Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 19.83K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2022-10-21 17:50:05
27-oktabr kuni IT-mutaxassislarni ishga qanday yollash kerakligi bo‘yicha “OneApp” bosh direktori Sherzod Hoshimov bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish bepul:

https://www.spot.uz/oz/2022/10/21/startup-advice/

Spot'ni kuzatib boring - @spotuz_uz
9.2K views14:50
Ochish/sharhlash
2022-10-17 21:28:04 Toshkent va boshqa bir qancha shaharlarda bugungi chang bo’ronning sababi Uraldan kelgan vaqtincha shamol emas. Aslo. Shamol Uraldan, Qizilqum cho’lidan, janubdan, yoki marsdan kelishining ahamiyati umuman yo’q. Qayerdan kelsa ham shahar ekosistemasi bularni o’z ichiga “yutib” yuborishi va shahar aholisi uchun tabiiy filtr ro’lini o’ynab berishi kerak edi.

Shuning uchun chang bo’ron ko’tarilishi va havo iflosligining eng asosiy sababi bu tabiat bilan o’ynashish, ekosistema muvozanatini buzishdir. Aslida geografik joylashuvimizning o’zi juda og’ir. Uning ustiga o’z qo’limiz bilan (imzo bilan, benzopila bilan, beton bilan) shaharlarimizni yashashga yaroqsiz holga keltiryapmiz. Qandaydir bir tiyinga qimmat binolar va beton ustiga qurilgan ko’ngilochar joylar deb daraxtlarni ayovsiz kesyapmiz, ko’llarimizni qurityapmiz, bog’larimizni qirib tashlayapmiz. Hamma joyga beton quyilgan, ariqlar qurigan, daraxtlar o’lgan. Shu kamliq qilganidek yana 6-8 polosalik yo’llar quryapmiz. Shuning uchun bugungi chang-bo’rondan, nimaga unday bo’layotganidan ba’zilar hayron bo’lishi taajubli. A nima, siz boshqa natijani kutganmidingiz?

Esingizdami, havo sifati bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichidan 177-chi o’rinda turadi. Bizdan keyin faqat Nepal, Hindiston, va Pokiston turadi. Toshkent esa dunyodagi havosi eng iflos shaharlardan biri ekanligichi?

Esingizdami, havoning ifloslanish darajasi yuqori bo'lgan joylarda COVID-19 kasalliklari ko’proq uchrashi to'g'risida dalillar bor.

Esingizdami, biz dunyodagi ekologik fojia markaziga aylanib borayotgan mamlakatmiz.

Xo'sh, endi nima qilamiz?

@uzbekonomics
9.9K views18:28
Ochish/sharhlash
2022-10-14 23:28:34 Rossiyadan keyingi o‘rta osiyo qanday bo‘lishi qiziq. Bu jarayonning birinchi shakllari tiniqlashmoqda.
10.4K viewsedited  20:28
Ochish/sharhlash
2022-10-14 21:02:28 Timur Kuran o'z yo'nalishida zamonamizning eng yetakchi iqtisodchi mutafakkirlardan biri.

Bakalavrda kimyo muhandisligiga o’qimoqchi bo’lganligi, lekin iqtisodiyot asoslari (Econ 101) fanidan imtixondan yiqilganligi sababli iqtisodiyotga qiziqib uning ichiga kirib ketgani haqida so’zlab beribdi. Oliver Hart yozib bergan imtixondan o’ta olmagani sababli, iqtisodiy mantiqdan foydalanishni boshlab, uni boshqa sohalarga qo'llashni boshlagan.

