni va yozishni bilish, 2) excel yoki stata kabi maʼlumotni tahlil…»
02:45
Ochish/sharhlash