Get Mystery Box with random crypto!

Hozir safarda AQShning Siettl shahrida edim va bir narsa juda | Iqtisodchi Kundaligi

Hozir safarda AQShning Siettl shahrida edim va bir narsa juda e’tiborimni tortdi. Shahar markazidagi masjid juda ham obod va chiroyli ekan, lekin menga eng yoqqani, masjid shu shaharning memorchilik ananasida barpo etilgani bo‘ldi.

Masjiddagi memorchilik g‘oyasi - g‘arbiy qirg‘odagi juda ko‘p binolar bilan hamohang va to‘ldiruvchi. Binoni ichi texnologik bir korxonani ofisiga ham o‘xshab ketadi. Odatda g‘arbdagi masjidlar, qaysidir sharqiy madaniyat memorchilik an’analarida barpo qilinadi, masalan, arab yoki turk dizayni va naqshlari ko‘zga tashlanadi. Bu masjid aynan shimoliy- g‘arbiy qirg‘oq ananalarida qurilgani menga shaxsan juda yoqdi. Boshqacha bo‘lar ekan.