Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 22

2022-10-02 06:01:51 Barcha oʻqituvchilarni bayram bilan tabriklayman! Bu sharafli ishga oʻz umringiz va g‘ayratingizni bagʻishlab kelayotganligingiz uchun juda minnatdorman!

Bugun oʻqituvchilar kuni bilan menga koʻp kishi Telegram va elektron pochta orqali xabarlar yozishibdi. Barchaga javob berishga harakat qildim va bu yerda yana bir marta rahmat deb aytmoqchiman. Iliq tilaklaringiz uchun va meni oʻqib borayotganingiz uchun tashakkur bildirmoqchiman!

Kimgadir, qachondir bilim olishda zarracha foydam tekkan boʻlsa — men albatta bunday imkoniyatim borligidan juda minnatdorman va baxtliman.
3.2K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-10-01 07:19:08 Rossiyaliklar kelishi, O‘zbekiston uchun haqiqatdan tarixiy imkoniyat. Agar bu imkoniyatdan foydalana olsak. Bunday imkoniyat yaqin tariximizda deyarli bo‘lmagan. Bundan foydalana olmasak, tabiiyki tarixiy xato bo‘ladi. Qo‘shni Qozog‘iston foydalana olsa (hukumati juda harakat qilmoqda), albatta neft topilishidan ham kattaroq iqtisodiy yutuq bo‘ladi.
4.9K viewsedited  04:19
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:52:02 Kuni kecha rus olimlari bilan suhbat qilgan edim. Deyarli butun fakultetlar to‘kilib tushmoqda ekan. “Bu [biz uchun] 1991 yil emas, 1917” deyishmoqda Moskva Davlat Universitetidagi tanishilarim.
4.7K viewsedited  03:52
Ochish/sharhlash
2022-10-01 01:57:17 O’yinlar nazariyasi - atom bombasi.

Urush haqida yana bir fikr: Rossiyani xatarliligi shundaki, nima boʻlsa ham, oʻzidan ilgʻor mamlakatlarni urushga olib kirishni xohlayotganga oʻxshayapti. Birinchi oʻrinda AQShni.

Rossiyaliklar uchun, Ukrainaga yutqazayotgani juda alamli va kechirilmaydigan narsa. Ukrainaga harbiy maʼnoda yutqazish rejim uchun xavfli. Necha yildirki, Rossiya Ukrainani “zaif, qoloq” va oʻzini “kuchli” va kerak boʻlsa AQShga raqobatchi deb ichki auditoriyaga (“Kyivni 36 soatda olamiz”) koʻrsatib kelayotgan edi. Jang maydonida, hamma koʻrdiki, Ukrainaliklar “dunyoning ikkinchi armiyasi” deb maqtalgan rus harbiylaridan ancha ilgʻorlar. Son jihatidan va qurol jihatidan ancha Ukrainliklarni imkonlari kam boʻlgan boʻlsa ham, hozirga kelib Rossiyada harbiy imkoniyatlari Ukrainani yengishga yetmaydi. Shu narsa juda muhim. Rossiyaning aholisi uchun, bunday qattiq magʻlubiyat, yaʼni kim kim Ukrainaga yutqazish juda qattiq botadi va Putin rejimini juda ham zaiflashtirish mumkin (oxirgi Xarkovdagi magʻlubiyatni “NATO soldatlari” deb gapirishganidan ham koʻrsangiz boʻladi, Ukrainaga yutqazishga or qilishadi — bu narsa eng asosiy mamlakat afsonasi — harbiy kuchlarda odamlarni shubhalantiradi)

Rus rahbariyatiga bu joydan chiqib ketish kerak. Ukrainaga yutqazganini tan olib, chiqib ketishsa, Rossiya uchun yaxshi, lekin rejim qulashiga olib keladi. Lekin agar AQSh aralashsa va yutqazishsa, rejimni Putin saqlab qolishi ehtimoli bor. Saddam Husseyn Kuvaytni AQShliklarga boy berganidan keyin, “gʻalaba kuni”ni necha yil nishonlagani kabi, Putin ham, AQSh aralashuvi orqali Ukrainadan chiqib ketsa — rejim uchun siyosiy oqibatlari unchalik yomon boʻlmaydi. Balki u ham, Saddam kabi, bir necha yil “gʻalaba kuni” deb shuni nishonlab yurmoqchi.

