Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.98K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-07-01 19:53:39
Bayraming bilan, soʻm

Bundan 29 yil avval — 1994-yil 1-iyulda soʻmimiz paydo boʻlgan.

#Sōm

@mirzo_zominiy
7.1K views16:53
Ochish/sharhlash
2023-06-28 20:56:19
Hayit bayramingiz muborak bo’lsin!


Chikago shahridagi O’zbek hamjamiyati bilan nishonlayapmiz. Har gal shunday marosimlarda bo’lsam O’zbekiston kelajagiga umid bilan, ilhom bilan qarayman. Shunday hamjamiyatlar ko’p bo’lishini tilayman.
9.8K views17:56
Ochish/sharhlash
2023-06-27 07:53:01 Yaxshiyam narxni oshira olishadi - boʻlmasam odamlar qanday uyiga borar edi. Bozor borligi katta ne’mat.

https://t.me/iqtisod4i/3013
9.8K viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash
2023-06-27 06:49:07 Jamoat transporti bepul bo’lishi kerakmi? Bu savolga emprik javob topilidbi. Javob “yo’q, bepul jamoat transporti avtomobil haydashni kamaytirmaydi”. Stokgolmdagi eksperiment natijalari.

Bu narsa ko’pdan beri g’arb mamlakatlarida mulohaza mavzusi, tushunishim bo’yicha jamoat trasportini bepul qilishdan ko’ra, o’sha pullarni jamoat transportini yaxshilashga ishlatish ancha yaxshiroq sarmoya. Odamlarga bepul va yomon transport emas, pullik bo’lsa ham sifatli transport muhimroq. AQShdagi dallilarni xulosasi bu yerda. Asosiy g’oya shundaki, masalan avtobuslar uchun ularni serqatnovligi (chastota) muhim va shu bilan birga odamlar A nuqtadan B nuqtaga qancha vaqtni ichida kela olishlari haqida aniqroq tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
9.4K views03:49
Ochish/sharhlash
2023-06-26 22:09:21 Chet elda yashaydigan Oʻzbekistonlik immigrantlar bilan gaplashganda ular bir narsani juda toʻgʻri payqashadi — Oʻzbekistonda vaqt sekin oʻtadigandek, vaqtda baraka bordek, suhbatlar uzunroq, samimiyroq tuyuladi. Kunlar ham qandaydir bir maromda sokinroq oʻtgandek tuyuladi. Bu narsani ayniqsa oʻz kasbida muvaffaqiyatlilar koʻproq sezishadi.

Bu narsani men “taʼtil” orqali tushuntirar edim, yaʼni Oʻzbekistonda vaqt sekinroq va sokinroq tuyulishini sababi ular vatanga borganda taʼtilda borishadi, oʻzlari sokinroq oʻzlarini his qilganlari uchun, boshqalarni ham hayoti va vaqti barakaliroq, samimiyroq va umuman qandaydir halovatliroq tuyuladi deb oʻylar edim.

Yana bir tushuntirish bugungi Marginal Revolutiondagi gʻoyada ham bor ekan. “Linder teoremasi” deb aytyapti Alex Tabarrok. Gʻoya shundaki boyish albatta hayot sifatini oshiradi, lekin sutkada 24 soat vaqt koʻpayib qolmaydi. Yaʼni vaqtning alternativ xarajati shartli AQShda, Oʻzbekistondan koʻra balandroq va aynan buni optimizatsiyasiga ishlatilgan mental kuch odamlarda boyagi tuygʻuni sababi boʻlishi mumkin. Tabarrokni posti umuman boshqa narsa haqida, lekin juda toʻgʻri shekilli.

Oʻzbekistonni ichida ham, menimcha buni koʻrish mumkin. Masalan katta shahardan kichikroq qishloqqa borib qolsak — u yerda vaqt sekinroq oʻtayotgandek tuyuladi, odamlarda halovati koʻproqdek va hokazo. Sabablaridan biri alternativ xarajatlar boʻlishi mumkin ekan, nafaqat qishloqqa taʼtilga borishimiz bilan.
12.8K viewsedited  19:09
Ochish/sharhlash
2023-06-25 22:08:52 Bu haftaniki:

https://botir.substack.com/p/weekly-digest-june-25

@uzbekonomics
6.8K views19:08
Ochish/sharhlash
2023-06-25 20:35:02 Obama bilan suhbat ekan:



8.3K views17:35
Ochish/sharhlash
2023-06-25 08:37:16 Bugungi kun hodisalarini quyidagicha izohlayman. Oʻzim uchun albatta, lekin qiziq boʻladi deb kanalga ham qoʻydim. Birinchidan, Prigojin qurolli odamlarga hukumat binolarini olishni buyursa ham, rus qurolli kuchlariga tegishli samolet va vertolyotlarni urib tushunishni buyursa ham ular buyruqlarni bajarishdi. Bu degani, Prigojin subyekt.