Ushbu suhbat/maqolada Timur Kuran aytgan ikki narsaga e’tibor bermoqchiman. Birinchisi, u eng asosiy ikki iqtisodiy tushunchalar haqida gapirgan: rag'batlar va o’zaro kelishuv. Rag’batlar haqida juda ko’p gapiramiz, yozamiz. Soliq siyosatida, yo’lda harakatlanish qoidalarida, va umuman istalgan yo’nalishda aynan rag’batlarning o’rni katta. Inson xatti-harakatini tushintiradigan faktorlar bu uning mentaliteti, madaniyati, ahloqiy yoki huquqiy qoloqligi, kambag’alligi yoki boyligi, farosatliligi yoki vijdonsizligi kabilar emas balki o’rnatilgan va unga berilgan rag’batlar tizimi bilan tushuntirish mumkin. Yani, inson xatti-harakatini o’zgartirish, "to’g’ri yo’lga solish”, qoidalarga amal qilishni ta'minlash uchun yuqorida sanab o’tilgan faktorlarni o’zgartirishga harakat qilish emas, balki unga to’g’ri va ishlaydigan rag’batlarni berish kifoya bo’ladi. Moddiy tarafdan ham bu ancha arzonroq vosita.
Yaxshi insonga yomon rag’bat berib uni buzish va yomon harakat qilishga undash mumkin. Yomon insonga esa yaxshi rag’bat berib uni to’g’ri yo’lga solish mumkin. Ya’ni mavjud bo’lgan rag’bat bu yerda asosiy o’zgaruvchanlik.

Ikkinchisi, u yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy-siyosiy rivojlanmaganligi, va repressiv tizimligini ko’pchilik adashib aynan din bilan tushuntirishga harakat qilishlarini, va bu xato ekanligini eslatib o’tgan. Yaqin Sharq mintaqasi ming yillarcha oldin turmush darajasi bo’yicha dunyodagi boshqa istalgan joydan ham yuqoriroq bo’lganligini bilamiz. Kuran o’z tadqiqotlariga ham tayanib eslatyabdi, yuqoridagi kuzatuvni tushuntiradigan o’zgaruvchanlar bu iqtisodiy-siyosiy institutlar ularning sifati va ularning vaqt mobaynida evolyutsiyasi.

P.S. Dukeda Timur Kuranning darsini olmagan bo’lsamda seminar va suhbatlaridan zavq olar edim.

@uzbekonomics
9.2K views18:02
Ochish/sharhlash
2022-10-14 07:51:40
Piyoda sayrim davomida shunga amin boʻldimki, odam oʻzboshimchalik qilib tegmasa, tabiat yanayam goʻzallashib boraverarkan.

@mirzo_zominiy
6.9K views04:51
Ochish/sharhlash
2022-10-14 06:01:50 «Qo'ng'iroq huquqi»ning iqtisodga ta’siri qanday?

Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitidagi asosiy muammolardan biri bu korrupsiyadir. U nafaqat pul mablag'larini o'zlashtirish va pora olishda, balki “qo’ng’iroq huquqi” kabi shaklda ham o'zini namoyon qilishi mumkin.

“Qo’ng’iroq huquqi” - bu shaxsiy vakolat va egallab turgan lavozim imkoniyatlaridan foydalangan holda, muammoni hal qilishda mavjud bosim vositalaridan foydalanish. Buyruqlar rasmiy ravishda tegishli bo’lmagan tashkilotlarga "diagonal yo’nalishda" beriladi va bo'ysunishdan bosh tortganlar esa xizmat mukofotlaridan, ba'zan esa martabalaridan mahrum bo'lishlari mumkin.

“Qo’ng’iroq huquqi” turli sohalarda mavjud va umumiy iqtisodiyot uchun ham, alohida korxonalar uchun ham turli oqibatlarga olib keladi. “Qo’ng’iroq huquqi”, shuningdek, lobbichilik, nepotizm, favoritizm va boshqa shu kabi tushunchalarni o'z ichiga olishi mumkin.

“Qo’ng’iroq huquqi” yoki uning nepotizm ko'rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to'sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir etadi. Marcello Perez-Alvarez и Holger Strulik (2020) o‘z tadqiqotida mehnat bozorida “Qo’ng’iroq huquqi” ga duch kelgan tashkilotlar inson kapitaliga sarmoya kiritishda zaif iqtisodiy motivatsiyaga ega ekanligini aniqladilar.