Shuning uchun ham qoʻrquv uchun sabab bor. Rossiya, imkoni boricha eskalatsiya qilib, NATO kuchlarini urushga aralashtirib, aynan NATOdan magʻlubiyat koʻrishi kerak, ana oʻshandagina, rejim saqlanib qolishi mumkin. Ukrainaga magʻlub boʻlishni rejim koʻtara olmasligidan qoʻrqishadi.

Lekin bir muammo shundaki: AQSh aralashmoqchi emas, faqat yadroviy qurol qoʻllanilsa, aralashishi mumkin. Demak, Rossiya bu quroli qoʻllash bilan qoʻritishni davom ettiradi, yoki balki qoʻllaydi ham.

Oʻyinlar nazariyasi orqali bu muammoga qarash kerak — Rossiyaga keskin eskalatsiya kerakligini sababi — “sharaf bilan yutqazish uchun”, yutish uchun emas. Shuning uchun, koʻpchilik mutaxassislar eskalatsiyani maʼnosini tushunishmayapti, eskalatsiya natijasida, Rossiyaga qattiq zarba berilishini ular ham tushunishadi, lekin ularni maqsadi boshqa. Maqsadi — rejimni saqlab qolish. Rossiyani bu urushda yutishi emas.
6.5K views22:57
Ochish/sharhlash
2022-09-30 22:59:40 Shahar ichida 50km/s ga tezlikni tushirish kerakligi haqida mulohazada, bir narsaga ahamiyat berishingizni xohlar edim. Albatta, Oʻzbekistonda mutlaq kamchilikda avtomobil bor, hatto 10% insonlarda ham avtomobil borligi aniq emas. Lekin shunga qaramasdan…
4.7K views19:59
Ochish/sharhlash
2022-09-30 22:42:10 Shahar ichida 50km/s ga tezlikni tushirish kerakligi haqida mulohazada, bir narsaga ahamiyat berishingizni xohlar edim. Albatta, Oʻzbekistonda mutlaq kamchilikda avtomobil bor, hatto 10% insonlarda ham avtomobil borligi aniq emas. Lekin shunga qaramasdan, Oʻzbekistondagi barcha infratuzilma, avtomobilchilar uchun qilinganga oʻxshaydi. Bu tushunarli, qaror qabul qiluvchilar va jamiyatdagi mulohazaga taʼsir etuvchilarni 100% mashinada yuradi va ular bexosdanmi, atayinmi, boshqalar ham avtomobilda yuradi deb o’ylashadi.

Men avtohalokatlar natijasidagi oʻlimlar statistikasiga ahamiyat berib kelaman, biz dunyodagi eng koʻp avtomobil urib ketib oʻladiganlarga kirmaymiz, aholi jon boshiga sanasak. Lekin muammo shundaki, avtomobil jon boshiga sanasak — janubiy sharqiy Osiyodagi ixtiyoriy mamlakatdan oʻlimlar bizda koʻproq. Oddiy qilib aytsam, bizda mashinalar kamligi, oʻlimlik darajasini pasaytirib turuvchi mexanizm. Lekin shunda ham, raqamlar qoʻrqinchlik, yiliga minglab vatandoshlarimiz, avtohalokatlardan joyida vafot etishmoqda. Buning ham, siyosiy iqtisodiyoti bor deb oʻylayman. Oʻlimlarni qarasangiz, asosan, piyodani avtomobil urib ketishini koʻrasiz. Demak, oʻlimlarni ham daromadlar kesimida, bir narsani koʻrish ehtimoli bor: avtomobilda harakat qiladiganlar ichida — oʻlim statistikasi unchalik katta emas. Yaʼni, qaytaraman, avtohalokatlardan oʻlimlar albatta juda koʻp, lekin qaror qabul qiluvchilar orasida buni ehtimoli, piyoda yuruvchilardan kamroq. Shuning uchun ham, aksar qaror qabul qiluvchilar — avtomobil haydovchilari boʻlgani uchun buning farqi yoʻq. Oddiy masala: bizda birorta davlat arbobi, hokim yoki yoki byurokrat oʻzi piyoda yurmadi. Avtomobilda yuradi, buni ustiga xalq hisobidan olib berilgan yoqilgʻi, mashina va haydovchisi ham bor. Hatto umuman mashina kerak boʻlmagan mansab egalarida ham, xizmat avtomobili bor (masalan, qaysi vazir yoki hokimga mashina “kerak” desangiz, men bir 10 ta dan koʻp lavozimni sanab bera olmayman).