Ikkinchidan, Rus harbiylari bemalol muzokaralar olib borishdi. Videoni koʻrgandirsizlar. Yunusbek Yevkurov — Rossiya qahramoni, juda taniqli harbiy (menimcha Rossiyadagi eng taniqli harbiy ofitser), mudofaa vaziri oʻrinbosari, choy ustida endi nima qilishi va sizlab yoki senlab gapirish haqida ancha eerkin muzokaralar qilgan boʻlsa, Alekseev — bosh shtabni boshligʻi oʻrinbosari, eng muhim harbiy istixborot (GUR)ning eng katta ofitseri oʻzining toʻgʻridan toʻgʻri ikki boshligʻi Bosh Shtabni boshligʻi Gerasimovni va mudofaa vazirini Shoyguni Prigojin olib ketmoqchiligi haqida gapirganida, “zabirayte” — yaʼni olib ketaveringlar deb javob qildi. 

Uchinchidan, qoʻzgʻolonchilarni qonunga chaqirib toʻxtatish oʻrniga, Rossiya rahbariyati Prigojin bilan Lukashenko orqali muzokaralar qilib Prigojinga va barcha qoʻzgʻolonchilarga erkinlikni vaʼda qilishdi va ochilgan jinoiy ishlarni yopib yuborib — davlat degan institutni oxirigacha poymol qilishdi. Ertalab ochilgan ishlar, kechga borib yopildi.

Toʻrtinchidan, Rossiya haqiqatdan yaxshi qoʻriqlanmas ekan. Mudofaa deyarli mavjud emas. Albatta bir necha oʻn harbiy pilot ham halok boʻldi, lekin deyarli hech qanday qarshilik koʻrsata olmadi mudofaa vazirligi kuchlari. Nafaqat harbiy maʼnoda balki isitixborot va axborot maʼnosida ham zaif ekan Rossiya. Prigojin janubiy harbiy okrugni egallaganidan soʻnggina Oka daryosi ustidagi mostlarda harakatlar boshlandi, toʻsiqlar qilishdi, bordyurlar qoʻyishdi va yoʻllarni qazishni boshlashdi. Demak axborotni harbiylar bizga oʻxshab internetdan olibgina harakat qila olishdi. 

Beshinchidan, Rostovga kelishda ham, ketishda ham Vagnerni quchoq ochib kutib olishdi va xayrlashishdi. Odamlar ularga qahramondek qarashdi. Internetda shartli liberal Xodorkovsiydan tortib, shartli oʻng fashistlar ham Vagnerni qoʻllab quvvatlashlarini aytishdi. Eng kamida, nafratini aytishmadi. Buni hammasi 24 soatdan kam vaqtda sodir boʻldi, bordiyu Moskvaga kirishganida yoki bir ikki kun shaharlarni egallab turishganida yana qancha kuchlar Vagner bilan birga boʻlishini aytar edi. Bu narsa rus davlatchiligiga katta zarba. Bir tomondan prezident ularni xoin va mamlakatga qarshi jinoyatchi deb aytib turibdi, bosh prokuror jinoiy ish ochyapti, joylarda esa odamlar ashulalar aytishgan, generallar choy ichishgan. 

Bularni hammasi “Qirol aslida kiyimsiz” ekanini yaqqol koʻrsatib qoʻydi. Hukmning va ayniqsa avtoritar hukmning qiziq tarafi — uning legitimlik bazasi juda zaif va qandaydir afsonaga qurilishi kerak. Putinda bu harbiy va deylik istixborot masalasida qudrati edi. Odamlar oʻylar ediki Putinda kuchli armiya va maxsus xizmatlari bor, ular kuchli, bilguvchi va qudratli. Aynan shu mifni ustida Putin legitimligi turar edi. Reallik koʻrsatdiki bir necha ming xususiy harbiy kompaniya ishchilari mudofaa markazlarini tezda egallab olay olishadi va markaziy kuchlar hech nima qila olishmas ekan.

Bonus fikr: gʻarb nihoyatda qoʻrqar ekan Rossiyada kuch markazsizlashuvidan. Buni endi hamma bilar edi-ku (masalan SSSR qulaganida ham gʻarbdagilar 15 qismga ajrashini tarafdori emas edilar), lekin baribir aytilishi kerak gʻoya. Ularga shimoliy yevraziyada iloji boʻlsa bir odam bilan ish qilish osonroqdek tuyular ekan. 

Xulosalarim hozircha shu.
9.7K viewsedited  05:37
Ochish/sharhlash
2023-06-25 07:39:11 Aytmoqchimanki, 25 minglik kichik armiya Rossiya janubidagi eng katta shaharni olish rejasi yoki Moskvaga yurishi haqida ham, Putin xuddi bizlardek keyin bildi. Bir o’q uzilmasdan Rostovni olishganini ko’rib, o’ylaysan kishi: nahotki birorta ham informant…
7.5K views04:39
Ochish/sharhlash
2023-06-24 21:02:36 Bu xodisaning soundtreki ham bor.



7.9K views18:02
Ochish/sharhlash