Aslanova N. (2019) o'zining maqolasida qarindosh-urug'chilikning davlat darajasida rivojlanishi ushbu muammoni ijtimoiy-iqtisodiy sohada bartaraf etishni ilojsiz qiladi, korrupsiya va uyushgan jinoyatchilik ta’sirining kuchayishiga xizmat qiladi deb ta’kidlaydi.

Favoritizm va qarindosh-urug'chilik rahbarlik lavozimlari uchun sog'lom raqobatda to’sqinlik qiladi, samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda “aqlning” mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo’ladi. Favoritizm, ayniqsa qarindosh-urug‘chilik korruptsiyani rag‘batlantiradi. Umuman olganda, Safina D. (2013) xayrixohlik va qarindoshchilik tashkiliy va iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta'sir qiladi, degan xulosaga keladi.

Korruptsiya har qanday shaklda iqtisodiy o'sishga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatadi. Klaus Grundler va Niklas Potrafke (2019), korruptsiya darajasi (Transparency International tashkilotining Korruptsiyani idrok etish indeksi (CPI) 1 standart birlikka o’sishi, uzoq muddatli istiqbolda aholi jon boshiga real YaIM 17% ga kamayishiga olib kelishini isbotladilar.
6.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2022-10-13 20:20:20 Уйни ижарага олса шартнома қилиш кераклиги ҳақида фикрларни кўп кўрдим. Менимча, шартномани асосий моҳияти, иккинчи тарафни ҳақ ҳуқуқлари ҳақида мулоҳаза камроқ. Ғарбий мамлакатлардаги шартномаларни мисол қилиб келтиришаётганда, ижарага берувчини ҳақлари ва шартнома кучи ҳақида мулоҳаза йўқдек.

АҚШнинг кўп шаҳарларида, ижарага олмоқчи бўлган одам, одатда бир йиллик шартномага қўл қўяди. Ўша бир йиллик шартномада, ижарага олган одамга уй ёқмай қолса ёки арзонроқ уй топса ёки бошқа жойга ишга кетса, ёки миллионта бошқа сабаблар билан ижарага олган уйидан чиқиб кетишга мажбур бўлса ҳам, йилни охиригача шартномани тўлаши керак. Яъни икки ой яшаган бўлса — бир йиллик шартнома қолган ўн ой учун пулни тўлашни тақозо қилади. Тўламаса — жазоланади. Бу худди қарзни олиб бермасликдек қонун бузарликка киради. Табиийки у одамни кўп йиллик кредит тарихига ҳам таъсир қилади ва келажакда ижарага уй олмоқчи бўлса, ёки қарзга уй сотиб олмоқчи бўлса ҳам таъсир қилади.

Бундай «қаттиқ» шартномалар ижарага олганлар учун қийин, масалан режалари ўзгариши мумкин бўлса — қийналишади. Лекин айнан шу «ўзгарувчи» режаларни ҳам нархи мавжуд. Шартномаларни мослашувчанлиги нархида ўз аксини топади.

Бундан бир неча йил олдин, мен бир йиллик шартномали уйда яшар эдим, ойига ижара 1200 доллар атрофида эди. Худди шу бинода, «ойма-ой», яъни бир йил бўлмасдан ҳам чиқиб кетиш мумкин бўлган шартномалар орқали худди шундай квартираларни олиш ҳам мавжуд эди. Уларнинг нархи энг камида 1900 доллардан бошланарди — агар камида уч ой олдин айтилса, ва агар 30 кун олдин айтилса 2300 доллар эди . Яъни, ижарага олувчи учун қанчалик мослашувчан шартнома бўлса — шунчалик қиммат. Энг арзон вариант — бир йиллик. Қаранг, ўша ўша уй учун, шартнома шартларига қараб нархлар ўзгаради. Тўғри-да, ижарага берадиган одам учун, бир йилда бир шартнома қилиш билан, «ойма-ой» шартномали уйларни ижарага бериш тамоман ҳар хил хизмат тури. Ташқаридан бир хил кўринса ҳам, бу ҳар хил маҳсулот.