Bundan xulosa shundaki, agar avtohalokatlar bu qandaydir kasallik kabi, barcha odamlarga taʼsir koʻrsatishi bir dek boʻlganida, bunday raqamlarga befarq boʻlmas edik. Lekin qaror qabul qiluvchilar uchun buni taʼsiri boshqa Oʻzbekistonliklardan bir necha barobarga farqlangani uchun, befarqlikni yovuzlik deb oʻqimas edim. Shunchaki, rostdan ham katta muammo deb oʻylashmaydi. 50km/s masalasini ham shunday oʻqish kerak.
4.8K viewsedited  19:42
Ochish/sharhlash
2022-09-30 21:16:07 Bir qiziq narsaga koʻzim tushdi. Turkiyadagi iqtisodchi va omma uchun yozadiganlarni mulohazalarini koʻp oʻqiyman, lekin birortasida, Suriyadan kelgan muhojirlar, tom maʼnoda mamlakat uchun qanday neʼmat ekanligini aytishmaydi.

Yaʼni siyosatchilar, Suriyadan kelgan migrantlarni oʻz ritorikasi uchun ishlatishi tushunarli, lekin ziyoli Turklar, Suriyadan kelgan muhojirlar mamlakatni boyitayotgani va har qanday hisob kitob qilsa ham, barcha Turklarga foyda berayotganini, deyarli hech qayerda gapirishmaydi. Toʻgʻri, atigi 2.5 million muhojir (85 million aholi), ish bozorini keskin oʻzgartirib yubormadi, lekin, ularni taʼsiri ijobiy ekanligini, iqtisodiy ravnaq uchun ularni foydasini gapirishmayotgani, menga sal qiziq koʻringan edi.

Siyosiy oqibatlari, ularga fuqarolik berish bermaslik haqidagi diskussiyada, Suriyalik migrantlar, hozirgi Turkiya iqtisodiyotini, bir necha foizga oshirayotganini, ularni deb qancha ish oʻrinlari yaratilayotgani haqida gapirishmaydi.
4.8K viewsedited  18:16
Ochish/sharhlash
2022-09-30 21:06:20 #Youtube_tavsiya

Podcastlar eshitib turish kerak. Ishdasiz, uydasiz yoki dars qilyapsiz. Quloqchinni taqib bemalol foydali mavzular haqida fikrlarni eshtishingizga bu xalal bermasa kerak.

"Uzbekeconomics" dolzarb mavzuga oid podcasti chiqibdi. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tilgan. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida qiziq suhbat bo'lgan.





Tavsiya.

@panda_books
4.6K views18:06
Ochish/sharhlash
2022-09-30 21:03:56 G’arbdagi, jumladan Yevropadagi rasizm va afg’onlarni o’zidan “yomonroq” deb bilish, Afg’on muxojirlarini qabul qilmaganini sababi edi. Bu narsa, nafaqat umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan katta xato edi, balki iqtisodiy nuqtai nazaridan xato edi.

Insonlar kelishi albatta, ne’mat.

Tadqiqtorlani umumlashtirib yozilgan ikki kitob tavsiya qilaman:

1. https://www.penguinrandomhouse.com/books/636499/one-billion-americans-by-matthew-yglesias/

2. https://www.amazon.com/Open-Borders-Science-Ethics-Immigration/dp/1250316960

https://t.me/the_bakiroo/5531
5.0K views18:03
Ochish/sharhlash
2022-09-28 21:29:29 Podkastimizning navbatdagi soni chiqdi:





Ushbu epizodda hozirda dolzarb bo'lgan mavzu, inson kapitalining mamlakatlar rivojiga hissasi haqida suhbatlashdik. Suhbat davomida millati va pasportidan qat'iy nazar, turli toifa va malakaga ega bo'lgan immigrantlar, qochoqlarning mezbon mamlakatga, uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta'siri haqida to'xtalib o'tdik. Immigrantlarning iqtisodiyotda qo'shimcha qiymat yarata olishi, fikrlar, bilimlar, va madaniyat xilma-xilligini mezbon mamlakatga olib kelishi haqida suhbatlashdik. Shu bilan birga, to'satdan ko'paygan migratsiya oqimining narxlar, fiskal siyosatga ko'rsatishi mumkin bo’lgan ta'sirlarga ham to'xtaldik.
Ko‘ring, ulashing va albatta obuna bo‘ling.

Ilovalar:

Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4Kp3Efn6eJludF8Ll

Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast/uzbekonomics/id1627933796

Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/13560590?dir=desc&activeTab=about

Podbean (web):
https://botir.podbean.com/

Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekonomics

@uzbekonomics
1.5K views18:29
Ochish/sharhlash