Ҳозир ҳам қизиқиш учун текшириб кўрдим. Бизни шаҳарда кўп ижарага олувчилар университет билан боғлиқ бўлганлари учун, икки хил шартномалар мавжуд: 9-ойлик (академик йил) ва 12- ойлик. Табиийки, 9-ойлик ижара нархи, ўша-ўша хонадон учун 12 -ойлик ижара нархидан қимматроқ. Қизиқ томони, 9-ойлик шартнома шунчалар қимматки, озгина пул қўшиб, 12-ойлик олиб қўйиш мумкин.

Айтмоқчи бўлганим, шартноманинг асосий ғояси — икки томон розилиги. Ижара шартномаси ҳам истисно эмас. Бизда шартномаларни йўқлигини бир хусусияти шундан иборатки, ижарага олган инсон ҳам, ихтиёрий пайтда уйдан чиқиб кетиши хавфи мавжуд — чиқиб кетса, ўша ижарага берувчини потенциал даромадини йўқ қилади. Одатда ижарага олувчилар агар ижара уйидан чиқиб кетсалар, бу ижара берувчи учун ёмон, лекин айнан шу хусусият ҳам нархланган. Ҳозиргидек, ижара нархини кескин ўзгариши, умид қиламанки, шартномалашишликка олиб келади ва шунда, ҳам ижарага олувчилар учун қандайдир ҳаловат бўлади ва худди шундай, ижарага берувчилар учун ҳам кафолат бўлади. Шартномаларни муҳим қисми — уларни бажармайдиган томонини мажбурлашда. Яъни бу масалда судни ўрни янада муҳимроқ бўлади. Мени бир тахминим шуки, агар шартномаларни амалиёти адолатли бўлса, ижара нархи албатта тушади — чунки тепадаги гап, узоқ муддатли кафолатланган ижара нархи, қисқа муддатлик ижарадан арзон. Бизда деярли бутун шаҳар қисқа муддатли ижарада яшайди — бизда янги маҳсулот тури — узоқ муддатли ижара керак, буни амалга ошириш учун эса, муҳим давлат институцияси — суд ва рағбатларни камайтирмайдиган солиқ сиёсати керак.
6.1K viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2022-10-13 20:10:31 Бир муддат олдин Беҳзод Ҳошимов муҳофазакор деган сўзни ишлатганда биринчи марта ўзбекчада шунақа сўз борлигини билгандим. Бугун шу ҳақда дўстларим билан суҳбатлашдик ва улар менга шу сўзнинг маъносини топиб беришди.

Муҳофазакор сўзи — консерватор сўзининг таржимаси экан-ку) Нега аввал билмаганимга ҳайронман. Юсуфбек ҳожи таъбири билан айтганда: ўзбекчада шундай сўзларимиз бор экан-у, биз билмай юрган эканмиз!

Бу сўзни Абдулла Қодирий ишлатган экан: «Баъзи муҳофазакор колхозчилар бир неча кун бу қарорни мияларига сиғдиролмай юрадилар».
6.1K views17:10
Ochish/sharhlash
2022-10-12 08:58:41 O’zingizni o’n yil oldingi kuz kunida tassavur qiling. O’sha tassavuringizdagi odamni o’zingizdek his qilasizmi, yoki begona odamdek tuyuladimi? O’sha tassavur qilgan odamni hissiyotlarini chuqur sezasizmi, yoki kitobdagi (kinodagi) odam haqida o’qigandek bo’lasizmi?
5.2K views05:58
Ochish/sharhlash
2022-10-12 05:46:18 ​​Rus askarlarini Ukrainadagi bosh qoʻmondoni tarixini oʻqisangiz juda qiziq. Birinchidan, Sovet ittifoqi tarqayotganda 3 kishini Moskvadagi oʻlimini sababchisi boʻlgani. Ikkinchidan, oʻziga boʻysunuvchi ofitserni saylovda notoʻgʻri odamga ovoz bergani uchun urgani va u keyinchalik suiqasd qilgani. Uchinchisi, katta ofitser boʻlmagan boʻlsa ham, shimoliy Kavkazda ham vahshiyliklarni boshqargani, masalan bir qishloqdagi barcha erkakni qoʻlini bogʻlab, kamida 11 kishini oʻldirgani va uylarni vayrona qilib ayollarga zoʻravonliklar qilgan guruhni qoʻmondoni boʻlgani.

Toʻrtinchisi, Suriyadagi Rossiya qilgani harbiy jinoyatlarni ustida turgan ofitser boʻlgani uchun. Bu odam haqida men birinchi marta aynan Rossiya Suriyaning shaharlarini yer bilan tekis qilganida oʻqigan edim. Deyarli barcha harbiy jinoyatlarni hujjatlashtiradigan tashkilotlarga koʻra, aynan general Surovikin rus harbiylarini boshqarganida, Ruslar Suriya shaharlaridagi gumanitar obyektlar, jumladan, shifoxona, maktab va bozorlarni bombalashgan.

Shuning uchun, aynan Surovikin Ukrainadagi harbiylarni boshqarishini qandaydir ramziy qismi bor. Insonparvarligi bilan ajralib turmaydigan rus harbiylari ichida eng vahshiy va eng zoʻravon odamligi — “General Armageddon” ekanini eʼtirof etishgan edi uning hamkasblari.

Yaqinda, Masha Gessenning Dudʼga intervyusini koʻrgan edim, oʻshanda Gessen qiziq gʻoyani aytgan edi. Ukrainadagi Bucha shahriga borib, aholini qiynab oʻldirgan rus askarlarini qilgan ishlarini koʻrib — ajablanmadim dedi. Sababi — Gessen Rossiyaning Chechinstondagi urushi haqida koʻp yozgan. Buchadagi qotillik va vahshiylik — xuddi Chechenistondagidek boʻlgan deydi Gessen. Menimcha, Chechenistondagi aholiga qarshi rus soldatlari Ukrainaliklarga qaragandan ham yomonroq qarar edilar. Rus millatchilari (harbiylarni ideologlari) nazdida Ukrainaliklar bu “adashgan ruslar”, lekin Chechenlar bular boshqa millat, din va irq. Ommaviy qirgʻin va etnik tozalash uchun oʻsha aholiga qilinadigan munosabat ham yomon boʻlishi kerak. Ardent aytganidek, fashizmni muhim qismi bu — “degumanizatsiya”. Yaʼni narigi tarafni “insonsizlantirish”. Bu jarayon Chechen urushlarida ancha koʻzga tashlangan edi — yaʼni ruslar uchun Chechenlarni degumanizatsiyasi urushsiz ham oson edi. Shuning uchun, bu urush boshlanganida, bir rus faylasufi zoʻr gapni yozgan edi: “hozir ko’p rossiyaliklar, harbiylari qilayotgan ishidan uyalishmoqda, lekin agar Rossiya Tojikistonda urush qilayotganida edi, bunday uyatni his qilish darajasi ancha past boʻlar edi”. Men ham shu fikrga qoʻshilaman.

Aytmoqchi boʻlganim — Surovikin bu rus imperialist tarixini toʻliq aylana boʻlib qaytishining ramzi. Gʻarb va rivojlangan dunyo rus armiyasini Chechnya, Shimoliy Kavkaz, Gurjiston, Suriya va Markaziy Afrikadagi harbiy jinoyatlariga koʻz yumib kelgan edi. Faqatgina rus armiyasi yutqazishni boshlab, OAVlar buni gapirib, ijtimoiy bosim kuchaygani va Yevropani markazidagi katta urushdagina ahamiyat berishni boshladi. Prinsiplardan voz kechish g’arbga qimmatga tushmoqda.

Rasmda: Grozniy shahri. Bundan keyin Mariupol va Suriya shaharlari, jumladan Aleppo ham shunday tekislandi. Menimcha, aynan shuni deb.
4.5K viewsedited  02:46
Ochish/sharhlash